Struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishida Praga
lingvistika maktabi alohida o‘rin egallaydi. Bu maktab negizida
1926- yilda mashhur chex tilshunosi V. Matezius (1882—1945)
tashabbusi bilan tashkil etilgan Praga lingvistik to‘garagi a'zolarining
qarashlari yotadi. Praga lingvistik to‘garagining nazariy qarashlari
1929- yilda Pragada bo‘lib o'tgan slavyanshunoslarning 1 xalqaro
syezdida tavsiya etilgan «Praga lingvistik to'garagi tezislari»da bayon
qilingan.
Praga lingvistik maktabining o'ziga xos xususiyati strukturlik
va funksionallik&ddir.
Praga maktabi lingvistik konsepsiyasining ikki muhim jihati mavjud. Ularning har ikkisi Praga maktabining lingvistikaga olib kirgan yangilik uchun bir xil qimmatga ega. Bu muhirn ikki jihatning birinchisi strukturallikdir. Praga lingvistlari lingvistik niuammolar qatoriga staiktura muammosini, ya’ni tilning struktur xaraktcri va uning qismlari o ‘rtasidagi m unosabat muammosini olib kiradi.
Ikkinchi jihat shundan iboratki, Praga lingvistik maktabi
funksionaldir. «Funksiya» atamasi bu o‘rinda tobclilik
(«3aBHCHMocrb») ma’nosida emas, balki vazifa ma’nosida
qo‘llaniladi.
Matezius Praga lingvistlarining funksional va struktural konscp-
siyasi Boduen de Kurtene va F.de Sossyur g‘oyalariga asoslan-
ganligini e’tirof etadi.
Praga strukturalistlari garchi F.de Sossyur va I.A.Boducn de
Kurtenening g‘oyalariga asoslangan bo'lsalar ham, lekin ular bu
g‘oyalarga ijodiy yondashdilar va yuqoridagi olinilaming cheklangan
tomonlarini bartaraf qilishga harakat qildilar.
Xususan, F.de Sossyur tilning sinxron va diaxron holatini
ajratar ekan, sistemaviylik faqat sinxroniyaga dahldor ekanligini
ta'kidlagan edi.
Praga tilshunoslari esa F.dc Sossyurning sinxroniya va diaxro-
niya zidlanishi haqidagi yuqoridagi fikriga c'tiroz bildirganlari holda,
ular o ‘rtasida o‘tib bo‘lmas jarlik yo‘qligirri, o‘zaro uzviy bog‘Iiq ekanligini ta'kidlaydilar.
Shuningdck, Praga tilshunoslari F.de Sossyurning til va nutq konscpsiyasini qabul qildilar va rivojlantirdilar.
Ana shu asosda N.S. Trubetskoy til tovushlari va nutq
tovushlarini ajratadi. Uning fikricha, nutq tovushlari haqidagi
ta'limot aniq moddiy hodisalar bilan ish ko‘rganligi tufayli tabiiy fanlarning tekshirish mctodi bilan ishlash lozim bo‘lsa, til tovushlari, aksincha, sof lingvistik metod bilan ish yuritadi. Shunga ko‘ra nutq tovushlari haqidagi ta’limotni fonetika, til tovushlari haqidagi ta'limotni esa fonologiya deb nomlanishini ta’kidlaydi.'
Do'stlaringiz bilan baham: |