18
17. Dunyo taʼlimida xalqaro reytinglar. Statistik ma’lumotlar.
Mediasavodxonlik. 3 soat
Statistik ma’lumotlarni talqin qilish. Ilmiy ma’lumotlar.
Test topshiriqlari,
javob formati va baholash. Mediasavodxonlik. Internetdan foydalanib fanga
oid qo‘shimcha materiallar izlash va ulardan foydalanish. Internet tarmog‘ida
mavjud ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot materiallari.
O‘quvchilarimizning xalqaro tanlovlardagi natijalari.
Amaliy mashg‘ulot:
“Internet orqali suhbat”
Mustaqil ish:
“Logotiplar”, “To‘g‘ri qaror”, “Raqamli texnologiyalar”
19
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan
Tayanch
maktablar uchun treninglar o‘quv dasturining mazkur bo‘limida
o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash va rivojlantirishga
qaratilgan mavzular o‘rin olgan. Ushbu mavzularni tayanch maktablaridagi
seminar, davra suhbatlari va treninglar davomida aniq fanlar o‘qituvchilari
uchun yetkazib berish mo‘ljallangan.
Mazkur bo‘limdagi mavzularni shakllantirishda mavzuning
dolzarbligi,
XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari oʻqituvchilarining
ehtiyojlari, oʻquvchilarning yosh xususiyati hamda o‘quv dasturi doirasida
ko‘rib chiqilishi tavsiya etilgan topshiriqlarning o‘quvchilarda
amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.
Mavzular doirasida XXI asr koʻnikmalari, xalqaro baholash dasturlari,
xususan PISA, TIMSS tadqiqotlari hamda STEAM dasturi haqidagi ma’lumotlar,
ularning mazmun-mohiyati, mazkur dasturlarda ishtirok etishdan koʻzlangan
maqsad, dasturning dunyo ta’lim tizimida,
jumladan, Oʻzbekiston ta’lim
tizimining rivojlanishidagi oʻrni haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar yetkazib
berishga qaratilgan.
Matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchilarning
kompetensiyalarini, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy
vaziyatlarda qoʻllay olish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan topshiriqlarning
tuzilishi va mazmuni bilan birga ushbu topshiriqlarni yechish boʻyicha amaliy
mashgʻulotlar ham olib borilishi koʻzda tutilgan. Mazkur dasturning oʻziga
xos
xususiyati shundaki, unda berilgan mavzularni oʻzlashtirish jarayonida,
mashg‘ulot tinglovchilari oʻquvchilar uchun moʻljallangan
topshiriqlarni
yechib koʻrish orqali, oʻzlarining olgan ma’lumotlarini mustahkamlashiga
e’tibor qaratilgan.
Tinglovchilar mazkur dasturlarda belgilangan mavzularni oʻzlashtirish
davomida quyidagi bilimlarga ega boʻlishlari lozim:
- PISA xalqaro baholash dasturlarining qamrov
doiralarida qayd etilgan
matematik savodxonlik kompetensiyalarini bilish;
- ilmiy, ilmiy–metodik jurnallarda chop etilgan va oʻquv adabiyotlarida
mavjud boʻlgan, internet orqali berilgan oʻqitish jarayonida foydalanish mumkin
boʻlgan ta’lim texnologiyalari haqidagi maqolalarni va axborotlarni mustaqil
Do'stlaringiz bilan baham: