O‘lchash natijalarini ishlab chiqish



Download 0,89 Mb.
bet1/21
Sana01.02.2022
Hajmi0,89 Mb.
#422115
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
LAB I QISM

O‘lchash natijalarini ishlab chiqish. Hatoliklarning elementar nazariyasi. Sistematik va tasodifiy hatoliklar.


Fizika moddiy dunyoning realligini o‘rgatuvchi fan bo‘lganligi sababli uning qonuniyatlarini o‘rganishda tajribalarga tayaniladi. Tajribalar esa fizik kattaliklarni o‘lchash asosida olib boriladi. O‘lchash deb, aniqlanayotgan fizik kattalikni birlik deb qabul qilingan kattalik bilan taqqoslashga, ya’ni birlikdan necha marta farq qilishini aniqlashga aytiladi. O‘lchashning ikki turi mavjud: bevosita va bilvosita o‘lchash.
1. Berilgan fizik kattalikni bir necha marta birlik kattalik bilan taqqoslash orqali uning qiymatni tajribada aniqlash bevosita o‘lchash deyiladi. Masalan, uzunlik, massa, vaqt, harorat va boshqalarni darajalangan (graduirovka qilingan) asboblar: mikrometr, shtangensirkul, sekundomer, termometr va boshqalar yordamida o‘lchanadi. Bunda o‘lchanayotgan kattalikning miqdori asbobning qancha ko‘rsatayotganligi asosida to‘=ridan-to‘g‘ri yozib olinadi.
2. Bevosita o‘lchanayotgan fizik kattaliklar bilan o‘zaro qonuniy, ya’ni funksional bog‘langan kataliklarning qiymatlarini aniqlanishi bilvosita o‘lchash deyiladi. Bunga misol qilib, tezlik, tezlanish, energiya va boshqalarni hisoblashni ko‘rsatish mumkin.
Xatoliklar ikki xil bo‘ladi: sistematik va tasodifiy.
Sistematik xatolik ko‘p hollarda asbobning to‘g‘ri ko‘rsatmaganligidan yoki o‘lchash metodining aniq emasligidan va nihoyat, biror uzluksiz tashqi ta’sir natijasida bir tomonlama yuzaga keladi. Masalan, jism haroratini termometr yordamida o‘lchashda nol nuqta (reper nuqta) ning biroz siljib qolgani tufayli, o‘lchash natijalariga zarur tuzatishlar kiritilmagunga qadar sistematik xatolikka yo‘l qo‘yilaveradi. Huddi shuningdek, tarozi pallasining Quyosh nurlari ta’sirida yoki biror issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlik tufayli notekis issitilishi ham jism massasini o‘lchashda sistematik xatolikka olib keladi. Ammo bu xatoliklarni aniqlash va uni bartaraf qilish juda murakkab masala bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda sistematik xatolik ob’ektiv sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi.
Sistematik xatolik o‘lchash natijalariga faqat bir tomonlama ta’sir qiladi.
Demak, sistematik xatoliklar aniq sabablar tufayli yuzaga kelib, uning miqdori takroriy o‘lchashlarda o‘zgarmasligi va ma’lum bir qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishi mumkin.
Tasodifiy xatolik sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib, aniq bir qonuniyatga bo‘ysunmaydi. Har bir o‘lchashning natijasi yo ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin. Tasodifiy xatolik, asosan tajriba o‘tkazuvchining xatosi tufayli yuzaga keladi.
Tasodifiy xatoliklarni ham huddi sistematik xatoliklar kabi butunlay bartaraf qilib bo‘lmaydi. Lekin o‘lchashdagi tasodifiy xatoliklarni hisobga oladigan ehtimollik qonuniyatlarining elementlari yordamida tasodifiy xatoliklarni hisoblab, birmuncha aniq natijalarga erishish mumkin.
Quyida biz tasodifiy hatoliklar nazariyasining elementlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish