Ortga nazar tashlang Statistika muammolarini diagnostika qilishning kaliti bo’lib, bosh to’plam yoki tanlama sifatida (muayyan misolda, Foxning 200 ta tomoshabinlari yoshi) ma’lumotlar to’plamini aniqlash hisoblanadi.
M
1.2-misol.
Statistika muammolarning
asosiy unsurlari –
Pepsi Koka-Kolaga qarshi
uammo “Kolalar jangi” Koka-Kola va Pepsi o’rtasidagi qizg’in raqobatni marketing kompaniyalarida namoyish etilayotgan keng tarqalgan ibora hisoblanadi. Faraz qilaylik, Pepsi marketing kampaniyasi doirasida, 1000 ta kola iste’molchilari ko’r-ko’rona test topshiradi (masalan, ta’mini bilish uchun test, bunda ikkita brend niqoblanadi). Har bir iste’molchidan A brendning yoki B brendning afzalligini ko’rsatish so’raladi.
a. Bosh to’plamni tavsiflang;
b. Qiziqtirgan o’zgaruvchilarni tasvirlang;
v. Tanlamani tavsiflang;
g. Xulosani bayon qiling.
Yechimi
a. Chunki biz uchun testda kolaning ta’mini aniqlashda iste’molchilarining javoblari qiziqish uyg’otadi, kola iste’molchisi eksperimental birlik hisoblanadi. Shunday qilib, qiziqtirayotgan bosh to’plam barcha kola iste’molchilarining yig’indisini ifodalaydi.
b. Shunisi xarakterliki, Pepsi kola iste’molida ta’mini ko’r-ko’rona aniqlash sharoitida afzalligini o’lchashni hohlaydi, shuning uchun kola afzalligi bizni qiziqtirgan o’zgaruvchi hisoblanadi.
v. 1000ta kola iste’molchi ustida o’tkazilgan tanlanma bosh to’plamdagi barcha kola iste’molchilaridan tanlab olingandir.
g. Bizni qiziqtirgan mantiqiy xulosa bosh to’plam uchun barcha kola iste’molchilaridan tanlab olingan 1000ta kola iste’molchining afzalligini umumlashtirish hisoblanadi.
Orqaga nazar tashlang Qayd qilinganlarni aniqlashda, muayyan tadqiqot xulosaviy yoki tasviriy hisoblanadimi, biz Pepsi faqat 1000ta tanlangan mijozlarning javoblari (tasviriy statistika)ga yoki bosh to’plamdashi jami iste’molchilarning (xulosaviy statistika) javoblariga qiziqayotganligini bilishni baholaymiz.
Yuqorida zikr etilgan ta’rif va misollar xulosaviy statistika muammolarining beshtasidan to’rttasiga aniqlik kiritadi: bosh to’plam, bir yoki bir necha qiziqtiruvchi o’zgaruvchilar, tanlanma va xulosa. Xulosa qilishda, biz uning ishonchligini, ya’ni bu ‘xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Biz uchun ishonchli yagona to’g’ri usul bo’lib, bosh to’plam to’g’risida xulosa qilishga tanlamaga barcha bosh to’plamni kiritish hisoblanadi. Ammo resurslarning cheklanganligi (ya’ni, vaqt yoki mablag’ning etishmasligi) tufayli, odatda, biz butun bosh to’plam bo’yicha ish olib boraolmaymiz, shuning uchun biz xulosalarimizni bosh to’plamning bir qismi (tanlama) bo’yicha qurishimiz mumkin. Shunday qilib, biz o’zimizning xulosalarimizga noaniqlik unsurini kiritamiz. Binobarin, imkon qadar, doimo har bir qilingan xulosaning ishonchliligi aniqlash va xabarini etkazish muhim ahamiyatga ega. Ishonchlilik – bu xulosaviy (analitik) statistika muammosining beshinchi unsuridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |