Suvning o’simliklar hayotidagi ahamiyati Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi Tuproqdagi suvning xususiyatlari



Download 73 Kb.
bet3/5
Sana14.01.2022
Hajmi73 Kb.
#362082
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suvning o’simlik uchun ahamiyati

Tuproqdagi suvning xususiyatlari. Bir qancha omillarga bog‘liq xolda tuproq tarkibida turli miqdorda suv saqlaydi. Tuproqning barcha bo‘shliqlari suv bilan to‘lgandagi eng ko‘p suv miqdori tuproqning to‘liq nam cig‘umi deyiladi (Rode, 1965). Odatda, tuproqning sizot suvlar sathidan pastda joylashgan gorizontlari to‘liq nam sig‘imiga yaqin darajada nam bo‘ladi. Shuningdek, tuproqning kapillyar nam cug‘umu farq qilinadi, bunda suv tuproqning kapillyar bo‘shliqlarini band qilgan bo‘ladi. Tuproqning kapil­lyar nam sig‘imi sizot suvlar sathidan boshlab yuqoriga tomon kamayib boradi. Shunga ko‘ra, tuproqning kapil­lyar nam sig‘mi o‘zgaruvchan va sizot suvlar sathidan yuqorida joylashgan qatlamning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.

Tuproq orqali barcha gravitatsion suv oqib chiqib ketgandan keyin o‘zida namlikni ushlab qolish xususiya­ti uning eng muhim xossasi hisoblanadi. Og‘irlik kuchiga qarama-qarshi o‘laroq, tuproqda ushlanib qolgan namlik eng kichik dala nam cug‘umu deb ataladi. Uning miqdori tuproqda mayda teshiklar va kapillyarlar mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, 5% dan (qumli tuproqlarda) 30% gacha (og‘ir tuproqlarda) o‘zgarib turadi. Suvni ushlab qolishda tuproqdagi kapillyar va sorbsion kuchlar ishtirok etadi. Tuproqning to‘liq nam sig‘im bilan eng kichik nam sig‘imi o‘rtasidagi farq uning maksimal nam cug‘umunu ifodalaydi.

Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining rivojlanishi uchun (sug‘oriladigan sharoitda) tuproqning optimal namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 100-70% orasida o‘zgarib turadi. Tuproqning haqiqiy namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 70-75% dan past bo‘lsa, o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydi va xosildorligi pasayib ketadi.

O‘simliklarning taqsimlanishida va o‘simlik qop­lami strukturasida tuproqning nam o‘tkazuvchanligi, ya’ni o‘zi orqali suv o‘tkazish xususiyati ma’lum darajada ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning g‘ovakligiga to‘g‘ri proporsional va tuproq zarrachalari yuzasiga teskari proporsionaldir. Mexanik tarkibi jihatidan og‘ir tuproqlarning suv o‘tkazuvchanligi (boshqa bir xil sharoitda) yengil tuproqlarnikiga qa­raganda past bo‘ladi.

Suv rejimiga nisbatan olganda, o‘simliklarning barqaror so‘lish namligi tuproqlarning muhim harakteristikasi hisoblanadi. So‘lish koeffitsienti haqidagi tushuncha 1912 yilda L. Brigges va G. Shans tomonidan kiritilgan. Bu miqdor tuproqdagi o‘simliklar uchun foydasiz bo‘lgan suv zapasini harakterlaydi. So‘lish koeffitsienti miqdori tuprokqning mexanik tarkibiga, zichlignga, sho‘rlanish darajasi va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Eng kichik so‘lish koeffitsienti qumlik, undan keyin qumloq va tuproqlarni harakterlaydi va bu ko‘rsatkich sog‘ tuproqlarda yuqoriligi kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda, mexanik tarkibi og‘ir bo‘lgan tuproqlarda o‘simliklar uchun foydasiz bo‘lgan suv eng ko‘p miqdorda bo‘ladi. Torfsimon materiallarga boy bo‘lgan tuproqlarda so‘lish koeffitsienti ham eng yuqori bo‘ladi.

Briggs va Shanslar fikricha, so‘lish koeffitsienti o‘simliklar turiga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni har xil o‘simliklar tuproqning bir xil miqdordagi namligida so‘lib qolishi mumkin (Rode, 1965). Lekin hozirgi vaqtda bir turga oid har xil o‘simliklar uchun so‘lish koeffitsienti bir xilda bo‘lmay, o‘simliklarning har xil rivojlanish fazalarida tuproq namligining kamayishiga chidamliligi ham har xil bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Bunda o‘simliklarning fiziologik tabiati ham katta ahamiyatga ega: tuproqda nam kam bo‘lsa, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar namsevarlarga qaraganda tez so‘lib qoladi (Sleycher, 1970).




Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish