4 – laboratoriya ishi Tebranma harakat qonunlarini o‘rganish. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini va fizik mayatnikning inersiya momentini aniqlash.
Ishning maksadi: tebranma xarakat dinamikasi konunlarini o‘rganish. Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishi va fizik mayatnik yordamida inersiya momentini tajribada aniklash.
Kerakli asboblar: matematik mayatnik, fizik mayatnik, chizg‘ich va sekundomer.
NAZARIY QISM
Ma’lum bir darajada takrorlanib turadigan harakat tebranma harakat yoki sodda qilib tebranish deb ataladi. /arakat holati bir xil vaqt oralig‘ida qaytarilgan tebranish davriy tebranish deb ataladi. Bitta to‘la tebranish uchun ketgan vaqt tebranish davri deb ataladi. Birlik vaqt ichidagi tebranishlar soniga tebranish chastotasi deb ataladi. Ular o‘zaro teskari kattaliklardir:
1T T1.
Tebranish chastotasi xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da gers (Gs) larda o‘lchanadi. 1 Hz shunday davriy tebranish chastotasiki, unda 1 s ichida 1 ta to‘liq tebranish sodir bo‘ladi, ya’ni 1 Hz1s1 s–1.
2 sekund ichidagi to‘liq tebranishlar soniga siklik chastota deb ataladi.
22T.
Agar t sekund ichida N ta to‘liq tebranish sodir bo‘lsa, u holda tebranish davri: TtN.
Tebranish chastotasi: Nt.
Siklik chastota: 2T.
Sinus eki kosinuslar qonuni bo‘yicha o‘zgaradigan davriy xarakat garmonik tebranma harakat deyiladi. Garmonik tebranishning kinematik tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
xAcos(to)Acos(2to), (3.1)
yAsin(to)Asin(2to). (3.2)
(3.1) va (3.2) tenglamalarda x (yoki y) moddiy nuqtaning (zarraning) muvozanat vaziyatidan siljishi, A – siljishning eng katta kiymati, ya’ni amplituda, – tebranma xarakatning siklik chastotasi, (t) – fazasi. Tebranishlar fazasi berilgan t0 vaqt momentidagi tebranayotgan zarraning holatini xarakterlaydi. U tebranish boshidan davrning qanday qismi o‘tganini ko‘rsatadi.
o – kattalik tebranishlarning boshlang‘ich fazasi deyiladi. U tebranayotgan zarraning t0 boshlang‘ich vaqt momentidagi holatini xarakterlaydi, ya’ni vaqtning qaysi momentidan tebranishlarni hisoblashni ko‘rsatadi. Garmonik tebranish sodir etayotgan ixtiyoriy zarra garmonik ossillyator deb ataladi. Tashqi kuchlar ta’sir etmaganda (ossillyator muvozanat vaziyatidan chiqarilib o‘z-o‘ziga qo‘yilgan) sodir bo‘ladigan garmonik ossillyator tebranishi erkin tebranishlar deb ataladi. Erkin tebranishlar dinamikasining tenglamasi (garmonik tebranishlarning differensial tenglamasi):
o2x0, (3.3)
bu yerda x – siljish, o – garmonik tebranishlarning siklik chastotasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |