Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
(61-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; (61-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R
QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob- kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
(61-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
(61-moddaning uchinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014 y., 36-son, 452-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |