1.3. Iqtisodiy va ekologik extiyojlar uchun suvga bo‘lgan talabning
ortish dinamikasi
Inson faoliyatida suv juda keng qo‗llaniladi. Suv sanoatda turli xil
maxsulotlar va texnologik jarayonlar tarkibiga kiruvchi xom-ashyo, issiqlik
keltiruvchi vazifasini bajaradi, isitish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Suvning
muayyan balandlikdan tushish kuchi gidroelektrostansiyalar trubinalarini xarakatga
keltiradi. Suv omili qator sanoat korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishda
belgilovchi omil xisoblanadi. Sanoatning suvni ko‗p sarflovchi tarmoqlariga
kimyo va neft-kimyo sanoati korxonalari kiradi, ularda suv nafaqat yordamchi
material, balki xomashyoning eng muxim turlaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Xuddi shunday suv elektr energetikasi, qora va rangli metallurgiya, o‗rmon
xo‗jaligining bazi sohalari, engil va oziq ovqat sanoatida ham xizmat qiladi. Suv
qurilishi va qurilish materiallari sanoatida xam keng qo‗llaniladi. Insonning
qishloq xo‗jalik faoliyati ayniqsa sug‗orma dehqonchilik katta miqdordagi suv
istemoli bilan boglik. Daryo, kanal va ko‗llar – arzon traspor yo‗llaridir. Suv
ob‘ektlari bu – insonlarning dam olishi, sog‗ligini tiklash, sport va turizm
maskanlaridir.
O‗z taraqqiyotida insoniyat suvdan foydalanishning ko‗plab bosqichlarini
bosib o‗tgan. Avval boshda suvdan to‗g‗ridan to‗g‗ri – ichimlik sifatida, ovqat
tayyorlash uchun, maishiy xo‗jalik maqsadlarida foydalanilgan. Asta sekin daryo
va dengizlarning suv transportini rivojlantirishdagi axamiyati ortib boradi.
Sivilizatsiyaning ko‗plab yangi markazlari barpo bo‗lishi aynan suv yo‗llari
mavjudligi bilan bog‗liq. Insonlar suv xavzalaridan suv yo‗llari sifatida, baliq
ovlash uchun, tuz olish va boshka xo‗jalik faoliyati turlari uchun foydalanishgan.
Xozirgi kunda xam suv yo‗llaridan foydalanish dunyo iqtisodiyoti rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etadi. SHu kabi dengiz transporti yiliga 3-4 mlrd. tonna yukni
tashiydi bu umumiy yuk tashish xajmining 4-5 % ni tashkil etadi.
XX asrning taraqqiyotdagi ajratib turuvchi jixatlaridan bir turli yo‗nalishlar
bo‗yicha suv istemol qilishning tezlik bilan o‗sib borganligidir. Suv istemol qilish
hajmi bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi birinchi o‗rinda turadi va eng
yirik suv iste‘molchisi hisoblanadi. Planetaning ortib borayotgan aholisini oziq
ovqat maxsulotlari bilan taminlash uchun dehqonchilikda ulkan miqdordagi suv
resurslari zarur bo‗ladi. Namlik va issiqlik resurslari hamda ularning munosabati
dunyoning turli tabiiy iqlim zonalarida tabiiy biologik unumdorlikni belgilaydi.
Yer sharidagi sug‗orma yerlar maydoni xozirgi vaqtda 290 mln ga ni tashkil etadi.
Ular dunyo qishloq xo‗jalik maxsulotining taxminan yarmini beradi.
Sug‗oriladigan yerlarda dunyodagi g‗o‗za ekinining 2/3 qismi joylashgan.
Zamonaviy chorvachilik ferma va komplekslarida ham suvga bo‗lgan
extiyoj kattadir. Jumladan 1 kg sut etishtirish uchun 4 tn, 1 kg go‗sht uchun 25 tn
suv sarflanadi.
Sanoat ishlab chiqarishida xam suv sarfi ortib bormoqda. Suv kislorod,
vodorod, oksidlar, azot kislatasi, spirt va ko‗plab boshqa muhim kimyoviy
maxsulotlarni ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi kimeviy reagentdir. Suv –
qurilish materiallari ishlab chiqarishda zarur komponent: sement, gips, oxak va
boshqalar. Sanoatda iste‘mol qilinadigan suvning asosiy qismi energiya ishlab
chikarish va sovutish uchun foydalaniladi. Qayta ishlash sanoatida esa suv asosan
katta mikdorda eritish, aralashtirish, tozalash va boshqa texnologik jarayonlar
uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarishning katta qismi faqat chuchuk suvlardan foydalanishga
mo‗ljallangan; sanoatning eng yangi sohalariga aloxida toza suv zarur (yarim
o‗tkazgichlar, atom texnikasi va boshqalar). Zamonaviy sanoat korxonalari, issiklik
elektrostansiyalari, yirik daryolarning yillik oqimi bilan teng keladigan ulkan
mikdordagi suv resurslari ishlatadilar.
Aholi soni va shaxarlarning ortib borishi bilan kommunal maishiy extiyojlar
uchun suv sarfi xam ortib boradi. Iqlim sharoitlariga bog‗liq ravishda insonning
suvga bo‗lgan fiziologik extiyoji 9-10 l/sutkani tashkil etadi. Anchagina mikdorda
suv xo‗jalik maishiy va sanitar extiyojlar uchun zarur. Suv taminotining
markazlashgan tizimlari tomonidan taminlanadigan suvning etarli darajasidagina
oqizuvchi kanalizatsiya yordamida chiqindilar va axlatlarni yo‗qotish mumkin.
Xo‗jalik ichimlik suv istemoli darajasi sezilarli miqdorda suv olish kolonkalaridan
suv istemol qiluvchi binolarda 30-50 l/sutkani tashkil etadi. Tabiiyki, shaxar va
qishloqlardagi hayotning maishiy-kommunal sharoitlarini yaxshilanishi suv
iste‘molining ortishiga olib keladi.
Iqtisodiyot sohalari suv resurslarining miqdori, sifati va rejimiga turli
talablar qo‗ymokda, shuning uchun suv xo‗jalik qurilishi bilan bog‗liq masalalarni,
xar bir sohaning o‗ziga xosliklarini hamda yer osti va yer usti suvlari tartibini
o‗zgarishida gidrotexnik inshootlar kurilishi va ularni ekspluatatsiyasi tufayli
paydo bo‗ladigan va ekotizimlarni buzadigan o‗zgarishlarni xisobga olib
kompleks ravishda xal etish maqsadga muvofik bo‗ladi. Suv resurslaridan
kompleks ravishda foydalanish xalq xo‗jaligi sohalarining suvga bo‗lgan
extiyojlarini eng ratsional tarzda qondirish, barcha suv iste‘molchilari va suv
foydalanuvchilarining manfaatlarini muvofiklashtirish, suv xo‗jaligi inshootlari
qurilishiga sarflanadigan xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish imkonini
beradi. Shunga bog‗liq ravishda suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni
asrash barqaror rivojlanishning mustahkam poydevoridir.
Suvga bo‗lgan eng katta talablar suv xo‗jaligi majmuasining 4 ta asosiy
qatnashuvchilari hisobiga to‗g‗ri keladi: qishloq xo‗jaligi, elektr energiyasini ishlab
chiqarish, sanoat va maishiy-xo‗jaligi sohalari.
Suv xom ashyo olish, issiqlik jarayonlarida sovitish, tozalash, ekinlar
etishtirish va turbinalarni ishga tushirishda foydalaniladigan birlamchi energiya va
elektr energiyasini etkazib beruvchilar uchun bebaho ishlab chiqarish resursidir.
Xozirdayoq bir mlrd. dan ortiq kishining elektr energiyasi va energiyaning boshqa
toza manbalariga bo‗lgan extiyojlari to‗liq qondirilmayapdi. Aholi sonining ortishi
va iqtisodiy faoliyatning kengayishi xisobiga talabning o‗sishi energiyadan
foydalanishning keskin ortishiga olib kelishi kutilmokda.
Suv va oziq-ovqat ishlab chiqarish o‗rtasida bevosita bog‗liqlik bor. Qishloq
xo‗jaligi maxsulotlarini etishtirish va chorvachilik – suv ko‗p talab etuvchi
jarayonlardir. Qishloq xo‗jaligi, kommunal xo‗jaligi va sanoat sohalari
(energetikani ham hisobga olganda) oladigan umumiy suvlarning 70% qishloq
xo‗jaligiga to‗g‗ri keladi. Chorvachilik maxsulotlariga nisbatan ortib borayotgan
talab qisman suvga bo‗lgan talabni ham oshiradi. Bu shuningdek, suvning sifatiga
xam ta‘sir qiladi. Qishloq xo‗jaligida suv resurslarini ma‘suliyat bilan boshqarish
kelajakning global suv xavfsizligining muhim qismi bo‗ladi. 2050 yilga kelib
jahondagi oziq-ovqatga bo‗ladigan talabning 70 % ga ortishi taxmin qilinmoqda.
Ammo qishloq xo‗jaligida suvga bo‗lgan talabni bashorat qilish noaniq natija
berishi mumkin va foydalanilayotgan uslub hamda taxminlarga bog‗liq bo‗ladi.
Talab aholining soni, zarur bo‗lgan oziq-ovqatlar turlariga va iste‘mol xajmlariga,
eng avvalo qishloq xo‗jaligining jahon miqyosidagi suv iste‘moliga (sug‗oriladigan
va sug‗orilmaydigan yerlarda) bog‗liq. Qishloq xo‗jaligining ekin turlari,
hosildorlik va ishlab chiqarish samaradorligi ham talab etilayotgan suv miqdoriga
ta‘sir etadi. Iqlim o‗zgarishlari esa hisoblardagi noaniqlikni kuchaytiradi.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‗ra, 2050 yilga kelib qishloq xo‗jaligining jahon
miqyosidagi suv iste‘moli taxminan 19 % ga ortadi.
Insonning suv iste‘mol qilishi masalasiga kelsak, talabning asosiy qismi
suvni asosan ichimlik va gigienik maqsadlarda foydalanuvchi shaxar aholisi
hissasiga to‗g‗ri keladi. Bashoratlarga ko‗ra, shaxarlar aholisining umumiy
sonining ortishi qishloq joylaridan shaharlarga migratsiya bo‗lishi xisobiga bo‗lib,
2009 yildagi 3,4 mlrd.dan 2050 yilga kelib 6,3 mlrd.gacha etadi. Xozirdanoq
shahar aholisiga suv xizmatini ko‗rsatishda sur‘atdan orqada qolish kuzatilmokda
va ming yillik maqsadlarini(MDGs) qabul qilgan vaqtdan keyingi davrda suv
ta‘minoti tizimlaridan foydalana olmaydigan shahar aholisining soni taxminan
20% ga ortgan.
Jahonning turli mamlakatlarida suv resurslaridan turli xo‗jalik maqsadlari
uchun foydalanish (umumiy suv iste‘moliga nisbatan % xisobida)
1.3-jadval
Suv iste‘moli guruxlari
Rossiya
AQSH
Fransiya
Finlyandiya
Qishloq xo‗jaligi
22
49
51
10
Sanoat
33
41
37
80
Kommunal-maishiy
24
10
12
10
Suv resurlaridan foydalanish xarakteriga ko‗ra, suv xo‗jaligi majmuasi
qatnashchilari, ya‘ni bir manbaning suv resurslaridan birgalikda foydalanuvchi
xalq xo‗jaligi soxalarini suv iste‘molchilari va suvdan foydalanuvchilarga
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |