Sug'urta haqida



Download 325 Kb.
bet1/15
Sana10.07.2022
Hajmi325 Kb.
#769303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Sug\'urta ma\'lumotlari

Sug'urta haqida


Sug'urta - inson va tashkilotlarni hamda ularning manfaatlarini turli tavakkalchiliklardan himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy munosabatlarning alohida turi. Keng ma'noda sug'urta sug'urta faoliyatining turli shaklllarini o'z ichiga olgan bo'lib, sug'urta himoyasi bilan ta'minlaydi. Aniqroq qilib aytganda, sug'urta muayyan voqealar (sug'urta hodisalari) yuzaga kelganda jismoniy va yuridik shaxslarning (sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasidagi) mulkiy manfaatlarini, ular tomonidan to'lanadigan sug'urta badallari (sug'urta mukofoti) hisobiga shakllantirilgan pul jamg'armalari (sug'urta jamg'armalari) evaziga himoya qilish borasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Sug'urta jamg'armasi qay tarzda shakllanishi va sarflanishini belgilovchi sug'urtalovchi va sug'urta qildiruvchi o'rtasidagi munosabatlar sug'urta turlarini yaratish usulini aks etadi.

O‘zbekistonda sug‘urta bozori istiqbollari
Toshkent moliya institutida Moliya vazirligi va yetakchi sug‘urta kompaniyalari ishtirokida ushbu mavzuda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy sug‘urta bozori rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama va tahlil qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini umumlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkillashtirildi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, so‘nggi 5 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,5 foizdan kam bo‘lmagan ijobiy ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay muhit, sanoat ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sib borishi, tashqi iqtisodiy fao­liyat­ning har tomonlama rivojlanishi mamlakatimizda sug‘urta xizmatlari bozorining yanada taraqqiy topishi uchun katta imkoniyatlar yaratayapti.
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari hajmi 231,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Holbuki, 2004 yilda bu ko‘rsatkich 32,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan edi. Ya’ni, o‘tgan 7 yil davomida sug‘urta mukofotlari hajmi qariyb 7,2 martaga oshgan. 2004 yilda sug‘urtachilar soni 24 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 37 taga yetdi.
Shuningdek, 1 ta qayta sug‘urta kompaniyasi, 3 ta sug‘urta brokeri, 2 ta akturiy xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar mijozlarga o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda.
Konferensiya doirasida milliy sug‘urta bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari tahlil etilib, uning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, majburiy sug‘urta bozorining bugungi holati va taraqqiyot yo‘nalishlari, mamlakatimiz mintaqalarida sug‘urta xizmatlari bozorining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar va yetakchi mutaxassislar sug‘urta bozorining dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llarini qizg‘in muhokama qildilar.
Muhokama natijasida sug‘urta bozorini yanada modernizatsiya va isloh qilish yuzasidan tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi hamda ularni manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tadbirning Toshkent moliya institutida o‘tkazilishi bejiz emas. Institut bugungi kunda mamlakatimiz moliya-bank tizimi, jumladan, O‘zbekiston sug‘urta bozori uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Institut Moliya vazirligi va respublikamizning aksariyat sug‘urta kompaniyalari bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolagan bo‘lib, ular doirasida talabalar vazirlik tizimi va sug‘urta kompaniyalarida malakaviy amaliyot o‘taydilar. O‘z navbatida, Moliya vazirligi va sug‘urta kompaniyalarining tajribali hamda yetakchi mutaxassislarining Toshkent moliya instituti talabalari uchun sug‘urta bozorining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan maxsus ma’ruzalari bilan doimiy chiqishlari yo‘lga qo‘yilgan.


Download 325 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish