1-MA’RUZA
MAVZU:
STATIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA AKSIOMALARI.
BOG’LANISH VA UNING REAKSIYALARI. KUCHLAR SISTEMASI.
Reja:
1.
Kuch tushunchasi. Absolyut qattiq jism. Harakat va muvozanat tushunchalari.
2.
Statikaning ikkita asosiy masalalari. Statika aksiomalari.
3.
Erkin, qisman erkin va mutloq erksiz jismlar. Bog‘lanish, ularning turlari va bog‘lanish
reaksiyalari.
4.
Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasi.
5.
Bir nuqtada kesishuvchi kuchlarni qo‘shish.
6.
Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisini geometrik usulda
aniqlash.
7.
Kesishuvchi kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisini analitik usulda aniqlash.
8.
Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
9.
Uch kuch haqidagi teorema.
10.
Masalalar yechish uchun ko‘rsatmalar.
Tayanch iboralar:
Kuch, kuch vektori, kuchning ta’sir chizig‘i, vektorning moduli, fazo, vaqt,
massa, absolyut qattiq jism, deformatsiyalanish, statika, aksioma, muvozanatlashuvchi kuchlar
sistemasi, uchrashuvchi kuchlar sistemasi, teng ta’sir etuvchi kuch, erkin jismlar, qisman erkin
jismlar, bog‘lanishlar, bog‘lanishlar reaksiyasi, bog‘lanishlar aksiomasi. Kesishuvchi kuchlar
sistemasining muvozanatlik shartlari, teng ta’sir etuvchi kuch, bosh vektor, kuchlarni geometrik
usulda qo‘shish, kuch ko‘pburchagi, kuchlarni analitik usulda qo‘shish, kuchni tashkil etuvchilarga
ajratish.
Kuch tushunchasi. Absolyut qattiq jism. Harakat va muvozanat tushunchalari
Klassik maxanikaning ta’rifiga ko‘ra, jismlarni fazoda bir-biriga nisbatan holatini o‘zgarishi
mexanik harakat deb ataladi.
Nazariy mexanikada jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularning muvozanatda
bo‘lish sabablarini o‘rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi,
ya’ni jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o‘zining geometrik shaklini o‘zgartirmaydi
deb faraz qilinadi.
Aslida esa tabiatdagi jamiki qattiq jismlar ularga ko‘rsatilgan tashqi (kuchlar) ta’sirlar
natijasida u yoki bu miqdorda o‘zlarining geometrik shakllarini o‘zgartiradilar, bunday (masalan,
egilish, siqilish, buralish, cho‘zilish, siljish kabi) o‘zgarishlar deformatsiyalanish deb ataladi.
Deformatsiyalanish miqdorlari bir necha faktorlarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni qattiq jismlarning qaysi
moddadan tarkib topgan ekanliklariga, ularning shakllariga, temperaturalariga va ularga ta’sir
etayotgan kuchlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Mashinalarni konstruksiyalashda va inshootlarni qurishda
ularning mustahkamligini ta’minlash maqsadida, bunday deformatsiyalar iloji boricha sezilarli
bo‘lmagan miqdorda bo‘lishligini ko‘zda tutilishi shart hisoblanadi.
Shu sababli qattiq jismlarning muvozanat shartlarini o‘rganish jarayonida, sezilarli bo‘lmagan
miqdordagi deformatsiyalarni e’tiborga olinmaslik qoida sifatida qabul qilinib, ularni
deformatsiyalanmaydigan yoki absolyut qattiq jism deb hisoblanadi. Absolyut qattiq jism deb,
shunday jismlarga aytiladiki, ularda ixtiyoriy olingan ikki nuqta orasidagi masofa har doim
o‘zgarmas bo‘lishi shart. Statika masalalarini echishda jamiki jismlarni absolyut qattiq jism deb
faraz qilinadi va soddaroq holda ifodalash uchun qattiq jism deb ataladilar.
XVII asrda Italiya olimi G.Galiley va ingliz olimi I.Nyutonlar tomonidan uzoq vaqtlar
davomida olib borilgan tajriba va kuzatishlar natijasida har qanday moddiy jismlarning harakatlarini
paydo bo‘lishi, yoki shu harakatlarning o‘zgarishi ularning bir-birovlariga ko‘rsatayotgan o‘zaro
ta’sirlariga yoki boshqacha qilib aytganda kuchlarga uzviy bog‘liq ekanligini aniqladilar.
Bunga ko‘ra, bir jismni ikkinchi jismga ko‘rsatadigan mexanik
ta’sirini harakterlovchi fizik kattalik kuch deb ataladi.
Kuch vektor kattalik bo‘lib, u yo‘nalishi, qo‘yilgan nuqtasi va son
qiymati bilan xarakterlanadi. Demak, kuch har doim vektor qiymatdan
iborat bo‘ladi, har doim uining moduli (son qiymati), yo‘nalishi va qo‘yilgan nuqtasi bizga ma’lum
bo‘lishi shart.
1-rasm
Shaklda kuch vektori –
F
tasvirlangan, unda
OA
chizig‘i kuchning ta’sir chizig‘i deb ataladi,
A nuqta kuchning jismga qo‘yilgan nuqtasi
1
.
Kuchning modulini, birlik sifatida qabul qilingan (etalon) qiymatga solishtirish orqali
aniqlanadi. Xalqaro o‘lchov birligi (SI sistemasi)da kuchning birligi 1 Nyuton (1N) deb qabul
qilingan. Katta miqdordagi kuchlarni o‘lchashda 1 kilonyuton
Do'stlaringiz bilan baham: |