1.2-tadqiqot. “Ko’z diqqati ko’nikmalarini yaxshilash uchun video o’yinlarini o’ynash kerakmi?”
(Nul gipotezani qo’llab-quvvatlash uchun maqolalar to’plami, 2009 yil, 6 j., №1) Griffin universiteti (Avstraliya) tadqiqotchilari video o’yinlarga qiziquvchilarning qiziqmaydiganlarga nisbatan ko’z diqqati ko’nikmalari ustunlikka ega ekanligini aniqlash yuzasidan tadqiqot o’tkazdi. Tanlanmadagi 65ta erkak psixolog talabalardan har birisi video o’yinchisi yoki o’yinchi emas sifatida tasniflandi. Keyinchalik, har ikki guruh “Diqqat yonib-o’chmoqda”, “Ko’rish maydoni” va “Ko’rlik takrori” kabi sinovlarni o’z ichiga olgan bir qator diqqat ko’z masalalariga duchor bo’ldi. “Diqqat yonib-o’chmoqda”dan tashqari, ikki guruh samaradorligida hech qanday farq aniqlanmadi.
Ushbu tahlil asosida, tadqiqotchilar “Ko’z diqqati modifikatsiyasida video o’yinlarining roli cheklangan» degan xulosa qilishdi. Shunga ko’ra, ushbu xulosaga kelish uchun analitik statistika qo’llanildi.
1.3-tadqiqot. “Yurak xastaligi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar uchun hayvon-terapiyasi”
(Amerika kardiologlar uyushmasi konferentsiyasi, 2005 yil noyabr) Keti Koul boshchiligidagi UCLA tibbiyot markazi va hamshiralar maktabining bir jamoasi hayvon-terapiyasi yurak xastaligiga chalingan bemorlarda fiziologik reaktsiyalarini yaxshilashi mumkin yoki mumkin emasligini baholash uchun tadqiqot o’tkazdi. Koul va uning hamkasblari 76ta yurak xastaligiga chalingan bemorlarni tasodifiy uch guruhga bo’lgan holda tekshirib ko’rdi va o’rgandi: birinchi guruhning har bir bemoriga ko’ngilli xodim o’rgatilgan it hamrohligida tashrif buyurdi; ikkinchi guruhning har bir bemoriga faqat ko’ngilli xodim tashrif buyurdi va uchinchi guruhiga esa hech kim tashrif buyurmadi. Tadqiqotchilarning tashriflardan oldin va keyin bemorlarning fiziologik reaktsiyalarini (bezovtalik, ruhiy zarba va qon bosimi darajasi) o’lchashdi. Ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, hayvon-terapisi bilan bo’lgan bemorlarda bezovtalik, qattiq hayajon va qon bosimi darajasi ancha yuqori bo’lgan. Shunday qilib, tadqiqotchilar “hayvon-terapiyasi yurak xastaligi bilan yotqizilgan bemorlar uchun samarali davolash usuli bo’lish salohiyatiga ega” degan xulosaga kelishdi. Mazkur 1.2-tadqiqot analitik statistikadan foydalanish namunasidir. Tibbiy tadqiqotchilar, hayvon-terapiyasi yurak xastaligiga chalingan barcha bemorlar uchun samarali degan xulosa chiqarish uchun 76ta bemorlar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalandi.
Ushbu tadqiqotlar uchta hayotiy misolda statistikadan foydalanilganligidan dalolat beradi. Shunga e’tibor berinki, har biri yoxud ma’lumotlar to’plamini tasvirlash (1.1-tadqiqot) yoki ma’lumotlar to’plami to’g’risida xulosa olish (1.2 va 1.3-tadqiqotlar) maqsadlari uchun ma’lumotlari tahlilini o’z ichiga qamrab oladi.