Suyuqliklarning to'yingan bug' bosimi mundarija kirish I bob. Adabiyotlar sharhi


Qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarda molekulalararo ta`sir kuchlari mavzularini o`qitish shakli va metodi



Download 114,82 Kb.
bet6/12
Sana23.07.2022
Hajmi114,82 Kb.
#842012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SUYUQLIKLARNING TO\'YINGAN BUG\' BOSIMI 2

2.2. Qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarda molekulalararo ta`sir kuchlari mavzularini o`qitish shakli va metodi
Jismlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liq, shuningdek ko`pgina fizik hodisalarni molekulyar tasavvur nuqtai nazardan tushuntiriladi. O`quvchilarda inson tafakkuriga xos bo`lgan kuzatilayotgan hodisalarning sabablarini izlash va jismlarning xossalarini tushuntirishga intilishini fizika o`rganishning boshidanoq, VI sinfda rivojlantirish zarur. Moddaning molekulyar tuzilishini o`rganish bunga imkon beradi.
O`quvchilarga quyidagich savol beriladi: jismlar yaxlitmi yoki bir-biridan oraliq bilan ajralgan zarralardan iboratmi? Havoli sharchaning qisilishi, isitganda va sovitganda havoning kengayishi va torayishi, suv bilan spirtning aralashishi tajribalari ko`rsatiladi. Namoyish qilinayotgan hodisalarni jismlarning yaxlit emasligi, bir-biridan oraliq bilan ajralgan zarralardan iboratligi bilan tushuntiriladi.
Molekulalarning atomlarga bo`linishi fizik tajribalar bilan emas, balki ximiyaviy tajribalar bilan isbotlanadi va atom tushunchasi ximiyani o`rganishda asosli qilib berilishi mumkin,
Bir xil moddaning molekulalari birday bo`lishini Dalton foydalangan mulohazalarga o`xshash mulohazalar keltirilgan : “… suv singari jismning dastlabki zarralari o`zaro birdaymi, ya`ni ular birday shaklga, o`lchovga, og`irlikka va hokazolarga egami? Ma`lum bo`lgan hollardan biz bu xususiyatlarda farq borligini taxmin qilishimiz uchun hech qanday asosga ega emasmiz; birday bo`lmagan zarralarning to`plami qay tarzda hamma yerda shunchalik bir jinsli bo`lishini tasavvur q1ilib bo`lmaydi… Shuning uchun biz bir jinsli hamma jismlarning boshlang`ich zarralari oralig`i, shakil va shunga o`xshashlari bo`yicha butunlay birday bo`ladi, deb xulosa chiqarsa bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, suvning har bir dastlabki zarrasi suvning istalgan boshqa zarrasiga o`xshash, ichimlik suvining har bir(dastlabki) zarrasi ichimlik suvining boshqa istalgan zarrasiga o`xshash va hokazo”.
O`qituvchi “hamma jismlar molekulalarda iborat” degan tasdiq aniq emasligini nazarda tutish kerak. Shunday jismlar borki, ular atomlardan iborat bo`ladi. Masaqlan, ion (masalan, NaCl) va atom (masalan, olmos) kristallarida gaz fazasida ham mavjud bo`la oladigan alohida molekulalar yo`q.
Ma`lumki, hamma jismlar biror sonli oddiy moddalardan-ximyaviy elementlardan iborat bo`ladi. Har bir elementning eng kichik zarrasi uning atomidir. Eng sodda molekula-bu ikki atomli molekuladir. U bir xil yoki turli xil ( ; ) ikki atomdan iborat. Molekuladagi atomlar soni ikkitadan ortiq bo`lishi ham mumkin. Qat`iy qilib aytganda, molekula ikkitadan kam atomlardan iborat bo`lolmasligini nazarda tutish kerak. Masalan, molekulalarning o`zaro ta`sir kuchi ular orasidagi masofagagina bog`liq bo`lmnasdan, balki ularning o`zaro joylashishiga ham bog`liq bo`ladi (ikki atomli molekulani gantelga o`xshatish mumkin, ko`p atomli molekulalar ancha murakkab shaklga ega). Molekulalarning o`zaro ta`sirini, atomlarning azaro ximyaviy ta`siridan farqli ravishda, Van-der-Vals ta`sir kuchi deyiladi.
Molekulalarning tezliklariga doir ma’lumotlar berilganda molekulalarning turlicha tezliklari bilan harakatlanishini ko`rsatish foydalidir. Bu keyinchalik ba’zi bir hodisalarni, masalan, bug`lanishni tushuntirganda yordam beradi. Molekulalarning o`lchovlari, ular orasidagi masofalar, ularning tezliklari va shunga o`xshashlarhaqida haqida son ma’lumotlarni o`quvchilarga esda saqlab qolish uchun bermasdan, ko’proq taqqoslashdan keng foydalanish kerak.
Moddaning agregat holatlari orasidagi farqning tushuntirilishini modda holatlarining tajribada ko`rib chiqilgan xususiyatlari bilan mantiqan bog`lanadi. Masalan, gaz yengilgina qisilganini, qizdirilganda u sezilarli darajada kengayganini o`quvchilar bilishadi. Bundan o`quvchilar gaz molekulalari orasidagimasofalar qiyosan katta ekan (normal sharoitda bu masofalar molekulalarning o`z o`lchamlaridan o`nlab marta katta bo`ladi) degan xulosa chiqaradilar. Bundan gazlarning molekulalari bir-biriga deyarli tortilmasligi kelib chiqadi, chunki tortishish juda kichik masofalardagina namoyon bo`lishi o`quvchilarga avvaldan ma’lum. Gazning unga berilgan hajmni butunlay egallash xossasi molekulalar orasidagi tortishishning bo`lmasligi va ularning tartibsiz harakati bilan tushuntiriladi. Shinday qilib, gazlarning xossalarini bilish va molekulalar haqidagi ba’zi bir ma’lumotlar o`quvchilarga gaz tuzilishining aniq manzarasini berishga imkon beradi.
Agregat holatlar orasidagi farqni yetarlicha chuqur ko`rib chiqish kerak, chunki bu bilimlar keyinchalik o`rganiladigan ko`pgina hodisalarni-konveksiya va issiqlik o`tkazuvchanlikni ham tushuntirish imkonini beradi. Shuningdek, molekulalarning o`zlari bir agregat holatdan boshqa agregat holatga o`tishda o`zgarmasliklarini qayd qilish muhimdir.[6]

Download 114,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish