Statik biokimyо



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/93
Sana16.03.2022
Hajmi1,11 Mb.
#497856
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Nazorat uchun savollar: 
1. Fermentlar necha gradusda eng yuqori faollikka ega bo’ladi? 
2. Fermentlar necha gradusda qaytmas denaturatsiyaga o’chraydi? 
3. Fermentlarning temperaturaga chidamsizligi nimaga bog’liq? 
4. Gidrolizning eng sekin ketishi yoki amalda ketmasligi necha gradusda ko’zatiladi? 
5. Fermentlar qanday ta’sir xususiyatiga ega? 
6. Kraxmal qaysi ferment ta’sirida parchalanadi? 
7. Saxaraza qanday xususiyatga ega? 
8. Fermentlarning spetsifikligi deganda nimani tushunasiz? 
9. Nisbiy, absolyut va steriokimyoviy spetsifiklikni farqlang?
10. Gidrolizlangan kraxmal qanday rang beradi? 
11. Gidrolizlanmagan kraxmal qanday rang beradi? 
12. Kraxmal to‘liq gidrolizlanganda oxirgi mahsulot sifatida nima hosil bo‘ladi? 
13. Kraxmalning gidrolizlanishiga ferment bilan anorganik katalizatorning ta’siri o‘rtasida 
qanday farq bor? 
14. Ferment faolligiga aktivator va ingibitorlar hamda pH ning ta’sirini tushintiring?
 
 
 
VITAMINLAR KIMYOSI 
Nazariy tushuncha:
Vitaminlar- odam, hayvon va o‘simliklar organizmining hayot faoliyati uchun zarur 
bo‘lgan biologik faol moddalardir.Oziq-ovqat mahsulotlarida asosiy oziq moddalar(oqsillar, 
yog‘lar, uglevodlar) dan tashqari hayot uchun zarur bo‘lgan qandaydir oziq omillar borligini 
1880 yil rus olimi N.I.Lunin o‘z tajribalarida isbotlab berdi Biroq vitamin terminini fanga 
birinchi bo‘lib, 1912 yil polyak olimi Kazimir Funk tomonidan kiritilgan ( lat.vita-hayot va 
amin-NH
2
gruppa) 
Vitaminlar organizmga asosan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga kiradi. Ularning 
ba'zilari ichakda mikroorganizmlar ta'sirida sintezlanadi, lekin hosil bo‘lgan vitaminlar miqdori 
organizmning ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. Vitaminning biologik ahamiyati moddalar 
almashinuviga rostlovchi ta'sir etishidan iborat. Ular organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy 
reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni o‘zlashtirishiga ta'sir ko‘rsatadi, 
hujayralarning normal o‘sishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, 
organizmda fermentlar tarkibiga kirib (koferment sifatida), ularning normal funksiyasi va 
faolligini ta'minlaydi. Vitamin yetishmasligi yoki mutlaqo bo‘lmasligi natijasida avitaminoz, 
gipovitaminoz deb nomlanuvchi kasalliklar kelib chiqadi.
Vitaminlarni o‘rganishda ularning fiziologik faoliyati yoki kimyoviy strukturasiga ko‘ra 
guruhlarga bo‘lish qiyin. Shuning uchun eruvchanlik xususiyatiga qarab yog‘da (A, D, E, K 
vitaminlar) va suvda (B vitaminlar kompleksi, C va P vitaminlar) eruvchi vitaminlar farq 
qilinadi. Hozirgi paytda hayvonlarda va odamlarda vitamin tabiatiga ega, lekin ayrim 
xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan (masalan, ularning avitaminozlari noma'lum) biologik 
faol moddalar ham topilgan, ularni vitaminsimon moddalar deyiladi (xolin, lipoat kislota, 
innozit, karnitin, linolat, linolinat kislotalar, ubixinon, pangomat kislota va boshqalar).



Shu narsani ham qayd qilish lozimki, yog‘da eruvchi vitaminlar va suvda eruvchi 
vitaminlarning ayrimlari vitameriya xossasiga ega, ya'ni aynan olingan vitamindan tashqari 
struktur tuzilishi bilan unga yaqin bo‘lgan bitta yoki bir nechta birikmalar fiziologik ta'sir etish 
xususiyati bilan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Bunday moddalar ayni vitaminning vitamerlari 
deyiladi. Masalan, vitamin A ikkita (A
1
va A
2
), vitamin D beshta vitamerga ega (D
2
, D
3
, D
4
. D
5

va D
6
,) va hokazo. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish