Boduen dc Kurtene fikricha, til muayyan bir jamiyatni tashkil etgan individlar ongida, individlar psixikasida, individlar tili sifatida yashaydi. Shuning uchun Boduen dc Kurtcne o‘z tadqiqotlarida individlar nutqiga asosiy c'tiborni qaratdi. Uning ta'kidlashicha, individlar psixikasi, tilning individual tashuvchilarigina real mavjuddir. I.A. Boduen de Kurtenening tilshunoslikka qo‘shgan xizmatlari
Garchi tilshunoslik tarixida til va nutqni farqlash F.de Sossyur
nomi bilan bogMiq boMsa ham, aslida unga qadar bu farqlanish
Boduen asarlarida bayon qilinganining guvohi boMarniz.
Mashhur tilshunos V.Gumboldt til va nutq, ergon va energiya
o ‘rtasidagi antinomiyalarni ajratgan edi. Boduen de Kurtene
V.Gumboldtning ana shu g‘oyalarini rivojlantirdi.
Avvalo, u o ‘sha davr tilshunosligi, xususan, qiyosiy-tarixiy
tilshunoslik uchun hukmron bolgan qiyosiy-tarixiy tahlil
usuliga statik tahlil usulini q aram a-q arsh i q o ‘yish bilan
birgalikda, uning qiyosiy-tarixiy tahlil usulidan ustun boMishi
lozimligini ta'kidladi. Bu bilan XIX asr lingvistik taMimotida
burilish yasadi.
Boduenning statika va dinam ika haqidagi qarashlari til va
nutq o ‘rtasidagi zidlanishning ajratilishiga zam in yaratdi. U
nutqiy faoliyat til va nutq o'rtasidagi m unosabat birligidan
tash k il to p ish in i his qilgan holda, til va n u tq n i o ‘zaro
farqlashga harakat qiladi. Olimning ta’kidlashicha, til sistemasi
uning model sifatida tasavvur qilinishidir. M odel esa uning
bevosita nutqiy jarayonda namoyon boMishlga qaram a-qarshi
q o ‘yiladi. N utqiy nam oyon b o ‘lish psixolingvistik tahlil
asosida izohlanadi.
Boduen de Kurten
Boduen de Kurtene lingvistik qarashlaridagi ikkinchi muhim
jihat tilni belgilar sistemasi sifatida tushunishdir. U lingvistik
belgining xarakterli tom oni shartlilik va erkinlik ekanligini
ta ’kidlaydi. Boduenning fikricha, til «o‘zaro xilma-xil muno-
sabatda bo‘lgan bir qancha tasodifiy simvollar»dan tashkil topadi.
Bu simvoilarga tabiatan «zaruriylik, bevositalik va o‘zgarmaslik»
xos emas. Ular til sistemasida «zidlanish va farqlanish» asosida
guruhlanadi. Uning ta’kidlashiga ko'ra, tildagi so'zlarning asosiy
qismi tasodifiy paydo bo‘lgan simvollardir. Ana shu tasodifiylik
tilning muhim belgisi hisoblanadi.
Boduen de Kurtenening tilshunoslik oldidagi yana bir xizmati
shuki, u tilshunoslikka fonem a nazariyasini olib kirdi. Boduen
birinchilardan bo‘lib, tovushdan farq qiladigan fonetik birlikni
ajratish zarurligini angladi.
Boduen de Kurtenc til birligi sifatida fonemani ajratish bllan
birga, uni o'rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lgan
fonologiyaning ajratilishi lozimligini bayon qildi. Uning fikricha,
fonologiya fonemalarning ma'noli birliklar hosll qilishdagi vazifalarini
o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |