MUNDARIJA
1.1. Statistika fan sifatida
1,2. Statistik
ilovalarning turlari
1.3. Statistikaning asosiy unsurlari
1.4. Ma’lumotlarning turlari
1.5. Ma’lumotlarni yig’ish
1.6. Statistikaning tanqidiy fikrlash va etikadagi roli
Biz bu yerda:
• Statistikaning jabxasini tassavur qilamiz (1.1.);
• Real dunyo muammolariga statistikaning munosabatini namoyon qilamiz (1.2.);
• Statistika tili va har qanday statistik masalaning asosiy unsurlarini tassavur qilamiz (1.3.);
• Bosh to’plamning va tanlanmaning ma’lumotlari o’rtasidagi farqni ajratamiz (1.3.);
• Tasviriy va analitik statistika o’rtasidagi farqni ajratamiz (1.3.);
• Ma’lumotlarning turli tiplarini va ma’lumotlarni yig’ish usullarini aniqlaymiz (1.4-1.5.);
• Miqdoriy savodxonligimizni oshirish uchun statistika orqali tanqidiy fikrlash bizga qanday yordam berishi mumkinligini bilib olamiz (1.6.).
Filadelfiya xayriya tashkiloti tomonidan moliyalashtirilib kelinayotgan va partiyaviysiz tashkiloti bo’lmish Pew tadqiqot markazi (The Pew Research Center) tomonidan “Internet va Amerika Hayoti Pew loyihasi” (PIALP, the Pew Internet & American Life Project, PIALP) doirasida AQShda Internetdan foydalanish bo’yicha 100 dan ortiq tadqiqotlar o’tkazdi. PIALP yaqinda o’smirlar va 18-29 yoshdagi kattalar haqida “Mingyillik Avlod” (“Millennial Generation”) deb nomlangan bir qator hisobotlar to’plamini chop etdi. PIALP 2010 yilgi “Ijtimoiy media va mobil Internetdan foydalanish” («Social Media & Mobile Internet Use») deb nomlangan hisobotida Mingyillik Avlodning ijtimoiy onlayn-tarmoqlariga (masalan,
Facebook, MySpace, Twitter) bo’lgan munosabatini va xatti-harakatlarini o’rganib chiqdi.
Vikipediya (bepul onlayn-entsiklopediya)ga ko’ra, ijtimoiy media tarmoqlari “ijtimoiy hamkorlik uchun juda qulay va keng ko’lamli Weblogs, Internet forumlari, Twitter, ijtimoiy tarmoqlari saytlari Facebook va MySpace kabi nashriyot vositalaridan foydalanadigan ommaviy axborot vositalari hisoblanadi”.
O’smirlar so’rovi bo’yicha bir necha savollar natijalari shu erda keltirilgan:
• Internetdan foydalanish
Internetdan qanchalik tez-tez foydalanasizlar deb so’ralganida, o’smirlar javob berdi:
Kuniga bir necha marta - 36%;
Kuniga taxminan bir marta-27%;
Haftasiga 3-5 kun - 14%;
Haftasiga 1-2 kun - 12 %%;
Bir necha hafta - 7%
Ko’p emas - 4%.
• Ijtimoiy tarmoq
Facebook yoki MySpace kabi ijtimoiy tarmoq saytlaridan foydalanasizlarmi deb so’ralganida, o’smirlar javob berdi:
Ha - 73%;
Yo’q - 27%.
• Twitter
T witter dan foydalanasizlarmi deb so’ralganda, o’smirlar javob berdi:
Ha - 8%
Yo’q - 91%.
• Matnli
xabarlar bilan almashish
O’z mobil telefonlari orqali matnli xabarlarni qanchalik ko’p yuborasizlar deb so’ralganida, o’smirlar javob berdi:
Har kuni - 54%;
Haftada bir necha marta - 10%;
Kamida haftasiga bir marta - 5%;
Haftasiga bir martadan kam - 3%;
Hech qachon - 28%.
• Telefon qo’ng’iroqlarining o’rtacha soni
O’smirlar o’z mobil telefonlarlariga bir kunda o’rtacha 10,7ta telefon qo’ng’iroqlarini qabul qiladi va shuncha miqdorda boshqalarga qo’ng’iroq qiladi.
• Matnli xabarlarning o’rtacha soni
O’smirlar o’z mobil telefonlarlariga bir kunda o’rtacha 112,4ta matnli xabarlarini qabul qiladi va shuncha miqdorda boshqalarga xabar junatadi.
Ushbu bo’limda tasvirlangan PIALP so’roviga tegishli bo’lgan bir qator asosiy statistik tushunchalarni keyingi “Statistika yana harakatda” bo’limlarida muhokama qilamiz:
• Bosh to’plam, tanlanma va xulosani aniqlash;
• Ma’lumotlarni to’plash usuli va ma’lumotlar
turini aniqlash;
• Statistik tadqiqot etikasini tanqidiy baholash.