Yakka tartibdagi qarz oluchining hayotini sugʻurta qilish
Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
1. Sugʻurta shartnomasi kredit shartnomasi boʻyicha yakka tartibda qarz oluvchi jismoniy shaxs bilan tuziladi.
2. Sug‘urta muddati kredit shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda amal qilinadi;
3. Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi 18 dan 60 gacha, sug‘urta muddati tugashi sanasida esa 65 yoshdan oshmasligi lozim;
4. Sug‘urta puli miqdori kredit summasiga mos ravishda belgilanadi. Sug‘urtalangan shaxs kredit summasini qaytarib borishi bilan sug‘urta puli miqdori kamayib boradi va Sug‘urtalangan shaxsning kredit bo‘yicha asosiy qarzning toʻlanmagan miqdoriga teng bo‘ladi;
5. Sug‘urta mukofoti to‘lovi bir vaqtning o‘zida to‘liq yoki har yili amalga oshirilishi mumkin.
6. Sug‘urta puli baxtsiz xodisa natijasida Sug‘urtalangan shaxs vafot etsa yoki I guruh nogironi bo‘lsa (sug‘urta hodisasi yuz bersa) kredit muassasasiga to‘lanadi;
7. Qarz muddatidan avval to‘lansa, Sug‘urtalovchi Sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta mukofotining ishlab topilmagan qismini (ishlatilmagan davr uchun mukofotni) ishni olib borish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni chegirib qolgan holda qaytarib beradi.
Qarzdorni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash
Zamonaviy inson hayotida istemol kreditlaridan foydalanish tobora oddiy holatga aylanib bormoqda. Banklar shartlarni tobora soddalashtirib, bugungi kunda kreditni olish osonlashdi. Ammo asosiy qiyinchilik kreditni olishda emas, balki uni o‘z vaqtida qaytarishdan iborat ekanligini tan olish lozim. Aynan mana shunday kutilmagan vaziyatlar uchun biz qarzdorni bahtsiz hodisalardan sug‘urtalash mahsulotini taklif etamiz.
Kimdadir baxtsiz hodisa va kreditni qaytarish o‘rtasida qanday aloqa mavjud, degan savol tug‘ilishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri! Zero jarohat olish – bu har doim kutilmagan hodisa bo‘lib, shifokorga tashrif buyurish, dori-darmonlar sotib olishga harajat qilish, agar jarohat jiddiy bo‘lsa uzoq vaqt ishga bormaslik zarurati yuzaga keladi. Bu kreditni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatiga ta‘sir qiladi. Yuza kelgan vaziyatlarda qarzdorni bahtsiz hodisalardan sug‘urtalash polisi sezilarli moliyaviy ko‘mak bo‘ladi. Mazkur polis bo‘yicha Sug‘urtalangan shaxs jarohatlanganda (yoki Sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘i boshqacha yomonlashganda, shu jumladan, agar shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, moddiy daromadining vaqtinchalik kamayishi), sog‘lig‘ining turg‘un jarohatlanishida (nogironlik) yoki vafot etganda qoplama to‘lanadi. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta to‘lovini belgilangan miqdorlarda amalga oshiradi. Tabiyki, sug‘urta polisini sotib olayotganda sug‘urta puli qanchalik yuqori belgilansa, kichkina jarohatlardagi to‘lovlar miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Polisning bahosi sug‘urta puli, sug‘urtalangan shaxsning yoshi va sug‘urta himoyasining muddatiga bog‘liq.
Biz sizga jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun maxsus ishlab chiqilgan sug‘urta dasturlarini taklif etishdan mamnunmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |