O`zbekistonda shu yilning 1 iyulidan sug`urta kompaniyalari ustav fondining eng kam miqdoriga bo`lgan yangi talablar kuchga kirdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yildagi qaroriga ko`ra, sug`urta kompaniyalarining ustav kapitali miqdori 2015 yilga borib ikki baravar oshishi kerak edi. Ushbu hujjatga muvofiq, umumiy sug`urta bilan shug`ullanadigan kompaniyalarning ustav kapitali miqdori 1,5 million evrodan kam bo`lmasligi kerak (hozirgacha 1,125 million evro edi) deya xabar beradi anons.uz.
Hayotni sug`urta qilishga ixtisoslashgan sug`urta kompaniyalari ustav kapitali miqdori 2 million evroni (shu paytga qadar 1,5 million evro edi), majburiy sug`urta sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar uchun 3 million evroni (shu paytga qadar 2,25 million evro edi), qayta sug`urtalovchilar uchun esa 6 million evroni (5 million evro edi) tashkil qiladi.
Sug'urta bozori rivojida yangi bosqichPoytaxtimizda sug'urta bo'yicha «TIIF – 2011» 4-Toshkent xalqaro forumi boshlandi. Unda sug'urtalash va qayta sug'urtalash biznesini rivojlantirishning ustuvor vazifalari muhokama etilmoqda.
Tadbir O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Ukraina sug'urta tashkilotlari ligasi, Belarus sug'urtalovchilar assotsiatsiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ko'magida «SAIPRO» axborot-reyting agentligi tomonidan tashkil qilindi.
O'zbekistonda sug'urta bozori jadal rivojlanib, iqtisodiy munosabatlarning barcha yangi sohalarini qamrab olmoqda. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan sug'urta biznesini yuritish bo'yicha xalqaro standartlarga mos keng ko'lamli sug'urta xizmatlarini taqdim etadigan sug'urta tizimini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bunda muhim omil bo'layotir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, shuningdek, sug'urta bozorining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari sug'urta bo'yicha an'anaviy Toshkent xalqaro forumining asosiy mavzularidan biri bo'ldi.
Unda O'zbekiston, Avstriya, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Rossiya, Ukraina kabi dunyoning 20 davlatidan sug'urta hamjamiyatlarining 200 nafardan ortiq vakili ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari Baxtiyor Yoqubov sug'urta sohasida bozor ko'rsatkichlarining o'sishi zamonaviy bozor sharoitlariga javob beradigan tegishli bazani shakllantirish maqsadida me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ularga o'zgartish hamda qo'shimchalar kiritish bo'yicha amalga oshirilayotgan faol ishlar bilan bog'liqligini ta'kidladi. Bularning barchasi sug'urta operatsiyalari hajmining oshishi, shuningdek, aholi ishonchining kuchayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Forum ishtirokchilari milliy va xalqaro sug'urta bozorlari tendentsiyalari hamda istiqbollari, shuningdek, ularning ayrim tarmoqlaridagi muammolar va istiqbollar haqida fikr almashdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizda sug'urta faoliyatiga oid qonunchilikni muntazam takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi va “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida”gi qonunlari bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir.
Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, forum milliy va xorijiy investitsiyalarni sug'urta sohasiga jalb qilish, O'zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo mintaqasi sug'urta bozorini xalqaro sug'urta hamjamiyatiga integratsiyalashtirish imkoniyatlarini muhokama etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |