BANKDA KADRLARNI REJALASHTIRISH
Kadrlar strategiyasi
Tijorat bankining bo’lg’usi kadrlar siyosati asoslarini ishlab chiqish. Xodimlarning lavozimda va kasbiy mahoratda o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish. Yangi malakaviy ishlarni bajarish uchun kadrlarning rivojlanishini hamda ular bilimlarini o’zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirishni ta’minlash.
Kadrlarga oid maqsadlar
Bankning va har bir xodimning kadrlar siyosatidan kelib chiqadigan aniq maqsadlarini aniqlash
Kadrlarga oid vazifalar
Bankni uning maqsadlariga erishish uchun zarur bo’lgan xodimlar (kerakli vaqtda, kerakli joyda, kerakli miqdorda va tegishli malakali) bilan ta’minlash
Kadrlarga oid tadbirlar
Bankni va har bir xodimning aniq maqsadlarini amalga oshirish uchun kadrlarga oid tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Kadrlarga oid tadbirlarni amalga oshirish uchun sarf- xarajatlarni aniqlash.
Tijorat bankida kadrlarni rejalashtirishning maqsad va vazifalari
13-mavzu. Sug’urta xizmatlari menejmenti strategiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
modda. Sug‘urta hamda sug‘urta faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165- modda)
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi.
modda. Sug‘urta sohalari va turlari (klasslari) Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi:
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari).
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Sug‘urta faoliyati klassifikatori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining sub’ektlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |