Statikaning asosiy tushunchalari va aksiomalari


Bog‘lanish va uning reaksiyalari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana01.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#728306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog‘lanish va uning reaksiyalari. 
Fazoda istalgan tomonga harakatlana oladigan jism erkin jism deb ataladi. Harakati biror bir 
sabab bilan cheklangan jism bog‘lanishdagi jism deyiladi. Jismning harakatini cheklovchi sabab 
bog‘lanish deb ataladi. Bog‘lanishning ta’sirini almashtiruvchi kuch reaksiya kuchi deyiladi. 
Nazariy mexanikada bog‘lanishdagi jismning harakatini yoki muvozanatini erkin jismning 
harakati yoki muvozanatiga keltirib tekshiriladi. Bu hol 7-aksioma bilan ifodalanadi. Statika 
masalalarini echishda reaksiya kuchlarini aniqlash alohida ahamiyatga ega. 
7-rasm 
8-rasm 
1. Silliq yassi yuzadan iborat bog‘lanish. Silliq yassi yuzali bog‘lanish deb, shunday yuzaga 
aytiladiki uning ustida turgan, yoki unga suyanib turgan jismga hechqanday ishqalish kuchi ta’sir 
etmaydi. Bu holda reaksiya kuchi jismlar tegib turgan nuqtada o‘tkazilgan urinma tekislikka 
perpendikulyar yo‘naladi (7, 8-rasmlar). 
Xususan, jism qo‘zg‘almas tayanch tekisligiga tiralib tursa va ishqalanish kuchi hisobga 
olinmasa, u holda normal reaksiya kuchi jism hamda tayanch tekisligining urinish nuqtasi orqali 
o‘tkazilgan umumiy normal bo‘ylab yo‘naladi (9-rasm). 
N
N


Agar jism tayanch tekisligiga bitta nuqtasi bilan tayansa, u holda qaysi tekislikka (jism yoki 
tayanch tekisligiga) normal o‘tkazish mumkin bo‘lsa, reaksiya kuchi mazkur normal bo‘yicha 
yo‘naladi (10, 11-rasmlar).
9-rasm 
10-rasm 
11-rasm 
2. Ip, arqon yoki trosdan iborat bog‘lanish. Jism qayish, zanjir, ip (yoki arqon)lar vositasida 
bog‘langan bo‘lsa (12-rasm a, b, v), shuningdek vaznsiz qattiq sterjen orqali sharnir vositasida 
boshqa jismga biriktirilgan bo‘lsa (13-rasm a, b), mazkur bog‘lanishlarning reaksiya kuchlari 
qayish, zanjir, ip yoki vaznsiz sterjen bo‘ylab yo‘naladi. (2-aksiomaga ko‘ra)
1
.



12 – rasm 


13-rasm 
3. Silindrsimon sharnirli (podshipnikli) bog‘lanish. Jism silindrik sharnir yoki podshipniklar 
vositasida bog‘langan bo‘lsa, bog‘lanish reaksiyasi hamisha aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi 
(14-rasm a). Jismga bir qancha kuchlar ta’sir etsa, sharnir reaksiyasining miqdor va yo‘nalishi 
noma’lum bo‘ladi. Bu holda noma’lum reaksiya
R

ni koordinata o‘qlari bo‘ylab yo‘nalgan R

va R

tuzuvchilarga ajratiladi (14-rasm b). Bunday bog‘lanishlar reaksiya kuchining yo‘nalishi 
noma’lum bo‘lganligi uchun uni ikkita o‘zaro perpendikulyar o‘qlar bo‘ylab yo‘nalgan tashkil 
1
 Vasile Szolga. Theoretical mechanics. Lecture notes and sample problems, part one. 98-102 page. Romania-2010. 
(10-bet) 
B
N
A
N
В
А
A
N
А


etuvchilarga ajratiladi va analitik usulda aniqlanadi.


14-rasm 
Jismning muvozanat shartlaridan R
x
va
R
y
ni aniqlagandan so‘ng, sharnir reaksiyasining 
moduli R quyidagicha topiladi: 
2
2
y
x
R
R
R


Sharnir reaksiyasining yo‘nalishi esa, kosinuslar orqali aniqlanadi, ya’ni: 
R
R
j
R
R
R
i
R
y
x


)
,
^
cos(
,
)
,
^
cos(




bunda 
j
i


, – koordinata o‘qlarining birlik vektorlari. 
Texnikada ko‘pincha balka ko‘rinishidagi sistema qo‘llaniladi. Tayanchlarga qo‘yilgan to‘sin 
balka deb ataladi. Agarda to‘sin A qo‘zg‘almas sharnir va V qo‘zg‘aluvchi sharnir vositasida 
bog‘langan bo‘lsa, sharnirlar reaksiyasi 15-rasmdagidek yo‘naladi. 
15-rasm 
4. Sharsimon sharnir va tovonlardan iborat bog‘lanishlar. Bog‘lanish A sferik sharnir yoki 
padpyatnik ( V podshipnik )dan iborat bo‘lsa, umumiy holda sharning markazidan o‘tuvchi 
bunday bog‘lanish reaksiya kuchlarining yo‘nalishi noma’lum bo‘ladi va ularni odatda 
koordinata o‘qlari bo‘ylab 
z
y
x
R
R
R
,
,
tuzuvchilarga ajratamiz (16,17-rasmlar). Sferik sharnir 
reaksiyasining miqdor va yo‘nalishi quyidagicha aniqlanadi:


16-rasm 
17-rasm 
2
2
2
z
y
x
R
R
R
R



; cos
R

(
^
,
i

) = R
x
/ R, cos
R

(
^
,
j

) = R
y
/ R, cos (
R

^
,
k

) = R
z
/ R. 
5. Devorga mahkam qistirilgan bog‘lanish. Agarda 18-rasmdagi AB balkaning A uchi devorga 
qistirib mahkamlangan bo‘lsa, bu holda A nuqtadagi bog‘lanish reaksiyasining ikkita tuzuvchisidan 
tashqari, balkaning A nuqta atrofida aylanishiga to‘sqinlik qiluvchi reaksiya momenti M
A
ham 
mavjud bo‘ladi. Ya’ni, devorga mahkam qistirilgan bog‘lanish reaksiya kuchi va egilishga qarshilik 
ko‘rsatuvchi moment bilan almashtiriladi. Moment tushunchasini keyinroq kiritamiz. 19-rasmda 
ko‘rsatilgan AB balkaning A uchi gorizontal bo‘ylab siljishga yo‘l qo‘yadigan qilib 
mahkamlangan. Bunday bog‘lanish reaksiyasi siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 
A
Y

reaksiya kuchidan hamda balkaning A nuqta atrofida aylanishiga to‘sqinlik qiluvchi reaksiya 
momenti M
A
dan iborat bo‘ladi. 
18-rasm 
19-rasm 
20-rasm 
20-rasmda ko‘rsatilgan AB balkaning A uchi ham gorizontal, ham vertikal bo‘ylab siljishga 
yo‘l qo‘yadigan qilib mahkamlangan. Bu holda A nuqtada faqat balkaning A nuqta atrofida 
aylanishiga qarshilik qiluvchi M
A
reaksiya momenti mavjud bo‘ladi. 
Statika masalalarini echishda reaksiya kuchlari aniqlanishi zarur bo‘lgan noma’lum kattaliklar 
hisoblanadi. Ularni aniqlash orqali ta’sir va aks ta’sir qonuniga asosan bog‘lanishga ta’sir etayotgan 
kuchning miqdori aniqlanadi, ular esa o‘z o‘rnida konstruksiyalarning mustahkamligini 
ta’minlashda foydalaniladigan asosiy parametrlar bo‘lib hisoblanadi. 
Masalan, konstruksiyalarda qo‘llaniladigan sterjenlarning materiali va o‘lchamlari shunday 
tanlab olinadiki, qo‘yilgan yuklar ta’sirida ularning uzayishlari (siqilishdagi qisqarishlari) avvalgi 
uzunliklariga nisbatan mingdan bir qismgagina o‘zgarishiga ruxsat etiladi xolos. Egilish va


buralishdagi ruxsat etilgan deformatsiyalarning qiymatlari ham shu tartibda o‘zgaradi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish