РИНЦ, Scopus, Web of Science, Google Scholar bo`yicha Xirsh indeksini qanday aniqlash mumkin?
Vazifa: istalgan bir muallifning Xirsh indeksini (h-index) hamda uning ilmiylik ko`rsatkichlarini (maqolalar soni va iqtiboslar soni) eLIBRARY.RU (РИНЦ), Scopus, Web of Science, Google Scholar da aniqlash.
Maqolaning qisqacha mazmuni:
РИНЦ bo`yicha Xirsh indeksi
Scopus bo`yicha Xirsh indeksi
Web of Science bo`yicha Xirsh indeksi
Google Scholar bo`yicha Xirsh indeksi
РИНЦ, Scopus, Web of Science, Google Scholar bo`yicha bo`yicha Xirsh indeki ko`rsatkichlarini taqqoslash
1 . РИНЦ bo`yicha Xirsh indeksi
Ilmiy iqtiboslarning Rossiya indeksi (Rossiyskiy indeks nauchnogo sitirovaniya - РИНЦ) — rossiya olimlarining ilmiy maqolalarining bibilografik ma`lumotlar bazasidir. 2017 yil holatiga LIBRARY.ru ma`lumotlar bazasida 24 millondan ziyod maqolalar mavjud edi. eLIBRARY.RU va РИНЦ «Nauchnaya elektronnaya biblioteka» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo`llab-quvvatlanadi.
eLIBRARY.RU hamma narsani ochiq ko`rish mumkin bo`lgan ochiq maydondir. Mualliflarning profillari va ularning ilmiylik ko`rsatkichlarini ro`yxatdan o`tmasdan turib ham ko`rish mumkin.
eLIBRARY.RU ning bosh sahifasida chap tomonda «Навигатор» bloki mavjud. Unda «Авторский указатель» punktini tanlaymiz, chunki aynan shu yerda РИНЦda indekslangan mualliflar haqida ma`lumotlar joylashgan.
Biz misol uchun barcha ma`lumotlar bazalarida mavjud bo`lgan birorta muallifni olamiz. Shuning uchun muallifni tanlash kriteriysi sifatida РИНЦda maksimal iqtiboslar keltirilganligi bo`ldi. Авторский указатель sahifasida mualliflarni iqtiboslar soni bo`yicha saralaymiz. Yoki muallifni familiyasi, shahri va boshqalar bo`yicha ham qidirish mumkin.
Ko`rayotganimizdek mualliflarni qidirish sahifasida asosiy ilmiylik ko`rsatkichlari ko`rsatilgan: maqolalar soni, iqtiboslar soni va Xirsh indeksi. Statistikani yanada aniqroq ko`rish uchun rasmda ko`rsatilganday diagrammani bosish kerak bo`ladi.
Shunday qilib biz qidirayotgan muallif Гейм Андрей Константинович ekan. Aniq muallifni qidirish bo`yicha ham misol keltiramiz. Aniq biror muallifni qidirish uchun familiya mapydoniga uning familiyasini kiritishimiz yetarli bo`ladi (ismi va otasining ismi – istagingiz bo`yicha). Quyida FIO bo`yicha qidiruv natijasi keltirilgan.
Muallifning ismi yonidagi diagramma ikonkasini bosish bilan «Анализ публикационной активности автора» sahifasiga o`tamiz. Muallif sahifasida muallifning asosiy ko`rsatkichlari va uning ish joyi ko`rsatilgan (maqolalarga bog`langan holda). Muallifning Scopus va Web of Science da maqolalari bor-yo`qligini bilish uchun o`ng tomondagi «Навигация» blokida «Вывести список публикаций автора» ishorati bo`yicha o`tish kerak.
Muallifning maqolalari sahifasiga o`tgandan keyin quyida ko`rsatilganday tanlash mumkin.
Shunday qilib biz muallifning Scopus va Web of Science da maqolalari bor-yo`qligini bila olamiz. Lekin bu ma`lumotlar unchalik ham aniq emas. Chunki eLIbrary.ru tizimi jurnalning mavjud bazasidagi barcha maqolalarni tanlaydi va uning qo`shilish vaqtini hisobga olmaydi. Ya`ni bu degani ushbu maqolalar Scopus yoki Web of Science da bo`lmasligi ham mumkin. Ushbu qidiruv agar siz muallif o`z familiyasini qanday tarnliteratsiya qilishini bilmaganingizda ham foyda beradi. Qiyin familiyalar, masalan, Цукерман inglizchada turlicha yozilishi mumkin: Zuckermann, Cukierman, Zukerman, Zuckerman, Zukerman, Tsukerman va shunga o`xshashlar. Quyidagi rasmda muallif hamisha o`z familiyasini Geim A.K. tarzida yozishi ko`rishimiz mumkin. Shuningdek Scopus va Web of Science dagi maqolalar va ularga iqtiboslar soni ham ko`rsatiladi. Lekin Xirsh indeksini ko`ra olmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |