Statistika” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,2 Mb.
bet92/173
Sana26.01.2023
Hajmi4,2 Mb.
#903393
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173
Bog'liq
portal.guldu.uz-STATISTIKA

Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Indeks deganda nimani tushunasiz?

  2. Indeks usulining funksiyalari nimalardan iborat?

  3. Indeksning qanday turlarini bilasiz?

  4. Indekslar yordamida qanday masalalar yechiladi?

  5. Indeks usuli yordamida qanday jarayonlar o‘rganiladi?

  6. Indekslarning nisbiy miqdorlardan farqi bormi? Bor bo‘lsa ularni ko‘rsatib bering.

  7. Joriy davr va joriy ko‘rsatkich nima? Bazis (zaminiy) davr va ko‘rsatkich-chi?

  8. Yakka indeks deganda nimani tushunasiz?

  9. Yakka indekslarning qanday turlarini bilasiz?

  10. Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?

  11. Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?




    1. AMALIY MASHG‘ULOTLAR



1 – Mavzu: “Statistika” fanining predmeti va uslubi
1. Qisqacha metodik ko‘rsatmalar.
Jamiyat hayoti, turmushi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan amaliy ehtiyoj statistikani yaratdi. Ma’lumotlarda ifodalangan tartib-qoidalarni anglash ishtiyoqi, tushuntirish yo‘llarini topish zaruriyati statistikani fan sohasiga aylantirdi. Statistika lotincha “status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “state” - davlat so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan hisoblanadi. Dastlab davlatshunoslik fani statistika deb ataldi. Hozirgi zamon statistikasi davlatshunoslikdan axborotlarning to‘laligi, turli tumanligi va xarakteri bilan tubdan farq qiladi. Statistika - bu fan tarmog‘i, amaliy faoliyat sohasi, bilim yo‘nalishi, bilish qurolidir. Tasviriy statistika - bu ma’lumotlar to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo‘llaridir. Statistikaning o‘rganish ob’ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir. Ommaviy hodisaning umumiy ta’rifi: biror ob’ektlar to‘plamida yoki murakkab ob’ekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea hisoblanadi Ommaviy jarayon umumiy ta’rifi: ob’ektlar to‘plamida yoki murakkab ob’ektda sodir bo‘lgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi hisoblanadi. Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o‘xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat. Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to‘plam ob’ektlari, elementlari o‘ziga xoslik alomatiga ega bo‘lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat. Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - to‘plam biror ob’ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob’ektlarining tafsillaridan aniqlab bo‘lmasligidan iborat. Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to‘rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo‘lmasligidan iborat. Ommaviy hodisaning aniq ta’rifi - bu har qanday hodisalar yig‘indisi bo‘lmasdan, ularning shunday to‘plamiki, unda statistik qonuniyatlar namoyon bo‘ladi, ammo yakka hodisada ular yuzaga chiqmaydi. Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, unda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llanadigan yo‘llar, usullar, vositalar majmuasidir. Statistik tadqiqot ikkita bosqich va bir necha fazalardan tashkil topadi va ularda o‘ziga xos usullar qo‘llanadi. Ommaviy hodisalarni o‘rganishda matematika usullari ham ishlatiladi. Statistika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. Stoxastik yoki statistik qonunlar - bu bir turli hodisalarni ommaviy takrorlanishida namoyon bo‘ladigan qonunlar hisoblanadi. Iqtisodiy statistika predmeti - bu iqtisodiy qonunlarning miqdoriy ifodalanishi, ommaviy iqtisodiy jarayonlarning miqdor - sifat aniqligini o‘rganish. Iqtisodiy statistika umum statistika usullariga asoslangan, lekin iqtisodiyot sharoitga muvofiqlashtirilgan uslubiyatga egadir.



Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish