Strategik menejment


TA’LIM MODELLARINING QIYOSIY SXEMASI



Download 2,85 Mb.
bet149/159
Sana11.03.2022
Hajmi2,85 Mb.
#490858
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159
Bog'liq
Strategik menejment uzb

TA’LIM MODELLARINING QIYOSIY SXEMASI


MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM
O’RTA- MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI
OLIY TA’LIM OLIY O’QUV YURTIDAN KEYINGI
TA’LIM
MEHNAT FAOLIYATI
MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH

TA’LIM MODELLARINING QIYOSIY SXEMASI


МАКТАБДАН
ТАШҚАРИ ТАЪЛИМ
ЎРТА МАХСУС,
КАСБ-ҲУНАР ТАЪЛИМИ
ОЛИЙ ТАЪЛИМ


Maktabgacha ta’lim
ОЛИЙ ЎҚУВ ЮРТИДАН КЕЙИНГИ ТАЪЛИМ
МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ
МАЛАКА ОШИРИШ ВА ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ

Maktabgacha ta’lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.
10-mavzu. Tibbiy xizmatlar menejmenti strategiyasi



Mehnatga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq to’lash bo’yicha guruhlari


    1. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar

  1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)

  2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari)

  3. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispanserlar

  4. Skrining - markazlar

  5. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi

  6. Salomatlik instituti va uning filiallari

  7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfektsiya stantsiyalari)

  8. Tibbiyot statistikasi byurosi



    1. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar

  1. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari

  2. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari

  3. Respublika (viloyat, shahar) perinatal markazi

  4. Viloyat, shahar va tuman kasalxonalari, jumladan, tug’ruqxonalar, tug’ruqxona majmualari

  5. Shahar va tuman markaziy kasalxonalari, qishloq uchastka kasalxonalari

  6. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari

  7. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari

  8. Qon quyish stantsiyalari

  9. Sanatoriylar



    1. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar

  1. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispanserlar va markazlar:

    1. Sil kasalliklari; 18.2. Yuqumli kasalliklar; 18.3. Onkologik kasalliklar;

18.4. Teri-tanosil kasalliklari; 18.5. Endokrinologik kasalliklar; 18.6. Ruhiy kasalliklar
18.7. Ruhiy-asab kasalliklari ; 18.8. Narkologik kasalliklar

  1. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari

  2. Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari

  3. OITSni davolash markazi va uning filiallari

  4. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari

  5. Bolalar uylari; 24. Leprozoriylar
11-mavzu. Servis xizmatlari menejmenti

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, aholining xizmatlarga bugungi kunda o‘sib borayotgan ehtiyojining ta’minlanishi yanada yaxshilanishiga, turmush darajasining hamda daromadlarning oshishiga olib kelmoqda.


Ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar natijasida so‘nggi 3 yilda viloyatimizda 2648 ta shahobchalar tashkil etilib, hozirgi kunda barcha xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining soni 24901 tani tashkil etganligini yaqqol misol keltirish mumkin. 2012 yil yakuni bilan viloyat bo‘yicha jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2010 yilga nisbatan 1,4 marotabaga, yalpi hududiy mahsulotda hizmatlarning ulushi esa 44,0 foizni tashkil qilib so‘nggi ikki yilda 2,7 bandga oshdi va ushbu sohada band bo‘lganlar soni 290 ming kishiga etdi.
Ayniqsa, viloyatda transport xizmati, aloqa va axborotlashtirish xizmati, turizm xizmati, moliya va bank xizmatlari, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohalari yildan-yimlga rivojlanib borishi kuzatilmoqda.
Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha joriy yilning 17 aprelda muhtaram Prezidentimizning “2013-2016 yillarda qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1957-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2013 yil 19 aprelda 92-Q sonli qarori qabul qilindi va ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Samarqand viloyatida 2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish Dasturi” ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Mazkur dasturning ijrosini ta’minlanishi natijasida joylarda, ayniqsa qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirishi, xizmatlar bilan ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Muhtaram Prezidentimizning mazkur qarori bilan:

Qishloq joylardagi davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan binolar va xonalar xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi korxonalar hamda ob’ektlarni tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga:

  • 2013-2016 yillar davrida tegishli koeffitsientlarni qo‘llamagan holda davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining minimal stavkasi bo‘yicha ijaraga berish;

  • davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazuvchi

Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” qiymat bo‘yicha berilishi kabi imtiyozlar berildi.
SHuningdek, qarorda 2016 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z vaqtida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydigan, soliq va statistika organlariga hisobotlarni topshiradigan, shuningdek o‘sish va rentabellikning barqaror sur’atlarini ta’minlaydigan qishloq joylarda xizmatlar ko‘rsatadigan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlardan ozod qilinishi belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan belgilangan soliq imtiyozlari tatbiq etiladigan xizmatlar ro‘yxati (2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli qarorning 5- ilovasi)ga qo‘shimchalar kiritildi. SHu tariqa, endi 2017 yil 1 yanvargacha quyidagi xizmatlar:

  • qishloq joylarda ko‘rsatiladigan sartaroshlik va go‘zallik saloni xizmatlari;

  • qishloq joylarda ko‘rsatiladigan kiyim-kechak tikish va ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;

  • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kir yuvish bo‘yicha korxonalar xizmatlari;

  • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun solinayotgan qishloq mavzelarida tashkil etilayotgan kiyimni kimyoviy usul bilan tozalash (ximchistka) korxonalari xizmatlari;

  • qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joy qurish bo‘yicha qurilish xizmatlari;

  • qishloq joylarda yo‘l infratuzilmasi komplekslari xizmatlari;

  • qishloq joylarda ko‘rsatiladigan kompyuter dasturlash bo‘yicha (shu jumladan, maslahatga oid) xizmatlar ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ozod etilishi belgilanganligi, aholi bandligini ta’minlash, xalqimizning sifatli xizmatlardan foydalanish imkonini kengaytirishga xizmat qiladi, albatta.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatimizda ishlab chiqilgan Dasturga kiritilgan maqsadli parametrlarga muvofiq, 2016 yilgacha:

  • viloyat bo‘yicha jami 4556 ta xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, shundan 2102 tasi qishloq joylardatashkil etilishi,

  • xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasiga barcha tijorat banklari tomonidan 145,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari (shundan 63,3 mlrd.so‘mi qishloq joylarga) yo‘naltirilishi;

  • barcha manbaalar hisobidan 79566 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi,ularning 66281 tasi yoki 83,3 foizi qishloq joylarda yaratilishi belgilangan.

Ushbu ishlarni amalga oshirilishi natijasida 2016 yilga borib, viloyatda xizmatlar ko‘rsatish darajasi 2 martaga oshirilishi va yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 51,1 foizga etkazish, viloyatning jami xizmatlari hajmida qishloq joylardagi xizmatlarining ulushi esa 49,3 foizga etkazilishiga erishilishi ko‘zda tutilgan.
SHuningdek, dastur asosida xizmat ko‘rsatishning asosiy sohalaridan bo‘lgan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (shu jumladan, mobil aloqa, Internet tarmog‘i, televizion kabel aloqasi, pochta va elektraloqa bilan ta’minlash xizmatlari)ning o‘sish sur’atlarini 2012 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan o‘rtacha 2 baravar, kompyuter dasturlash (shu jumladan, elektron ta’lim va elektron maslahat) xizmatlarini esa 1,9 baravarga, moliya xizmatlari 1,9 baravarga, transport xizmatlari 2,0 baravarga, qurilish xizmatlari 2,0 baravarga, texnologik uskunalarni ta’mirlash, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, turistik xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, maishiy xizmatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlar turlari ham 1,9 - 2,1 baravargacha oshirilishi mo‘ljallangan.
Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida, 4 ta lizing kompaniyalari filiallarini, 79 ta maxsus omonat kassalari, qishloq joylardagi terminallar sonini 6093 taga etkazish, 6 ta terminallarni ta’mirlash shahobchalari, “Samtelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 22 ta baza stansiyalarini o‘rnatish bilan birga SDMA mobil aloqa standartini rivojlantirish, 15 ta pochta aloqa bo‘limlarida zamonaviy elektron aloqa xizmatlarini tashkil etish, 16 ta qishloq pochta aloqa bo‘limlarini mobil bank terminallari bilan ta’minlash kabi xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etiladi
SHuningdek chora-tadbirlar kompleksida qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga bank kreditlari berish amaliyotini kengaytirish (22,1 milliard so‘m) hamda qishloq aholisiga, ayniqsa mebel, elektrmaishiy va boshqa uy-ro‘zg‘or tovarlari uchun taqdim etiladigan iste’mol kreditlari hajmini ko‘paytirish nazarda tutilgan.
Viloyatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turizm xizmatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda jumladan Urgut tumanida qishloq turizmini rivojlantirish maqsadida "Qoratepa" QFYda turistlar dam olishi uchun savdo va maishiy xizmatlar infratuzilma ob’ektlarni o‘z ichiga olgan dam olish maskani, "Ming archa" dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, "Omon-qo‘ton" qishlog‘ida hududida turistlar uchun dam olish kotejlari va lager tashkil etish, Pastdarg‘om tumanida mehmonxona va Oqdaryo tumani hududida Milliy avtomagistral bo‘yida turistlar uchun kemping tashkil etish belgilangan.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish