Statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash svodkalash va uning turlari to‘g‘risida tushuncha



Download 35,56 Kb.
bet4/7
Sana21.07.2022
Hajmi35,56 Kb.
#833894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SVODKALASH VA GURUHLASH

Muhim belgilar deganda ijtimoiy hodisalarning mohiyati, xu­su­siyatini ifodalaydigan belgilar tushuniladi. Tuman shirkat xo‘ja­lik­la­rini mahsulot hajmi, ekinlar hosildorligi, mollar mahsuldorligi, meh­­nat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlash muhim bel­gi bo‘yicha guruhlashga misol bo‘la oladi. Masalan, tuman xo‘­ja­lik­lari bo‘yicha paxta tannarxini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘l­sa, xo‘jaliklarni qaysi belgi bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mum­kin? Paxta hosildorligi bo‘yichami yoki 1 ga hisobiga qilingan xara­jat bo‘yichami, ekin maydoni yoki 1 ga hisobiga sarf bo‘lgan urug‘ xarajati bo‘yichami? Ushbu ko‘rsatkichlar ichida eng muhim omil paxta hosildorligi hisoblanadi, chunki paxta hosildorligi oshgan sa­yin, paxta tannarxi har doim pasayib, arzonlashib boradi. Shuning uchun xo‘jaliklarni paxta hosildorligi bo‘yicha guruhlarga bo‘lib, tannarx ahvolini va uni pasaytirish imkoniyatlarini o‘rganish maq­sadga muvofiq.


4. Guruhlar soni va guruhlash oralig‘i

Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin gu­ruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihat­dan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘l­mo­g‘i kerak.


Guruhlar sonini aniqlash statistik guruhlashda katta ahami­yat­ga ega. Agar guruhlash atributiv belgilar (mollar zoti, xodim­lar kasbi) bo‘yicha amalga oshirilsa, guruhlar soni har doim bel­gilarning nomiga mos keladi. Belgilar soni qancha bo‘lsa, gu­ruh­lar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, mollar zoti uch xil bo‘lsa, guruhlar soni ham uchta bo‘ladi.
Ijtimoiy hodisalarni turli miqdoriy belgilar bo‘yicha guruh­lash­da gu­­­ruhlar sonini aniqlash asosan ikki ko‘rsatkichni nazariy ji­hatdan mantiqiy tahlil qilish zarur, ya’ni birinchidan, to‘plam­da­gi eng katta hamda eng kichik belgilar o‘rtasidagi farqni (hajmi­ni) aniq­lash zarur; ikkinchidan to‘plamdagi birliklar sonini bilish zarur. Shundan so‘ng ushbu ikki ko‘rsatkichni ichki qonuniyat­larini mantiqiy nazariy tahlil qilish orqali guruhlar soni aniq­la­nadi. Guruhlar soni aniqlangandan keyin guruhlash oralig‘i bel­gilanadi.
Ijtimoiy hodisalarni miqdoriy belgilar bo‘yicha guruhlashda dastlab guruhlash oralig‘i aniqlanadi. Uni aniqlash uchun to‘p­lamdagi eng katta va eng kichik variantlar orasidagi farqni belgi­langan guruhlar soniga bo‘lish kerak.
Guruhlash oraliqlari teng va teng bo‘lmagan, ochiq va ochiq bo‘lmagan hamda maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Teng miqdordagi oraliq deganda barcha guruhlar uchun bir xil bo‘lgan oraliqni tushunmoq kerak. Teng miqdordagi oraliq intervali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bunda: i - teng miqdordagi oraliq;
Xmax - belgining eng katta miqdori;
Xmin - belgining eng kichik miqdori;
n - guruhlar soni.
Agar, masalan, bug‘doy hosildorligining eng yuqori darajasi 50 s/ga, eng past darajasi 25 s/ga, guruhlar soni 5 ta bo‘lishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, har bir guruh uchun oraliq miqdori 5 s/ga teng bo‘ladi.
s/ga
Teng oraliqli guruhlash odatda to‘plam birliklari o‘rtasida ta­fovut uncha katta bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.

Download 35,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish