3-Mavzu. Statistik jamlash va guruhlash
1.Qisqacha metodik ko‘rsatmalar.
Statistik izlanishning birinchi bosqichi - statistik kuzatishda ob’ekt haqida ma’lumotlar to‘planadi. Bu to‘plangan ma’lumotlar kuzatish birliklarini ifodalab kuzatish ob’ekti to‘g‘risida tushuncha bermaydi.
Endigi vazifa olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solish bilan ular asosida butun statistik to‘plamni va uni tashkil etuvchi qismlarini ifodalashdan iboratdir. Bu ishlar statistik izlanishning ikkinchi bosqichi statistik jamlash jarayonida amalga oshiriladi.
Statistik jamlash tor va keng ma’noga ega. Agar to‘plamning umumiy ko‘rsatkichlarigina aniqlansa, tor ma’nodagi jamlash, jadvallar va guruhlar tuzib, o‘rganilayotgan hodisalarning xususiyati va qonuniyatlari to‘liq o‘rganilsa keng ma’nodagi jamlash deyiladi.
Guruhlash jamlashnig ilmiy asosi hisoblanadi. To‘plangan birlamchi statistik ma’lumotlar muhim belgilar asosida guruhlanib o‘rganilmasa, tekshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning ichki bog‘lanishlari hamda qonuniyatlari to‘liq ochilmay qolaveradi.
Statistik guruhlash deganda, ijtimoiy - iqtisodiy hodisa va jarayonlarni, ularning muhim belgilari asosida bir turdagi guruhlarga ajratish tushuniladi.
Guruhlashni to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil etish ko‘p jihatdan guruhlash belgilarini qanday tanlab olishga bog‘liqdir.
Belgilar, statistik izlanishning maqsadi va vazifalari nuqtai nazaridan muhim va muhim bo‘lmagan, ifodalanishga qarab esa miqdoriy va atributiv belgilarga bo‘linadi.
Guruhlashni amalga oshirishda quyidagi ishlar ketma - ketligiga amal qilish zarur:
1. Guruhlash belgisini aniqlash.
2. Guruhlar sonini aniqlash.
3. Guruhlar interval uzunligini hisoblash:
4. Guruhlarning quyi va yuqori chegaralarini aniqlash.
5. Ishchi jadvallarni tuzish.
6. Guruhlash belgisiga baho beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash.
7. Yakuniy jadvalni tuzish.
8. Yakuniy jadvalni iqtisodiy tahlil qilish.
Ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushunish oson bo‘ladigan va ixchamlashgan ko‘rinishda yozishga statistik jadval deyiladi. Statistik jadval sonlar joylashadigan
qator va ustun chiziqlari kesishmasidan hosil bo‘ladi.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, guruh va kombinatsion.
Masala. Sanoat tarmoqlaridan biriga qarashli 20 ta zavodning ish faoliyati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish vazifasi maqsad qilib qo‘yilgan.
-
Zavodlar tartib №
|
Asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati
(mln. dol)
|
O‘rtacha ro‘yhatdagi ishchilar soni (kishi)
|
Joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulot
(mln.dol.)
|
1
|
7,0
|
380
|
9,6
|
2
|
2,0
|
220
|
1,5
|
3
|
3,9
|
460
|
4,2
|
4
|
3,3
|
395
|
6,4
|
5
|
2,8
|
280
|
2,8
|
6
|
6,5
|
580
|
9,4
|
7
|
6,6
|
200
|
11,9
|
8
|
2,0
|
270
|
2,5
|
9
|
4,7
|
340
|
3,5
|
10
|
2,7
|
200
|
2,3
|
11
|
3,0
|
310
|
1,4
|
12
|
3,1
|
635
|
2,5
|
13
|
3,1
|
310
|
3,6
|
14
|
5,6
|
450
|
8,0
|
15
|
3,5
|
300
|
2,5
|
16
|
4,0
|
350
|
2,8
|
17
|
1,0
|
330
|
1,6
|
18
|
7,0
|
260
|
12,9
|
19
|
4,5
|
435
|
5,6
|
20
|
4,5
|
505
|
4,4
|
Dastlab, guruhlash belgisini tanlab olamiz. Guruhlash belgisi qilib - asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini olamiz. Bu belgi asosida teng intarvalli guruhlarni tuzamiz. Agar guruhlar sonini 4 ta deb olsak, u holda interval uzunligi h q 1.5 mln. dollarga teng bo‘ladi:
Endi guruhlarning quyi va yuqori chegaralarini aniklaymiz:
I guruh Xmin - XminQh
II guruh XminQh - XminQ2h
n guruh XminQ(n-1)h - XminQnh
Do'stlaringiz bilan baham: |