"Sug‘urta asoslari"


Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziya olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etadilar?



Download 0,73 Mb.
bet86/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziya olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etadilar?


  • Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini litsenziyalash jarayoni qanday tartibda olib boriladi?
  • Litsenziyaning amal qilishini vakolatli davlat organi tomonidan vaqtincha yoki butunlay to‘xtatishga qanday holatlar sabab bo‘lishi mumkin?



    1. mavzu. Chet mamlakatlar sug‘urta bozoriga umumiy tavsif



    Ko‘riladigan masalalar


    1. Chet mamlakatlarda sug‘urtaning notekis rivojlanishi.

    2. Chet mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlarini turkumlanishi va ular tomonidan amalga oshiriladigan asosiy sug‘urta turlari.

    3. Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari.

    4. Tayanch iboralar


      1. Chet mamlakatlarda sug‘urtaning notekis rivojlanishi.

    Bryusseldagi falokatlar bo‘yicha tadqiqot markazi ma’lumotlariga qaraganda so‘ngi 30-yil ichida dunyoda tabiiy falokatlardan 36 millionga yaqin kishi halok bo‘lgan, 3 milliard kishi jabrlangan, umumiy iqtisodiy zarar 340 milliard dollarni tashkil etgan.

    Oddiy hisob-kitoblarga qaraganda falokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlar natijasida har yili ikki millionga yaqin kishi halok bo‘lmoqda hamda bir necha o‘n million kishi zararlanmoqda va jarohat olmoqda. Ayni vaqtda jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotlarning tahminan 4-5 foizi bevosita va bilvosita zararlar tashkil qilmoqda.

    Tabiiy ofatlar natijasida 2008-yilda jahon bo‘yicha ko‘rilgan zararlar 269 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Sug‘urtalovchilarning tabiiy va texnogen falokatlardan mulkiy sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlari yig‘indisi 52,2 AQSh dollariga teng bo‘lgan.

    Keltirilgan raqamlar jahon miqyosida barcha mamlakatlarda sug‘urtalash katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Agarda barcha mamlakatlarda bir tekisda amalga oshirilganda edi, sug‘urta pulining anchagina qismi oldini olish tadbirlarida sarflangan bo‘lar edi. Ko‘rilayotgan zararlar miqdori ancha kamaygan bo‘lar edi. Shunday qilib, sug‘urtaning xalqaro miqyosdagi ahamiyati ulkanligini ko‘rsatib beradi va shu bilan birga jahonda sug‘urtalash yetarli rivojlanmaganini ham ko‘rsatadi.

    Sug‘urtaning barcha mamlakatlarda bir tekisda rivojlanmaganiga sabab nima?

    Hozirda o‘z sug‘urta tizimiga ega bo‘lmagan mamlakatni izlab topish qiyin. To‘g‘ri, ayrim Afrika malakatlarida milliy sug‘urta ishlarini xorijiy mamlakat sug‘urta kompaniyalari bajaradi. AQShning sanoatlashgan shaharlaridan tortib, Osiyo va Afrikaning ichkarisidagi kichik mamlakatlargacha, Xitoyda, Hindistonda, Avstraliyada sug‘urtaning turli shakllari joriy qilingan. Sug‘urta biznes usullaridan biri desak hato qilmagan bo‘lamiz. Biz sug‘urta tashkilotlari XVII asrda Angliyada kurtak ota boshlaganligini ko‘rsatgan edik, XVIII asrda sug‘urta Angliyadan Rossiyaga ko‘chgan, dastlab xorijiy sug‘urta tashkilotlari, keyinchalik, milliy sug‘urta tashkilotlari barpo qilingan. XIX asr oxirlarida Turkistonda uning filiallari qad ko‘targan, XIX-XX asrlarda jahon malakatlarida sug‘urtaning bir tekisda rivojlamaganligi sabab, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi bir xil bo‘lmagan. Iqtisodiyoti tez rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtaning rivojlanish sur’ati sekin bo‘lmagan, mamlakatdagi xususiy monopolistik tashkilotlarning va korxonalarning iqtisodiy taraqqiyoti sug‘urtaning tez rivojlanishiga imkoniyatlar yaratib bergan, lekin chet mamlakatlarda sug‘urtaning xalqaro hisoboti eksport va import kabi namunali yo‘lga qo‘yilmagan. Shu sababli, har bir mamlakatning jahon sug‘urta tarkibidagi o‘rni xaqida batafsil ma’lumotlarga, jahon bo‘yicha qoplangan zararlarni umumiy miqdorini hisoblab chiqish imkoniyatiga ega emasmiz, lekin bu ko‘rsatkich ham jahon sug‘urtasi haqida batafsil ma’lumot berish qiyin, o‘rtacha ko‘rsatkichlar aniq tassavur bermaydi.

    Jahon miqyosida sug‘urtaning rivojlanish darajasi qanday ko‘rsatkich orqali ifoda qilinadi?

    Sug‘urta haqida ilmiy jihatdan tassavur beradigan ko‘rsatkich har bir mamlakatdagi sug‘urta badali – sug‘urta mukofotining miqdoridadir, aniqrog‘i bu ko‘rsatkichning milliy daromad va ijtimoiy mahsulotda tutgan o‘rni, qolaversa sug‘urta badalining jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi, shuningdek sug‘urta tashkilotlarining soni orqali ifodalanishidir.
    Sug‘urta tashkilotlarining soni jihatidan AQSh va Angliya, Kanadani peshqadam deb ko‘rsatsak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

    Sug‘urta xissasi jahon sug‘urta to‘lovlarining 40 % dan ortig‘ini tashkil qiladi. Yevropa mamlakatlarida 30% dan ortiq, Osiyo mamlakatlarida 25 %dan ortiq, Afrika mamlakatlarida 1,0 % atrofida.

    Keltirilgan raqamlar ancha eskirgan, lekin keyingi yillarda Pokiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda sug‘urtaning rivojlanishida ancha siljish bo‘lganligini ko‘rsatib o‘tish kerak.

    Sug‘urta to‘lovining jon boshiga qanchadan to‘g‘ri kelishi ham bizning xulosalarimizni to‘ldirishi mumkin. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shvetsariyada 2,4 ming, Amerikada 1,8 ming dollar, Xitoyda atigi 2,4 dollarga to‘g‘ri keladi.

    Shunday qilib, chet mamlakatlarda sug‘urtaning turlicha rivojlanishiga sabab, bir tomondan, tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalarni har bir mamlakatlarning sharoitiga qarab turli muddatlarda va miqyoslarda takrorlanib turishi bo‘lsa, sanoat va savdo hamda xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari turli sur’atlarda, bir tekis rivojlanmaganidir. Osiyo va Afrika mamlakatlarida sug‘urtaning sust rivojlanganligiga sabab, bu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining katta asosiy o‘rinni egallagan, dehqonlarning sug‘urta imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun sharoitlarni yetarli emasliklari.

    XX asrning 90-yillariga qadar jahon miqyosida shaxsiy sug‘urtaning xissasi mol-mulk sug‘urtasiga nisbatan ancha ortiq edi. 90-yillardan keyin shaxsiy sug‘urta dinamikasida qanday o‘zgarishlar mavjud?

    Mulk sug‘urtasiga nisbatan shaxsiy sug‘urtaning ustun rivojlanishi davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1990-95-yil ma’lumotlariga qaraganda qit’alar va mamlakatlar bo‘yicha shaxsiy sug‘urtaning xissasi quyidagicha:

    Evropa-31%, shu hisobda: Buyuk Britaniyada-9,3%, Fransiyada-5,5%, Germaniyada-5%, Rossiyada 2,7%, Gollandiyada-1,8%; Osiyoda-34%, shu hisobda: Yaponiyada –28,7, Janubiy Koreyada-3,2%; Shimoliy Amerikada-31%, shu hisobda: AQShda-29,1%, Kanadada-2,3%; Okeaniyada-1,8%; Afrikada-1,3%; Lotin Amerikasida-0,3%. Hayot sug‘urtasida Yaponiya peshqadamlik qilmoqda (1,645 trl,$), undan keyin Shvetsariya (1,635 trln$), AQSh 6-o‘rinda, uning sug‘urta kapitallari Yaponiya fondini yarmiga teng, Rossiya 27-o‘rinda, Yaponiya sug‘urta fondining 1,8 qismiga teng.

    Lekin AQSh sug‘urta tizimida shaxsiy sug‘urta mulk sug‘urtasiga qaraganda ustun hisoblanib, uning sug‘urta fondidagi xissasi 70% teng keladi.

    Shuni aytish kerakki Rossiya iqtisodiyotida sug‘urtaning roli oshib borishiga qaramasdan, u ilg‘or mamlakatlarga nisbatan orqada qolmoqda.



      1. Download 0,73 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   153




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish