Orol dengizi mintaqadagi yangilanib turuvchi suv resurslari yer usti va yer
osti suvlaridan tashkil topgan, shuningdek ular antropogen foydalanishdan qaytgan
suvlar (oqava va drenaj suvlari) hisobiga to‗yinadi. Orol dengizi havzasida 2 ta
yirik daryo xavzasi mavjud: shimolda Sirdaryo va janubda Amudaryo.
Bu asosiy
daryolar o‗rtasida Zarafshon daryosi ham mavjud bo‗lib, u Amudaryoning sobiq
irmog‗idir.
Mintaqaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, uning xududining uchta zona
bo‗linishi xisoblanadi:
a) oqimning shakllanishi zonasi (tog‗li hududlarda
oqimning shakllanishi
zonasi);
b) tranzit va okimni tarqalish zonasi;
v) delta zonalari.
Odatda oqim shakllanishi zonasida jiddiy antropogen o‗zgarishlar
kuzatilmaydi, ammo shu zona chegarasida yirik tug‗onlar va suv omborlari
qurilishi tufayli daryo quyi oqimlari hududlarida oqim tartibi keskin o‗zgaradi.
Tranzit va oqimni tarqatish zonasida butun gidrologik sikl va oqim, daryolar va
xudud o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sirlar natijasida o‗zgaradi. Bu o‗zaro ta‘sir
sug‗oriladigan maydonlar uchun daryolardan suv olish
va qaytarilayotgan oqava
suvlarni, ularning tarkibidagi tuzlar bilan hamda qishloq xo‗jaligida foydalanilgan
kimyoviy moddalarning daryolarga tashlanishi bilan tavsiflanadi.
Sirdaryo suvliligi buyicha Markaziy Osiyoda ikkinchi va uzunligi bo‗yicha
birinchi o‗rinda turadi. Norin daryosining uzunligi 3019 km, xavzasining maydoni
esa 219 ming km
2
ni tashkil etadi. Sirdaryoning boshlanish joyi markaziy Tyan-
shanda joylashgan. Norin va Qoradaryo daryolari qo‗shilganidan keyin Sirdaryo
deb ataladi. Daryoning suvlari muzliklar va qorlar
yerishi hisobiga shakllanadi,
ammo oqimning ko‗proq qismi qorlar hissasiga to‗g‗ri keladi. Suv tartibi uchun
aprelda boshlanadigan baxor-yozgi suv toshqini xarakterlidir. Daryoning eng katta
oqimi iyun oyiga to‗g‗ri keladi. Sirdaryoning 75,2% oqimi Qirg‗iziston
respublikasida shakllanadi. Sirdaryo O‗zbekiston va Tojikiston hududini kesib
o‗tadi va Orol dengiziga Qozog‗iston xududida quyiladi. Sirdaryoning 15,2 % ga
yaqkin oqimi O‗zbekiston hududida, 6,9 % Qozog‗istonda va 2,7% Tojikistonda
shakllanadi.
Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik daryosidir.
Uning uzunligi Panj
daryosi boshlangan yerdan 2540km, xavzasining maydoni esa 309 ming km
2
ni
tashkil etadi. Panj va Vaxsh daryolarining qo‗shilgan yeridan boshlab daryo
Amudaryo deb ataladi. O‗rta oqim zonasida Amudaryoga uchta yirik o‗ng sohil
irmoqlari (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherabod) va bitta chap sohil irmog‗i
(Kunduz) quyiladi. Undan keyin Orol dengizigacha bo‗lgan
uzunlikda daryoga
boshqa bitta ham irmoq quyilmaydi. Daryo suvlari asosan yerigan qor va muz
suvlari bo‗lib, daryoning maksimal suv sarfi yozda, eng kam suv sarfi esa esa
yanvar –fevral oylarida kuzatiladi. Oqimning yil ichida
bunday tarqalishi daryo
suvlarining irrigatsiya maqsadlarida ishlatilishi uchun o‗ta qulay sharoit yaratadi.
Tekislik bo‗ylab oqqanda, Kerkidan Nukusgacha bo‗lgan masofada Amudaryo o‗z
oqimining katta qismini bug‗lanish, infiltratsiya va sug‗orishga sarflaydi. Loyqaligi
bo‗yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi o‗rinda va dunyoda oldingi
o‗rinlarning biridadir. Amudaryoning asosiy oqimi (taxminan 74%) Tojikiston
xududida shakllanadi. SHuningdek daryo Afgoniston va O‗zbekiston chegarasi
bo‗ylab oqib o‗tadi, Turkmanistonni kesib o‗tadi va yana O‗zbekistonga
qaytib
Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo oqimining 13,9%i Afgoniston va Eron
xududida, 8,5 % esa O‗zbekistonda shakllanadi .
Orol dengizi havzasidagi barcha daryolarning umumiy o‗rtacha ko‗p yillik
oqimi 116km
3
ni tashkil etadi. Bu oqimdan 79,4 km
3
Amudaryo va 36,6 km
3
Sirdaryo hissasiga to‗g‗ri keladi. Oqimning extimoliy taqsimotiga muvofiq 5% li
ta‘minlaganlik (sersuv yil) va 95% li ta‘minlanganlik (qurg‗oqchil yil) yillarida
yillik oqim miqdori Amudaryo uchun mos ravishda 109,9 va 58,6 km
3
ni
hamda
Sirdaryo uchun 51,1 va 23,6 km
3
ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: