Nikoh to‘yi: qanday qilib bayramni ortiqcha xarajatsiz tashkil etsa bo‘ladi
25.07.2012 Har bir insonning xayotida bir nechta asosiy tantana bor. Ular orasida nikoh to‘yi alohida o‘rin tutadi. Ota-onalar uchun farzandni o‘qitish kabi tashvish bilan bir qatorda niqohni tashkil etish masalasi ham juda muhimdir.
Read more: Nikoh to‘yi: qanday qilib bayramni ortiqcha xarajatsiz tashkil etsa bo‘ladi
06.06.2012 May oyining oxiri – juda sertashvish davr. Ko‘pgina ota-onalar yoz oylarida farzandlarini nima bilan mashg‘ul qilish haqida o‘ylaydilar. Lekin farzandini oliy o‘quv yurtiga kiritish to‘g‘risida bosh qotirayotganlar uchun bu yanada tashvishli davr. Ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli maktabni tamomlagandan so‘ng davlat bolalarga kasb kollejlar va akademik litseylarda bepul o‘qishni kafolatlaydi. Ammo oliiy o‘quv yurtlarida bugungi kunda o‘qish pullik asosda ham bo‘lib, buning uchun nafaqat kirish imtihonlarini topshirish va qabul qilinadigan ballarni to‘plash, balki shartnoma asosdagi o‘qishga kirganda o‘qish pulini ham to‘lash kerak bo‘ladi.
Read more: Bugungi kunda ta‘lim olish zamon talabi
02.05.2012 Milliy sug‘urta bozorining oyoqqa turishi mobaynida sug‘urtaning uzoq muddatli turlari 2002 yilda hayotni sug‘urta qilish sohasi qonun hujjatlariga binoan alohida ajratilgandan keyin rivojlanishni boshladi. Qonunchilikka muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sug‘urta tashkiloti hayotni sug‘urta qilish sohasidagi to‘rtta klass va umumiy sug‘urta sohasidagi ikkita klass bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Bu sug‘urta bozorinig professional ishtirokchilari uchun ixtisoslashishni va natijada fundametal bazani, shu jumladan tartibga soluvchi me‘yoriy xujatlarni tayyorlashni, marketing taktikasini ishlab chiqarish va kadrlar bilan taminlashni taqazo etadi. Mazkur o‘zgarishlar natijasida 2003 yilda bozorga hayotni uzoq mudatli sug‘urta qilish segmentiga ixtisoslashgan O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kampaniyasi kirib keldi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida xizmatar ko‘rsatayotgan kampaniyalar ixtiyoriy hamda majburiy sug‘urtaning ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin. Bugungi kunda hayotni uzoq mudatli sug‘urtalash maxsulotlarning faol iste‘molchilari bo‘lib ham jismoniy ham korporativ mijozlar hisoblanadi.