Suvning o’simliklar hayotidagi ahamiyati Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi Tuproqdagi suvning xususiyatlari


Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi



Download 73 Kb.
bet2/5
Sana14.01.2022
Hajmi73 Kb.
#362082
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suvning o’simlik uchun ahamiyati

Tuproqdagi suv xillari va uning harakatlanishi. Tuproqdagi suv o‘simliklarning suvga bo‘lgan jami ehtiyojini ta’minlashning birdan-bir amaliy manbadir. U tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlarda saqlanadi va tuproq umumiy hajmining 30-60% gacha bo‘lgan qismiga to‘g‘ri keladi. Tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlarning xossalari umumiy hajmi, ularning hap xil o‘lchamdagi shakllari va o‘zaro munosabati, o‘simlikning hayoti uchun muhim bo‘lgan suv-fizik xossa­lari, ya’ni ko‘p yoki kam miqdordagi namlikni saqlash qobiliyati hamda suvning tuproqda o‘simlik ildizlari orqali harakat qilish tezligini belgilaydi.

Tuproq zarrachalari orasidagi bo‘shliqlar butunlay suv bilan to‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pincha suv bo‘shliqlarning bir qismini egallaydi, qolgan qismi esa tarkibiga ko‘ra atmosfera havosidan farq qiladigan havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Qattiq tuproq umu­miy hajmining 40-70% ni tashkil etadi. Tuproq hajmining qattiq faza bilan to‘lmagan qismi bug‘simon holatdagi suvga ega havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Bunday vaqtda tuproq suvga to’yinmagan deyiladi.

Tuproqdagi suvning quyidagi formalarini farqlash qabul qilingan (Kovda, 1973).

1.Bug‘simon suv hamisha tuproq havosida mavjud bo‘lib, odatda, bu havo suv bug‘lari bilan 100% to‘yingan bo‘ladi. Lekin bunday suv miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi va o‘simlikning suv bilan ta’minlanishida uncha katta rol o‘ynamaydi.

2.Kimyoviy bog‘langan suv (tuproq minerallari tarkibiga kiruvchi suv) va kristallizatsiya suvi. O‘simliklar bu suvdan foydalana olmaydi.

3.Fizik bog‘langan suv. Fizik-ximiyaviy xossalariga ko‘ra, bu xildagi suv molekulalari tuproqniig dispers zarrachalari sirtiga sorbsiyalanib, parda (plyon­ka) hosil kiladi. Fizik bog‘langan suv mustaqkam bog‘langan (gidroskopik) va bo‘sh bog‘langan (parda) suvga bo‘linadi. Birinchi xildagi suv tuproq zarrachalari yuzasida mustaqkam saqlanib qoladi va o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Ikkinchi xildagi suv kichik tezlikda harakatlanadi. Shuning uchun o‘simliklar­ning undan foydalanishi cheklangan bo‘ladi. O‘simliklar ildizining so‘ruvchi kuchi ulardai foydalanishga imkon beradi, lekin parda suv zapasi suvni so‘rib oladigai ildiz tomon harakat qilish hisobiga tiklanishiga ko‘ra tezroq sarflanadi.

4.Kapillyar suv tuproq g‘ovaklarida kapillyar-menisk kuchi ta’sirida ushlanib turadi, kapillyar oraliqlar qancha tor bo‘lsa, kapillyar-menisk kuchi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproqning kapillyarlar orqali suvni yuqoriga ko‘tarib berish xossasi uning suv ko‘tarib berish qobiliyati deb ataladi. Kapillyar suv harakatchan bo‘ladi, uning joydan-joyga kuchib yurishi o‘simliklar jadal iste’mol qilishida sarflanadigan suv zapaslarining o‘rni to‘lishini ta’minlaydi. U oson eritadi va unda erigan organik hamda mineral moddalar o‘simlik organlari bo‘ylab harakatlanadi. Kapillyar suvning bug‘lanishi yerlar sho‘rlanishida rol o‘ynaydi. Kapil­lyar hoshiya deb ataladigai qatlam, ya’ni sizot suvlar sathidan ko‘tarilgan nam qatlam hosil kiluvchi kapillyar-tiralgan suvning ko‘tarilish balandligi tuprod strukturasiga va mexanik tarkibiga bog‘lik bo‘ladi. Kumli va qumloq tuproqli yerlarda bunday ko‘tarilish balandligi 40-60 sm dan oshmaydi. Lekin qumoq va soz tuproqli yerlarda 2-7 m ga yetadi. Kapillyartiralgan suv sarflanganda (o‘simliklar va bug‘lanish orqali) uning o‘rni sizot suvlar hisobiga to‘ladi. Agar sizot suvlar sathi ko‘tarilsa, kapillyar hoshiya sathi ham ko‘tariladi yoki aksincha. Agar sizot suvlar bilan kapillyar suv o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmasa, u holda kapillyar-muallaq suv hosil bo‘ladi. Tabiiy sharoitda uning tuproq profili bo‘ylab tarqalishida chuqurlik oshgan sari namlik asta-sekin kamaya boradi; kapillyar-muallaq suvning harakatlanish tezligi uncha katta emas.

Tuproqdagi kapillyar suvning harakatchanligi va harakatlanish tezligi tuproq namligiga va boshqa fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar tuproqning namligi yuqori bo‘lsa (sizot suvlar sathi yuqori bo‘lgan vaqtda), kapillyar suv tez harakatlanadi namlik pasayganda esa harakati susayadi. Soz tuproqli yerlarda suvning kapillyarlar bo‘ylab harakatlanishi yuqori bo‘lib, unda nam uzoq masofaga siljishi mumkin. Og‘ir soz tuproqli yerlarda mayda kapillyarlardagi suv katta kuch bilan ushlanib qoladi, shunga ko‘ra, suvning kapillyarlar orqali siljishi juda sust bo‘ladi. Lyossimon qumoq va lyoss (sor) tuproqlarda kapillyar suv eng yuqorn va juda tez ko‘tariladi (O‘zbekistonda va Kaspiybuyi pasttekisligida).

5.Tuprovdagi erkin suv og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal siljish xususiyatiga ega. U yuqori darajada erituvchanlik samaradorligiga ega bo‘lib, erigan holatdagi tuzlar va kolloid eritmalar ana shu suv bilan birga harakatlanadi. Tuproqda erkin suv ko‘p miqdor­da bo‘lsa, o‘ta namlikka, botqoqlanishga va berchlanish protseeslarining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Erkin suv ba’zan gravitatsion, sizot, yuza borlangan va muz shaklidagi turlarga bo‘linadi.

Gravitatsion suv pastga yoki yon tomonga siljiydi, shuningdek, sizot suvlargacha yetib borib, ular sathining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Sizot (grunt) suvlar tuproqning barcha bo‘shliqlari erkin suv bilan to‘lishidan yoki chuqur yer osti suvlari bosim kuchi ta’sirida ko‘tarilishidan hosil bo‘ladi. Sizot suvlar sathi, odatda, tuproq yuzasi relefini takrorlaydi. Sizot suvlar sathi yuqori bo‘lganda yoki ular kapillyarlar orqali yuqoriga ko‘tarilganda ana­erob protsesslar rivojlanadi, arid iqlim sharoitida esa sizot suvlar ko‘p bug‘lanishi natijasida ko‘p miqdorda tuzlar to‘planadi. Qumli yerlarda va toshloqlarda sizot suvlar eng harakatchan bo‘ladi. Birmuncha pastlik yerlarda sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (1-1,5 m) joylashgan bo‘ladi va kapillyarlar orqali o‘simliklarni suv bilan ta’miilab turadi. Suv ayirgichlarda sizot suvlar chuqur (10-15 m gacha) joylashgan bo‘ladi va o‘simliklar uchun deyarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Lekin ildiz sistemasi juda chuqur kirib o‘sadigan ba’zi daraxtlar 20-30 m gacha chuqurlikdaga sizot suvlardan foydalana oladi. Ko‘pchilik daraxt va butalar uchun 10-12 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlarning hech qanday foydasi yo‘q. Ayrim madaniy o‘simliklar (lavlagi, g‘o‘za, beda) 2-3 m chuqurlikda joylashgan sizot suvlardan foydalana oladi.

Sizot suvlarning minerallashish darajasi kata ahamiyatga ega. Chunonchi, uning tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, bunday suv o‘simliklar uchun kam foydali bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 0,5-3,0 g/l optimal konsentratsiya hisoblanadi; yuqori konsentratsiya (12-15 g/l) o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 30-50 g/l konsentratsiyali sizot suvlardan esa faqat galofitlar foydalana oladi. Shunday qilib, sizot suvlar qancha chuchuk va sathi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishida shuncha foydali bo‘ladi. Zich o‘simlik qoplami orqali transpiratsiya protsessida ko‘plab suv sarflanishi oqibatida sizot suvlar sathi pasayib ketishi mumkin. Bu, odatda, tuproqning botqoqlanish protsessi susayishiga, arid zonada (masalan, daraxtlar kanallar bo‘yicha o‘stiriladigan joylarda) esa tuproqning sho‘rlanishiga olib keladi. Kuzda, ya’ni transpiratsiya protsessi ancha kamaygan vaqtda sho‘rlanish kuchayadi.

Yer yuzasidagi erkin suv oqimi yerga singish tezligidan yuqori bo‘lgan vaqtda yerning nishabi bo‘yicha oqa boshlaydi. Muz holatidagi erkin suv o‘simliklar uchun foydasiz hisoblanadi. Lekin qish davrida muz holatidagi erkin suv va ayniqsa «doimiy muzliklar» hosil bo‘lishi tuproqning suv rejimida va o‘simlik qoplami harakterida sezilarli iz qoldiradi. Mamlakatimiz Yevropa qismining shimoli-sharqidagi juda katta territoriya va Osiyo qismining shimoli doimiy muzliklar ta’sirida bo‘ladi.



Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish