1.4
.
Suvdan noratsional foydalanishning oqibatlari
Suv melioratsiyasi azal-azaldan insonlar fikrini band etib kelgan. Sug‗orish
kanallarini qadimgi misrliklar bunyod eta boshlashgan va shu yul bilan tuprok
unumdorligini oshirish mumkin ekanligini anglab etganlar.
Suv melioratsiyasi (sug‗orish va quritish)-quruqlikning 10% ni egallagan
qishloq xo‗jalik yerlarining unumdorligini oshirishning asosiy yo‗llaridan biridir.
Bu yerlarning oltidan bir kismi melioratsiyalangan, va ulardan ishlab
chiqariladigan qishloq xo‗jalik maxsulotlarining 40-50% olinadi.
Yerlar melioratsiyasi tabiat komplekslarini o‗zgartirish, botqoq va
botqoqlangan yerlarni yuqori unumli qishloq xo‗jalik yerlariga aylantirishning,
mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy o‗zgartirishning ob‘ektiv zaruriyatidir. Qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarishining eng muxim zvenosi sifatida melioratsiya oziq-ovqat
dasturining xal etilishiga sezilarli xissa qo‗shishi uchun mo‗ljallangan.
Ekologik jihatlar muammoning xo‗jalik tomoni bilan bevosita bog‗liq va xar
tomonlama e‘tiborni va chuqur anglab etishni talab etadi.
Butun jaxonda suv melioratsiyalari tomonidan kamrab olingan yerlar
maydoni muntazam kengayib bormokda. Bu suv resurslaridan foydalanishning
ancha ortishiga olib keldi. Suv melioratsiyasini amalga oshirishda namlanish
darajasiga bog‗liq ravishda xar yili 200 km
3
suv sarflanadi. Bundan tashqari,
yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilash uchun melioratsiyaning u yoki bu
turiga muxtoj bo‗lmagan yerlar deyarli yuk. Sug‗orish uchun yangi qishloq xo‗jalik
yerlarini o‗zlashtirish suv resurslari tanqisligi tufayli oqsab qoladi. Sug‗orishni
rivojlantira turib, uning asosiga shu turdagi melioratsiyaning samaradorligini
keskin oshirishga yordam beradigan suv tejovchi sug‗orish texnologiyasini qo‗yish
kerak.
Ammo, shu paytgacha sug‗orish tarmog‗ining foydali ish koeffitsienti
pastligicha qolmoqda. Shimoliy Kavkaz sug‗orish tizimlarida xo‗jaliklararo
kanallarda suv yo‗qotishlari, uning umumiy olinish xajmidan 30 % ni tashkil etadi.
Sug‗orish tizimlarining tuprokli magistral kanallarida suv filtratsiyasi bois
yo‗qotishlar ancha katta. Namlikdan me‘yorlangan ravishda foydalanishning jiddiy
rezervi-qishloq xo‗jalik yerlarini sug‗orishning turli usullarini to‗g‗ri tanlash va
ularni oqilona qo‗llay olishdan iborat. So‗nggi yigirma yil ichida Rossiyada
yerlarni yomg‗irlatish usuli bilan sug‗orish maydonlari 75 % ga ortdi, bu sug‗orish
me‘yorlarining 25-30 %ga qisqarishga olib keldi. Sug‗orishning yanada progressif
usullari paydo bo‗lmoqda: suvni 50% gacha tejash imkonini beradigan tomchilatib
va aerozol sug‗orish bunga misoldir. SHuningdek, kuzgi bugdoyning yomg‗irlatib
sug‗orishni mayda dispersli namlatish usuli bilan muvofiklashtirgan xolda
sug‗orish me‘yori o‗rtacha 3 yil ichida faqat yomg‗irlatib sug‗orishga nisbatan
30% suv sarfini iqtisod qilish imkonini beradi.
Sug‗oriladigan yerlarning kengashi bilan kollektor-drenaj suvlari xajmi xam
ortmoqda. Kollektor-drenaj suvlari suv oqimi o‗ta ko‗p bo‗lganda, shuningdek,
yerlarning sho‗rini yuvishda hamda davriy sug‗orish natijasida xosil bo‗ladi. Bu
xolatlarda daryo suvlari minerallashuvi ortadi va ular yerlarni sug‗orish uchun
yaroksiz bo‗lib qoladi. Masalan, bunday suvlarni Markaziy Osiyoda maxsus suv
xavzalariga chiqariladi (Sarikamish chukurligi va b.). Drenaj suvlari katta xajmda
Amudaryoga chiqariladi. So‗nggi 15 yil mobaynida shu tufayli Amudaryo suvlari
minerallashuvi ikki barobar ortdi. Tojikiston xududining o‗zidan daryo va uning
irmoklariga 3 km
3
dan ortiq kollektor-drenaj suvlari va 1-4 g/l minerallashgan
oqava suvlar chiqariladi. Natijada quyi okimda Amudaryo suvi oldindan tozalamay
turib ichimlik suv ta‘minoti uchun yaroksiz bo‗lib qolgan, chunki uning
minerallashuvi 2-3 g/l ga etgan.
Bu muammoni hal etish uchun turli xalk xo‗jalik maqsadlari uchun
kollektor-drenaj oqimlarini kompleks ravishda qo‗llash sxemasini tuzish zarur
(yaylovlarga suv chiqarish, tuzga chidamli va suvni tozalash xususiyatiga ega
o‗simliklarni o‗stirish, chuchuklashtirish asosida suv bilan ta‘minlash va x).
shuningdek, sho‗rlangan yerlarning shurini yuvishga ketadigan suv sarfini
kamaytirish, sug‗orish me‘yorlarini pasaytirish, gidromeliorativ tizimlar samarasini
oshirish,
kollektor-drenaj
suvlarini
zararli
birikmalardan
tozalash
deminerallashtirish kerak.
Kuritish melioratsiyalari mamlakatdagi gumid shariotda joylashgan
mamlakatlar suv xujaligini rivojlantirishning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir.
Shu yul bilan shu paytgacha foydalanishga yaroksiz yerlardan qishloq xo‗jalik
maxsulotlarining yuqori xosildorligini ta‘minlanadi.
Bundan 100 yil avval melioratsiyaga qarshi keltirilgan dalillar bu paytga
kelib etarli ilmiy va amaliy tajriba orttirilganiga qaramay xozir ham deyarli xuddi
shu shaklda olg‗a surilmokda. Keng mikyosli melioratsiyalar ko‗p muammolarni
tug‗diradiki, ulardan biri tabiiy muxitni asrashning samarali va tejamkor qarorlari
bilan mutanosiblikda yuqori xosil olish xisoblanadi.
Qishloq xo‗jaligi ishlab chikarishini intensiflashishi munosabati bilan
xozirgi kunda suvni ifloslanishdan saqlash masalasi eng dolzarb masalaga aylandi.
Meliortativ tizimlarga chiqarilayotgan drenaj suvlari bilan birga tabiiy suvlarga
zararli ta‘sir ko‗rsatuvchi biogen moddalar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy
birikmalar xam oqib chiqishini yoddan chiqarmaslik lozim. Gidrokimyoviy
tadkikotlarning ko‗rsatishicha meliorativ tizimlar konstruksiyalari sizot suvlari,
boshqaruv va o‗tkazish tarmoklari hamda suv qabul qilgichga sezilarli ta‘sir
ko‗rsatadi.
Meliorativ tadbirlarning eng katta ta‘sirlari daryo oqimi o‗zgarishlarida
kuzatiladi. Kuritish tizimlarining eksplutatsiyasining birinchi yillarida suv
xavzasida ortiqcha suvlarning intensiv chiqarilishi xisobiga yillik oqimning bir
muncha ko‗payishi kuzatiladi. Yoz-kuz chillasida oqimning melioratsiyadan
keyingi o‗zgarishlarini taxlil qilish shuni ko‗rsatdiki, bu davrda sersuvlik ortadi.
Keyinchalik u o‗zining boshlangich (meliorativ ishlar boshlangunga qadar bo‗lgan)
bosqichdagi darajasigacha tushib qolishi mumkin. Yerlar quritilgandan keyin,
ayniksa, birinchi yillarda daryo oqimida yer osti suvlari ta‘minotining xissasi
ortishi kuzatiladi. Baxorgi toshqinlar oqimi kam, asosan kamayish tomon
o‗zgaradi, chunki melioratsiyalanayotgan yerlarda u qarama-qarshi yo‗nalishlarda
xarakatlanadigan ikkita asosiy omil ta‘siri ostida shakllanadi: yerigan qor
suvlarining katta yo‗qotishlarini keltirib chiqaradigan aeratsiya zonasining
xajmining kattalashishi, va sun‘iy gidrografik tarmoq rivojlanishi okibatida
baxorgi suvlarning oqim tezligining ortishi.
Hozirgi vaqtda kichik daryolarni boshqarish va rostlash munosabati bilan
melioratorlarga ko‗p tanbexlar berilyapti. Aytish kerakki ekologik salbiy ta‘sirlarni
qat‘iy tug‗rilanish jarayoni davlat etarli moddiy va energetik resurslariga ega
bo‗lmagan davrda o‗tkazildi. Bundan tashqari mamlakat aholisini oziq ovqat bilan
ta‘minlash muammosini xal etish zarur edi. Bu boskichda melioratsiyanig oddiy,
arzon usullarini qo‗llash yo‗li bilan kuritilgan yerlarni tezlik bilan intensiv qishloq
xujaligi aylanmasiga qo‗shish zaruriyati bor edi.
Ko‗pincha meliorativ maqsadlarda ko‗p sonli suv omborlari, hovuzlar barpo
etiladi.
Bugungi kunda fanda xal etilmagan masalalarning eng asosiysi barcha tabiiy
resurslardan okilona foydalanish va xalk xo‗jaligining barcha soxalari
manfaatlarini xisobga olgan xolda xar bir konkret suv aylanmasi uchun
melioratsiyaning yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xajmini belgilash xisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |