Suvning o’simlik uchun ahamiyati
Reja:
Suvning o’simliklar hayotidagi ahamiyati
Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi
Tuproqdagi suvning xususiyatlari
O’simliklardagi gidraturaning ahamiyati
O’simliklarda suvning harakatlanishi
Suv o‘simliklarning o‘sishida bevosita muhim rol o‘ynaydi. hujayralar ichida suv ta’sirida hosil bo‘ladigan turgor bosim hujayralarning hali elastik bo‘lmagan yosh qobig‘ining cho‘ziluvchanligini ta’minlaydi. Bu asa hujayralar xajmining kattalashishiga imkon beradi. Shuning uchun suvsizlik o‘sishni sekinlashtiradi, chunki bunda hujayralar to‘liq chuzilmaydi. Hujayralar qobig‘ining elastikligi kamayib borishi (sellyuloza to‘planishi) tufayli o‘simlik suv bilan yetarli ta’minlangan taqdirda ham ular to‘liq kattalashmaydi.
Suv tanqis bo‘ladigan kunduzgi vaqtda o‘simliklar poyasining diametri tungi vaqtdagiga qaraganda kichikroq bo‘ladi. Bu esa turgor holatlar farqiga bog‘liq. Shuning uchun o‘simliklarning yer ustki qismlari asosan tungi soatlarda o‘sadi, chunki bu vaqtda suvning transpiratsiya tufayli sarflanishi kamayadi va turgessensiya tiklanadi. O‘simliklar hosil qilgan qypyq modda mahsuloti ular suv bilan qanchalik ta’minlanganini ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. O‘simliklarning suv bilan ta’minlanishi ularning tashqi morfologiyasida, anatomik strukturasida, guruhlardagi holatga va o‘simlik qoplamining zonal tarqalishida chuqur iz qoldiradi.
Lekin o‘simliklar uchun faqat suvning miqdori emas, balki uning atmosferadagi va tuproqdagi holati muhim rol o‘ynaydi. O‘simliklar suvni asosan holatda iste’mol qiladi. Mu’tadil va sovuq iqlim mintaqalarida qattiq fazadagi suv o‘simliklarga juda katta bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Qor o‘simliklar o‘sadigan joydagi issiqlik rejimida katta ahamiyat kasb etishidan tashqari, yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan bahor vaqtida muhim rol o‘ynaydi eriyotgan qor suvlari ayniqsa boshlagan o‘simliklar ko‘p miqdorda suv talab etadigan vaqtda tuproqdagi suv talabvaqtda tuproqlagi suv zapasini to‘ldiradi. Bundan tashqari, eriyotgan qor suvlari ko‘p jihatdan daryolarga oqib tushayotgan suv miqdorini belgilaydi, bu esa o‘tloq o‘simliklari evolyutsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.muz qoplami belgilaydi, bu esa o‘tloq o‘simliklari evolyutsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muz qollami o‘simliklarni siqib qo‘yib, ularga nobud qiladigan darajada tasir ko‘rsatadi, hujayralar oralig‘ida hosil bo‘lgan muz esa ularni mexanik zararlaydi. Qishda yer yuzasida muz qoplami hosil bo‘lgan taqdirda madaniy va yovvoyi o‘simliklar butunlay nobud bo‘ladi. Tuman vaqtida daraxtlar shoxiga va o‘tlar bargiga tushgan qirov yoki hosil bo‘lgan yupqa muz qollami ma’lum darajada suv to‘planishiga imkon beradi; erigan vaqtda esa bir qismi yerga singadi, yana bir qismi havoga bug‘lanib ketadi. Vegetatsiya davrida suv atmosferadan asosan suyuq holatda tushadi. Yomg‘ir, uning miqdori, yog‘ish muddati yog‘ish tezligi, shuningdek, ularning boshqa omillar-temperatura, shamol va xokazolar bilan bog‘liqligi ahamiyatga ega. Yog‘in miqdori, odatda, millimetr bilan ifodalanadi. Bir millimetr yog‘in 1m2 yuzaga tushgan 1l suvga teng bo‘ladi.
O‘rta Osiyo sharoitida yog‘in miqdori mazkur joyning dengiz sathidan qanchalik balandlikda joylashganligiga bog‘liq. Lekin ayni vaqtda u yil sayin o‘zgarib turadi.
Yillik yog‘in miqdori iqlim sharoiti hakida faqat umumiy tasavvur beradi. Hozircha yerga qancha miqdoda yog‘in tushishi va uning qancha qismini o‘simliklar o‘zlashtirishi haqida aniq fikr aytish qiyin. Buning uchun birinchi navbatda yog‘inning fasllar bo‘yicha taqsimlanishi, yog‘in turi(yomg‘ir, qor, do‘l, qirov) va suyuq holatdagi yog‘in qaysi xolatda bo‘lishi (sel, tomchilab yog‘adigan va yomg‘ir)ni bilish kerak. Bundan tashqari, yog‘ingarchilik qanday tuproqqa tushishini, yonbag‘irning tikligi va qiyaligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Chunki bular haqida ta’riflab berish mumkin bo‘ladi, lekin yog‘in miqdori haqidagi aniq ma’lumotlarni (yog‘inning fasllar bo‘yicha taqsimlanishidan tashqari) bilmaymiz. Chunonchi, yog‘inning qancha qismi o‘simliklarning yer ustki qismiga tushadi? Ma’lumki, kuchli yog‘in vaqtida faqat archa panasidagina emas, balki turang‘il va terak panasida ham saqlanish mumkin.
Biz yog‘inning qancha qismi (ayniqsa bahorning oxirlarida va yozda) yalanglik yoki u yoki bu turdagi o‘simlik bilan qoplangan tuproq satxidan bug‘lanib ketishini bilmaymiz. O‘simliklar suv iste’mol qilishiga qarab, faqat yog‘in hisobiga yashaydigan va ham yog‘in, ham tuproq namligi hisobiga yashaydigan xillarga bo‘linadi.
Bahorgi yog‘in suvlari hisobiga yashaydigan o‘simliklar, ya’ni efemerlar ildizi yuzada (tuproq yuzasidan 10 sm chuqurlikda) rivojlanadi. Bahorgi yog‘inlar tugashi bilan ular tezda nobud bo‘ladi, kelgusi yili bahorida ular ildizdan qaytadan rivojlanadi. Ba’zi o‘simliklar juda chuqur kirib boradigan ildiz chiqarib rivojlanadi. Bizning florada bu jihatdan ko‘proq; yantoq o‘simligi tanish. Uning ildizlari yerga 15-20m chuqurlikkacha kirib boradi. Ayni vaqtda ildizi 2 m chuqurlikka kirib boradigan cho‘l o‘simliklari ham bor. Cho‘lda o‘sadigan shuvoqiing ildizlari 2 m chuqurlikka yetmaydi, bu qatlamda tuproq iyun va iyul oylarida butunlay qurib qoladi, lekin shuvoq baribir sekin bo‘lsada, transpiratsiya protsessini davom ettiradi. Ba’zilar buni shuvoq gipsli tuproqda o‘sadi, gips esa oz miqdordagi namlikni ham so‘rib olish xususiyatiga ega deb izohlaydilar. Bundan ham qiziqroq misolni keltirish mumkin. Masalan, sutlama o‘simligining mayda barglar bilan qoplangan ingichka poyasi yerda yoyilib o‘sadi. Iyun oyiga borganda efemer va efemeroidlar qurib qoladi, sutlama esa gullab yotadi. Changlanishdan so‘ng gulbandlari uzayadi, buraladi va urug‘chisi barglar ostiga yashirinib oladi. Bu yerda o‘simlik tupining soyasida urug‘, mevalari rivojlanadi va yetiladi. Sutlamaning ildizi juda ingichka, uzunligi 70-75 sm gacha bo‘lib, o‘rgimchak iniga o‘xshash ingichka tutam bilan tugaydi.
Nihoyat, yana bir misol. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida, adirlarda yerni sug‘ormay tarvuz yetishtiriladi. Tabiiy o‘simliklar qyriyotgan vaqtda, tarvuz gullaydi. Uning har biri 4-5 kg dan keladigan hosili suv bilan to‘ladi. Bu tarvuzlar suvni qaerdan olishi mumkin?
O‘simliklarning har bir turi konstitutsion va moslanuvchanlik xossalari bilan harakterlanadi. Konstitutsion xossalari bu, masalan, gulining tuzilishi, mevasining tipi, shoxlanish harakteridir. Bir so‘z bilan aytganda, bu nasl uchun va ma’lum darajadagi oila uchun tegishli belgilardir. Moslanuvchanlik belgilari, bu muayyan sharoitda normal hayot kechirish uchun imkoni boricha ta’minlovchi turning tuzilish va biologik qobiliyatidir. Shunday qilib, moslanuvchanlik belgilari turning tarqalish joyini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |