Statistika” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


- Mavzu. Statistik ko‘rsatkichlar



Download 4,2 Mb.
bet97/173
Sana26.01.2023
Hajmi4,2 Mb.
#903393
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173
Bog'liq
portal.guldu.uz-STATISTIKA

5 - Mavzu. Statistik ko‘rsatkichlar
1. Qisqacha metodik ko‘rsatmalar.
Statistik ko‘rsatkichlar deb ma’lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonlarning holatini, rivojlanishini, tuzilishini, o‘zaro bog‘lanishlarini ifodalovchi me’yorlar yuritiladi. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o‘zaro bog‘lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi.
Ijtimoiy iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hajmi, soni, miqdori va darajasini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar mutloq (absolyut) miqdorlar deb ataladi.
Masalan. O‘zbekiston Respublikasida aholi soni 1.01.2006 da 26,4 mln. kishini. 2005 yili etishtirilgan paxta 3749 ming tonnani, ishlab chiqarilgan go‘sht 1060,4 ming tonnani, sut 4554,7 ming tonnani va tuxum 1966,4 mln. donani tashkil etdi.
Ifodalanishiga qarab mutloq miqdorlar yakka va umumiy miqdorlarga bo‘linadi.
Yakka mutloq miqdorlar kuzatilayotgan to‘plamning alohida birliklarini ifodalaydi, umumiy mutloq miqdorlar esa kuzatilayotgan to‘plamni ta’riflaydi. Mutloq miqdorlar naturada, shartli naturada, pul va kompleks o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin.
Natura o‘lchov birligi deganda o‘rganilayotgan hodisaning iste’mol qiymatini, uning ichki hususiyatini ifodalovchi og‘irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi (gramm, gektar, tonna, metr, m3, dona, kishi va hakozo).
Shartli - natura o‘lchov birligi deganda bir xil turdagi iste’mol qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o‘lchov birliklari tushuniladi (shartli banka, shartli yoqilgi va hakozo).
Ba’zi bir murakkab hodisalarni ikkita va undan ortiq o‘lchov birliklarini o‘zaro birikma bilan ifodalashga to‘g‘ri keladi. (tonna kilometr, kilometr - soat, kishi - kuni va hakozo). Bunday o‘lchov birliklari kompleks o‘lchov birliklari deyiladi.
Har xil turdagi hodisalarni o‘zaro taqqoslashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bunday hollarda xodisalarning umumiy miqdori pulda (tiyin, so‘m, dollar, rubl, marka va hakozo) ifodalanadi.
Mutloq miqdorlar ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa ham, ammo ular hodisa va jarayon qanday tezlikda rivojlanayotganligini, uning uchrashish jadalligini aniqlashga imkon bermaydi.
Buning uchun nisbiy miqdorlar qo‘llanadi. Ular qiyosiy iqtisodiy tahlilni chuqurlashtirish va tafakkurimizni boyitish uchun xizmat qiladi.
Statistikada nisbiy miqdorlar deganda bir miqdorni ikkinchisiga bo‘lish natijasida olingan hosila tushuniladi.
Masalan, 2005 yili O‘zbekiston Respublikasi eksportida paxta tolasi, 42,0 %ni, xizmatlar 9,0 %ni tashkil qildi, sanoat ishlab chiqaruvchilarning narxlari 2005 yilda 2004 yilga nisbatan 102.3 %ga oshgan, aholi soni esa 101,5 %ga ortgan.
Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanadi. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog‘liqdir. Agar taqqoslash asosi 1 ga tenglashtirib olinsa, u holda nisbiy miqdorlar koeffitsientda, asosi 100 ga teng bo‘lsa foizda (%) va asosi 1000 ga tenglashtirib olinsa, nisbiy miqdorlar promilleda (%0) ifodalanadi.
Nisbiy miqdorlar mazmuniga qarab asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Reja bajarilishi nisbiy miqdorlari haqiqiy bajarilgan darajani reja topshirig‘i darajasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.

2) Shartnoma bajarilishi nisbiy miqdorlari shartnomaning bajarilish darajasini shartnoma majburiyati darajasi bilan taqqoslash natijasi aniqlanadi.

3) Dinamika nisbiy miqdorlar kelgusi davr darajasini o‘zidan oldingi yoki boshlang‘ich davr darajasi bilan taqqoslash natijasini ifodalaydi:

4) Tuzilma nisbiy miqdorlari qismni butunga bo‘lish natijasidir:
.100
5) Koordinatsiya nisbiy miqdorlari esa butunning bir qismining ikkinchi bir qismiga taqqoslash natijasidir:
.100
6) Jadallik (intensivlik) nisbiy miqdorlari bir biri bilan bog‘liq turli xildagi xodisalarni taqqoslash natijasida olinadi va hodisa jarayonlarning tarqalish zichligi, uchrashish tezligini ifodalaydi. Masalan, aholi zichligi, mehnat unymdorligi darajasi va hakozo:

7) Taqqoslash nisbiy miqdorlari, turli ob’ekt yoki hududga mansub bo‘lgan bir xil turdagi, bir davrdagi ko‘rsatkichlarning nisbatini ifodalaydi:


Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish