"Sug‘urta asoslari"



Download 0,73 Mb.
bet89/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Buyuk Britaniya sug‘urta bozorining asosiy xususiyati quyidagilardan iborat:

  1. Aksiyadorlar jamiyati hamkorlik sug‘urtasi yo‘li bilan o‘zlariga tegishli sug‘urta xillarini amalga oshiradi.

  2. Sug‘urta tashkilotlari orasida Lloyd sug‘urta tashkiloti markaziy o‘rinni egallaydi, unga

400 sug‘urta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan boshqariladi. Anderayterlar sug‘urtaning aholiga polis sotish assotsiatsiyasida idora qiladilar. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sug‘urtalash shartnomalari tuziladi.

  1. Sug‘urta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat Departamentining sug‘urta nazorati bo‘limi nazorat o‘rnatadi. Sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha ruxsat olish uchun Departament bo‘limiga qator hujjatlar taqdim etiladi.




  1. Qayta sug‘urta hajmi cheklangan. 10 % dan ko‘pini har qanday sug‘urta tashkilotida, 20

% dan ko‘pini mazkur sug‘urta kompaniyasi kirgan sug‘urta xoldingi tizimida, 25 % dan ko‘pini qaysidir boshqa mamlakatda qayta sug‘urtalashga ruxsat beriladi.

  1. Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi mavjud. Transport, uy hayvonlari egalarining javobgarligi, bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasbiy javobgarligi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuziladi.

  2. Moliyaviy hisobot auditor tekshiruvidan o‘tadi.

  3. Sug‘urta tashkilotlari o‘z foydasidan, mol-mulkidan soliq to‘laydilar.


Germaniya sug‘urta bozori
Germaniya sug‘urta bozorida mol-mulk sug‘urtasi 51%, shaxsiy sug‘urta 37%, tibbiy sug‘urta 12%ni tashkil qiladi. Fuqarolarga sug‘urta xizmati ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlardan ko‘pni tashkil qiladi. Hammasi bo‘lib sug‘urta tashkilotlari faoliyati fuqarolarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 87 %, yuridik shaxslarga 13% ni tashkil qiladi.

Germaniyada sug‘urta ishi davlat ijtimoiy ta’minoti tizimi va sug‘urta xizmatlarining xususiy sektori o‘rtasida bo‘lingan. Ijtimoiy sug‘urta yollanma mehnatda band bo‘lganlarning barchasi uchun, agarda ular sug‘urta ishining shaxsiy sektori tomonidan (qarilik sug‘urtasi, ishsizlik sug‘urtasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatini yo‘qotishdan sug‘urtalash) qamrab olinmagan bo‘lsa, majburiydir.

Sug‘urta xizmatlarining shaxsiy sektori Germaniyada aksionerlik sug‘urta jamiyatlari, birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Sug‘urtani boshqarish Germaniyada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning faoliyati sug‘urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish Federal idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu federal organning asosiy vazifasi sug‘urtalanganlar huquqini himoya qilishdan iborat, chunki Germaniyada sug‘urta tashkilotlarining bankrot bo‘lishi natijasida sug‘urtalanuvchilarning ko‘rgan zararini qoplaydigan fond tashkil qilinmagan.

Sug‘urta tashkilotlari federal viloyatlar (er organlari) tomonidan nazorat qilinadi. Viloyat (er) darajasidagi sug‘urta nazorati bilan hududiy iqtisodiyot departamentlari shug‘ullanadilar.

Germaniyada ixtiyoriy sug‘urta bilan birga majburiy sug‘urta ham mavjud bo‘lib, yollanib ishlovchilar, avtotransport egalarini uchinchi shaxsga yetkazgan zararlari, havo transporti xodimlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchilar majburiy tartibda sug‘urtalanadilar.

Har bir sug‘urta tashkiloti yillik hisobot topshiradi. Bu hisobot yo‘li bilan tekshirishdan o‘tkaziladi. Sug‘urta tashkiloti daromadi soliqlar yordamida tartibga solinadi. Sug‘urta faoliyatidan 50% stavka bo‘yicha daromad solig‘i undiriladi. Barcha turdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha (hayot sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalardan tashqari) olingan mukofotlar 80 % soliqqa tortiladi. Sug‘urta mukofotlari summalari qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
Yaponiyada sug‘urta
Yaponiyada sug‘urta dastlab XIX asrning o‘rtasida Buyuk Britaniyaning tashabbusi bilan vujudga kelgan. Faqat Ikogoma portida 240 ta sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatgan, lekin dastlabki milliy sug‘urta tashkiloti 1879-yilda Tokioda «Marina» nomi bilan, 8-yil o‘tgandan keyin yong‘inga qarshi sug‘urtalaydigan «Yasuda» sug‘urta kopaniyasi qad ko‘targan.

Bu tashkilot faqat mulklarni sug‘urtalash bilan emas, balki shaxsiy sug‘urtani amalga oshirish bilan shug‘ullangan. Dastlabki davrlarda sug‘urta tashkilotlari faoliyatlari davlat tomonida emas edi, faqat 1900-yilda birinchi sug‘urta qonunchiligi qabul qilinib, sug‘urta zamon talablariga javob beradigan tartibda tashkil qilina boshladi. Mulkiy sug‘urta bilan shaxsiy sug‘urta o‘rtasidagi xususiyatlar aniqlandi. Shu yildan boshlab sug‘urta ustidan davlat nazorati o‘rnatildi. O‘tgan 100- yildan ortiq davr davomida sug‘urta haqidagi qonunga faqat ikki marotaba o‘zgartirish kiritilgan.

1940-yilda sug‘urta tashkilotlarining soni 48 taga yetdi. Urush davrida sug‘urta tashkilotlarining soni bir muncha qisqargan bo‘lsa ham, lekin 1955-yilga kelib, ayniqsa,
avtomobillarni sug‘urtasi haqidagi qonun qabul qilinganidan keyin, sug‘urta tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Hozirda Yaponiyada 56 sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lib, 1955-yilga nisbatan sug‘urta to‘lovlari 130 barobarga yaqin ko‘paydi. Yillik o‘sish 13 %ni tashkil qiladi. Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida sug‘urta tashkilotlarining jamg‘armalari 100 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Sug‘urta agentlari sifatida 1 milliondan ortiq agent faoliyat ko‘rsatadi.

Sug‘urta turlari orasida avtomobillarni sug‘urtalash katta o‘rin tutadi, uning xissasi 51,1% dengiz transporti 10 %dan ortig‘ini tashkil qiladi. Yong‘inga qarshi sug‘urta to‘lovlari 15,3%ni tashkil qiladi.

Sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan Yaponiya Moliya Vazirligi nazorat olib boradi. Vazirlik qoshidagi assotsiatsiyalar sug‘urta, ayniqsa, avtomobil sug‘urtasining stavkasini,

baxtsiz hodisalardan, yong‘in sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urtaning boshqa xillari bo‘yicha tariflarni belgilaydi.

Yaponiya sug‘urta tashkilotlari iqtisodiy jihatdan barqaror bo‘lishlariga qaramasdan o‘z faoliyatlarini kengaytirishga, buning uchun xarajatlarni kamaytirishga alohida ahamiyat beradilar. Yaponiyada yuklarni sug‘urtalash diqqatga sazavordir. Oziq-ovqat, sanoat tovarlari, muzlatilgan go‘shtlarni tashish alohida xususiyatlarga ega. Bunda tarif qo‘llashda marshrut, yukning xili va tashish usuli hisobga olinadi. 1996-yil aprelda sug‘urta qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarda sug‘urta ishida davlatning aralashuvini kamaytirish, mulk va shaxsiy sug‘urtaning o‘zaro munosabatlarining takomillashtirilishiga alohida ahamiyat berildi.

Aholi tarkibida qariyalarni hissasini oshib borishi sug‘urtalashda ham e’tiborga olinmoqda. Avtomobil sug‘urtasida haydovchini yoshi, tajribasi, mashina markasi, olib qochish sodir bo‘lganda qarshilik ko‘rsatish vositalari va boshqalar e’tiborga olinadi. Keyingi yillarda sug‘urta tizimini yiriklashtirishga alohida e’tibor berildi. 6 ta mol-mulk va 11 ta shaxsiy sug‘urta kompaniyalari tashkil qilindi. Lekin shunga qaramasdan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi raqobat davom etmoqda.

Shunday qilib, xorijiy mamlakatlarda sug‘urta xalqaro sug‘urta bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Sug‘urta yordami bilan yalpi milliy mahsulotining 8-12% taqsimlanadi. Sug‘urta badallari yirik investitsiyalarning manbai hisoblanadi va sug‘urta fondlaridan davlat qarzlarini to‘lashda ham foydalaniladi.

Ko‘pchilik mamlakatlarda sug‘urta markazlashtirilmagan holda boshqariladi hozirda sug‘urtani boshqarishni markazlashtirilgan holda tashkil qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Buning uchun zarar ko‘rgan sug‘urta tashkilotlarini faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.



Jahon miqyosida mamlakatlar o‘rtasida sug‘urta aloqalarini kuchaytirishda qayta sug‘urtalash operatsiyalarini yanada rivojlantirish alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish