Gaz bosimi Gaz bosimi mehanizmini tushuntirishda inersiya tushunchasidan va jismlarning yuqorida ko`rib chiqilgan o`zaro ta`siridan foydalaniladi. Gaz molekulalasi boshqa molekulalar bilan o`zaro to`qnashishlar oralig`ida va devorga urilgandan so`ng, to`qnashishda olgan tezligining kattaligini va yo`nalishini saqlagan xolda inersiyasi bo`yicha xarakatlanadi. Ammo o`quvchilar o`zaro ta`sirning hususiy xoli bilangina,jismlar o`raro urulguncha bir-biriga va sanoq boshi sistema (tajriba namoyish qilinayotgan stol) ga nisbatan tinch bo`ladigan xol bilangina tanishlar. Shuning uchun gaz bosimini tushuntirishdan avval ta`sirning boshqa xollarini-boshlang`ich tezlikka ega bo`lgan sharlarning o`zaro urilishini ko`rsatish foydali bo`ladi.To`qnashishning turli xollarida aloxida molekulalarning tezliklari yo ortishi, yoki kamayishi mumkinligi sababli gaz molekulalarining tezliklari turlicha bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi. Bu bilan molekulalar xarakatining o`rtacha tezligi xaqidagi tushunchasi shakllantirishga asos qo`yilgan bo`ladi.
Gazning idish deviriga bosimi mehanizmini, molekula zarbini koptokning devorga zarbi bilan taqqoslab, soda qilib tushuntirish lozim. Shuni qayd qilish kerakki, bunda jismlarning o`zaro ta`siri ro`y berib, natijada molekulaning tezligi yo`nalish bo`yicha o`zgaradi, ikkinchi jism- idish devoir esa deformasiyalanadi.
Gaz bosimi mehanizmi (agar uni tajribada namoyish qilish bilan va ikki xodisani tushuntirish bilan to`ldirilsa)molekulyar-kinetik nazariya asosida tushuntirilsa o`quvchilar tomonidan yahshi o`zlashtiriladi.
Birlik hajmdagi molekulalar sonining o`zgarishi hisobiga gaz zichligi o`zgarganda gazning bosimi o`garadi.Bunda gaz egallagan ma`lum hajmdan bir qism molekulalarni chiqarib (nasos bilan so`rib)yoki ma`lum massali gaz egallagan hajmni o`zgartirib gazning zichligini o`zgartirish mumkin.
Quyidagi namoyish qilinadigan tajribalarni tavsiya qilish mumkin (bu tajribalarda hali o`rganilmagan atmosfera bosimi tushunchasi ishlatilmaydi):
a) Havo nasosi qalpog`dan havo so`rib olinganda qalpoq ostiga qo`yilgan, og`zi bog`langan rezina shar(yoki stakanga solingan sovun ko`pigi)ning shishib borishi.
b) Havo nasosi qalpog`I ostiga yarmigacha bo`yalgan suv qo`yilgan va og`zi rezina tiqin bilan zich qilib berkitilgan kolba qo`yiladi.Tiqinga U-simon shisha naycha kirgizilib, uning ikkinchi uchi bo`sh bo`lgan himiyaviy stakanga joylashgan. Naychaning uchlari kolba va stskanning ostiga deyarli etishi kerak.Qalpoq ostidagi xavo so`rib olinishiga qarab, suv kolbadan stakanga oqib o`tadi.Qalpoq ostidagi xavo so`rib olinishiga qarab, suv kolbadan stakanga oqib o`tadi. Qalpoq ostida xavo yuborilsa, suv teskari yo`nalishda oqadi. Xavo so`rila boshlaganda og`zi ochiq stakanda uning zichligi kamaya boradi, og`zi berk kolbada esa (undagi suv satxi sezilarli darajada pastga tushmaguncha )avvalgidek qoladi. Molekulalarning stakanning devoriga va undagi suv sirtiga urilish soni, yani stakandagi xavo bosimi kolbadagiga qaraganda kamayadi(butun qurilmaning temperaturasi bir hil)va bosimning farqi tufayli suv kolbadan stakanga oqib o`tadi. Qalpoq ostiga xavo kiritilganda stakanda dastlabki zichlik va dastlabki bosim tiklanadi, kolbada esa birinchi paytlarda ular dastlabki qiymatidan bir oz kam bo`ladi, chunki unda suv satxi pasaygan bo`ladi. Shuning uchun suv stakandan kolbaga qaytib o`tadi.[7]