7-modda. Sug‘urta brokeri
Sug‘urta qilidiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
8-modda. Qayta sug‘urta brokeri
O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |