Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
Vaqt o‘tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o‘zgarishlar to‘plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta’sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko‘rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi:
miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun (11.28)
sifat ko‘rsatkichlari uchun (11.29)
Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi.
11.1 jadvalga ko‘ra:
4. Guruhiy indekslar
O‘rganilayotgan hodisalar to‘plami muhim iste’mol va boshqa xususiyatlari jihatidan bir jinsli bo‘lgan har xil turlardan iborat bo‘lsa, ularning sifat ko‘rsatkichlarini indekslashtirish ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: biri joriy – va bazis davrlar uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlarni hisoblab taqqoslash, ikkinchisi - o‘zgarmas bir holatda qotgan vaznli agregat ko‘rsatkichlar tuzib, ularni solishtirish. Bu usullar odatda bir-biridan farq qiladigan natijalar beradi. Birinchi usulda tuzilgan indekslar o‘zgaruvchan tarkibli indekslar deb ataladi, chunki ular asosida yotgan o‘rtacha ko‘rsatkichlar to‘plamning tuzilishiga ham bog‘liq, u esa joriy va bazis davrlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘zgaruvchan tarkibli baho indeksini olsak, u quyidagi shaklga ega:
(11.38)
Agar ayrim mahsulotlar turlarining umumiy to‘plamdagi hissasini joriy davrda va bazis davrda belgilasak, u holda (11.38) formula yangicha shakl oladi:
(11.38a).
Demak, o‘zgaruvchan tarkibli indeks nafaqat baho(yoki boshqa sifat ko‘rsatkich) o‘zgarishiga bog‘liq, balki shu bilan birga unga joriy davrda to‘plam tuzilishida ro‘y bergan o‘zgarishlar ham ta’sir qiladi. Agar yolg‘iz baholar o‘zgarishini aniqlamoqchi bo‘lsak, u holda indeksda vazn ko‘rsatkichlarni o‘zgarmas, bir davr holatida qotgan holda olishimiz kerak:
Paashe usulida: (11.39)
Laspeyres usulida: (11.40)
O‘rtacha baho (yoki boshqa sifat ko‘rsatkich) o‘zgarishiga ikkinchi omil-to‘plam tuzilishidagi o‘zgarishlar ta’sirini aniqlash uchun tuzilishdagi siljishlar ta’siri indeksini hisoblashimiz lozim:
Paashe usulida: (11.41)
Laspeyres usulida: (11.42)
Baholar va to‘plam tuzilishidagi siljishlarni alohida-alohida, yolg‘iz holda qarayotganda Laspeyres usulida tuzilgan indekslar ahamiyatliroqdir. Ammo ularni bog‘langan tizim doirasida qaraganda baholar indeksini Paashe usulida, tarkibiy siljishlar indeksini esa Laspeyres usulida tuzish maqulroqdir.
11.1 jadval ma’lumotlariga asosan go‘sht mahsulotlari uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |