T a'lim sifatini baholash bo ‘ yicha xalqaro tadqiqotlarni


PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS



Download 17,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/36
Sana06.04.2022
Hajmi17,25 Mb.
#532865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Treninglar oquv dasturi 2

PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS
tadqiqotlari doirasidagi sinovlarga 
oʻquvchilarni tayyorlash, xalqaro tadqiqotning namunaviy topshiriqlarini 
yechish bilan birga, tadqiqotda baholanadigan koʻnikma va kompetensiyalarni, 
shuningdek, oʻquvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash hamda tegishli 
fan yoʻnalishlari boʻyicha savodxonligini baholash va rivojlantirish
oʻqituvchilarga amaliy va uslubiy tavsiyalar berish maqsadlari ilgari surilgan. 
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Tayanch maktablar faoliyatini samarali 
tashkil etish, oʻtkaziladigan seminar-trening, oʻquv mashgʻulotlari va davra 
suhbatlarining tizimli va mazmunli boʻlishi dolzarb ahamiyatga ega. 
PISA 
- inglizchadan olingan qisqartma boʻlib, Program for international 
student assessment – oʻquvchilarni baholash xalqaro dasturi degan ma’noni 
anglatadi. Ushbu dastur OECD tomonidan amalga oshiriladigan boʻlib, u dunyo 
boʻylab 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik 
darajasini baholovchi xalqaro tadqiqotdir. Tadqiqot an’anaviy ravishda 3 yilda 
bir marotaba oʻtkazilib, har bir davriylikda bittadan yoʻnalishga ustuvorlik 
beriladi hamda bitta innovatsion yoʻnalish kiritiladi. 2022 - yilda oʻtkazilishi 
rejalashtirilgan tadqiqotda innovatsion yoʻnalish sifatida oʻquvchilarning 
kreativ fikrlash kompetensiyalari ham baholanadi. Unda oʻquvchilar 
maktabda egallagan bilimlarini qanchalik eslab qolganliklari emas, balki 
olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishlari, ijodiy va mantiqiy 
fikrlash koʻnikmalari baholanadi.
PIRLS
- ingliz tilidagi Progress in international reading and literacy 
study soʻzlaridan olingan boʻlib, oʻquvchilarning oʻqib tushunish darajasini 
baholashga moʻljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA 
tomonidan har 5 yilda bir marotaba amalga oshirilib, unda PISAdan farqli 
ravishda boshlangʻich ta’limdagi 4-sinf oʻquvchilarining badiiy tajriba 
orttirish, axborot olish va undan foydalanish koʻnikmalari baholanadi. Ushbu 
xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat 
kasb etib, boshlangʻich ta’limda tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqib 
tushunish koʻnikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. PIRLS dasturida asosiy 
e’tibor 4-sinf oʻquvchilariga qaratiladi, buning boisi, ushbu rivojlanish davrida 
oʻquvchilar oʻqish koʻnikmasini hosil qilgan boʻlib, endi bu koʻnikmadan 
boshqa fanlarni oʻrganishda foydalanayotgan boʻladi.
TIMSS
- ingliz tilidagi Trends in International Mathematics and Science 
Study soʻzlaridan olingan boʻlib, umumiy oʻrta ta’limdagi matematika va 
tabiiy fanlardan ta’lim sifatini baholashga moʻljallangan xalqaro tadqiqot 


6
dasturidir. TIMSS ham IEA tomonidan joriy etiladigan PIRLS bilan hamnafas 
keladigan dastur boʻlib, unda 4-, 8-sinf oʻquvchilarining matematika va 
tabiiy fanlar boʻyicha bilimlari va savodxonliklari har 4 yilda bir marotaba 
xalqaro darajada baholanadi. Shuningdek, 2015- yilga qadar bitiruvchi sinf 
oʻquvchilari ham tadqiqotlarda ishtirok etgan. Ushbu dastur oʻquvchilarning, 
asosan, fundamental bilimlarini va mantiqiy fikrlashini aniqlashga qaratiladi.
TALIS 
- bilim yoki kompetensiyani baholaydigan emas, balki ta’lim 
muassasasidagi boshqaruv muhitini oʻrganadigan dasturdir. Unda 
oʻqituvchilar va maktab direktorlari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali 
ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosatning samaradorligi haqida qiyosiy va 
tahliliy ma’lumotlar olish imkoniyati vujudga keladi.
Ta’kidlash joizki, oʻtgan vaqt mobaynida Tayanch maktablari bazasida 
koʻplab tadbirlar oʻtkazildi, xalqaro, respublika, viloyat darajasida oʻtkazilgan 
tadbirlardagi ma’lumotlarni har bir umumta’lim muassasasiga yetkazib 
berishda Tayanch maktablar samarali faoliyat ko‘rsatdi. Olib borilgan tahlillar 
shuni koʻrsatdiki, xalqaro tadqiqotlar, uning tarkibiy yoʻnalishlari, ularda 
qatnashish orqali oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalar, olgan bilimini real hayotiy 
vaziyatlarda qoʻllay olish, fanlar boʻyicha savodxonligini rivojlantirish, shu 
bilan birga, milliy ta’lim sifatini oshirishda ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni 
nazariy hamda amaliy jihatdan tizimli tashkil etishda o‘qituvchilarni tayyorlash 
yuzasidan namunaviy dasturning zaruriyati sezildi. 
Trenerlar uchun Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni 
amalga oshirish Milliy markazi, Respublika ta’lim markazi va Avloniy nomidagi 
xalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot 
instituti hamda tajribali metodistlar, pedagoglar va amaliyotchi oʻqituvchilr 
bilan hamkorlikda ushbu namunaviy oʻquv dasturi ishlab chiqildi.

Download 17,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish