Statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash svodkalash va uning turlari to‘g‘risida tushuncha



Download 35,56 Kb.
bet5/7
Sana21.07.2022
Hajmi35,56 Kb.
#833894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SVODKALASH VA GURUHLASH

Teng bo‘lmagan oraliq deganda guruhdan guruhga ortib bo­ruv­chi yoki kamayib boruvchi oraliq miqdorlari tushuniladi. Teng bo‘lmagan oraliq miqdorlari to‘plam birliklari juda katta tar­qoq­likka ega bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Masalan, shirkat xo‘­jalik­lari ekin maydoni razmeri bo‘yicha guruhlash teng bo‘lmagan ora­­liq miqdoriga misol bo‘la oladi: 2 minggacha, 2-3 minggacha, 3-5 minggacha va hokazolar.
Oraliqlar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar ora­liq «dan – gacha» aniq berilsa, yopiq oraliq hisoblanadi. Agar oraliq «gacha» dan boshlanib, «undan yuqori» ko‘rsatkich bilan tugasa, ochiq oraliq hisoblanadi.
Masalan, bug‘doy hosildorligi bo‘yicha guruhlarga bo‘lish qu­yidagi ko‘rinishlarda bo‘lsa, 1-holatda yopiq, 2-holatda ochiq ora­liqqa misol bo‘la oladi.
1-holat (s/ga): 2-holat (s/ga):
20 dan 25 gacha 20 gacha
25 dan 30 gacha 25 dan 30 gacha
30 dan 35 gacha 30 dan 35 gacha
35 dan 40 gacha 35 va undan yuqori


5. Statistik guruhlash turlari. Ikkilamchi guruhlash


Ko‘zlangan asosiy vazifalarni hal qilish nuqtayi nazaridan sta­tistik guruhlash quyidagi uch turga bo‘linadi:
1. Tipologik guruhlash.
2. Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash.
3. Tahliliy (analitik) guruhlash.
Tipologik guruhlash deganda hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy tip­larga ajratish imkoniyatini beruvchi guruhlash tushuniladi. Xalq xo‘jaligini tarmoqlarga bo‘lib o‘rganish, aholini sinflarga ajratib o‘r­­ganish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini shirkat, fermer, dehqon xo‘jaliklariga bo‘lib o‘rganishlar tipoligik guruhlashga misol bo‘la oladi. Demak, tipologik guruhlash yordamida korxonalarning ti­pi, ular­ning qaysi yo‘nalishda ixtisoslashganligi, qaysi mulkchilik shakliga tegishli ekanligi, aholining sinfiy va milliy tarkibi kabi muhim ommaviy ijtimoiy hodisalar o‘rganiladi.
Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash deganda bir xil tipdagi sta­tistik to‘plam tarkibiy qismini guruhlarga bo‘lib, ularning sal­mo­g‘ini aniqlash orqali o‘rganish tushuniladi. Demak, ushbu gu­ruh­lash turida to‘plam tarkibidagi har bir guruhning salmog‘i aniq­la­nib, to‘plam tarkibi o‘rganiladi.

Download 35,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish