Sug‘urta obyekti va predmetlari – sug‘urtalashga tegishli bo‘lgan moddiy qiymatliklar, inson hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati, javobgarliklar va mas’uliyatlar.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi) – sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta tarifi – sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urta badali (mukofoti) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovi.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta agenti – sug‘urta tashkilotining uning nomidan va uning topshirig‘i bilan shartnomalar tuzuvchi shtatsiz xodimi.
Sug‘urta qoplamasi – zararni qoplash uchun to‘lanadigan to‘lovlar summasi bo‘lib, u har bir holat va sug‘urta shartnomasi shartlaridan kelib chiqib, sug‘urta summasiga teng yoki undan kam bo‘ladi.
Lloyd (Lloyd’s) – xususiy sug‘urtalovchilar korporatsiyasi (Angliya).
Polis (Policy) – sug‘urta shartnomasining huquqiy tasdig‘i.
Pul (Pool) – Yirik va xavfli risklarni birgalikda sug‘urtalash uchun bir nechta sug‘urta kompaniyalarini birlashuvi. Riskni qabul qilib oluvchi kompaniya, pulga a’zo sug‘urtalovchilar nomidan yagona polis beradi.
Fuqarolik javobgarligi – fuqaro va yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar (jismoniy va huquqiy) oldidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikning bir turi bo‘lib, u zarar yetkazuvchining harakat yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetkazilganda yuzaga keladi.
Fors-major (Force major, Act of God) – sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchini o‘z
majburiyatlaridan ozod qiluvchi yengib bo‘lmaydigan kuchlar, favqulodda holatlar (urush, ijtimoiy- siyosiy tuzumning almashuvi va b.).
Franshiza (Franchise) – sug‘urtalanuvchining sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydigan zararlari qismi.
Qayta sug‘urta qilish - bir sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalanuvchi) sug‘urtalanuvchi oldidagi o‘z majburiyatlari butunlay yoki qisman shartnomada belgilangan tavakkal shartlari asosida bajarilishini boshqa sug‘urtalaovchi (qayta sug‘urtalovchi) orqali sug‘urta qilishi.
Nazorat uchun savollar:
Jahonda sug‘urtaning rivojlanganlik darajasiga tushuntirish bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |