Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
(61-modda uchinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ- 108-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
modda. Sug‘urta brokeri
Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-108- sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
modda. Qayta sug‘urta brokeri
O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan
qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-108- sonli Qonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007 y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini tanlash;
(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |