Odam tanasining strukturasi
.
Xar qanday organik shakl, jumladan odam tanasi xam tarixiy rivojlanish protsessining natijasida,
tuban shakllardan oliy shakllarga takomillanishi va organik tabiatda bo’ladigan evolyusiya
natijasidir. Boshqa yuqori takomillashgan organizmlar kabi odam tanasining tashkil etuvchi va
o’zaro bog’langan ko’p tabaqali tuzilmalari uning tashqi muxit sharoitida mustaqil yashashini
ta’minlaydi. Odam tanasi strukturasini quyidagi sxema orqali tasvirlash mumkin.
Yaxlit organism - Sistemalar- Organlar -To’qimalar
Xujayra va xujayraaro modda
Odam organizmi xujayralar va xujayralararo moddadan tashkil topgan. Xujayralardan o’z navbatida
to’qimalar xosil bo’ladi, to’qimalarni esa organlardan ajratilgan xolda o’rganib bo’lmaydi.
Organizmda muayyan funksiyalarni bajarishga moslangan bir qator organlar yig’indisiga
tizimlar
deyiladi. Organizmda bir qancha sistemalar farqlanadi: ovqat xazm qilish sistemasi, nafas olish
sistemasi, siydik ajratish sistemasi, jinsiy sistema, qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi, endokrin
sistemasi, sensor sistemasi. Kelib chiqishi va tuzilishi jixatdan farqlanadigan organlar yoki
sistemalar yig’indisi organizmda umumiy funksiyani bajarishda ishtirok etsa apparatlar xosil
bo’ladi. Masalan, tayanch-xarakat apparati suyak va muskul sistemalar yig’indisidan iborat, siydik –
tanosil sistemasi siydik ajratish va jinsiy sistemalar yig’indisidan iborat. Xar bitta sistema o’ziga
xos organlardan tashkil topgan.
A’zo
deb, organizmda ma’lum joyni egallaydigan, o’ziga xos shaklga va tuzilishga ega bo’lgan va
muayyan funksiyani bajarishga moslangan tana qismlariga aytiladi. Xar bir organ ikkita asosiy
qismdan – parenxima va stromadan iborat.
Parenxima
a’zoning xususiyatiga, muayyan
to’qimadan tashkil topgan. Masalan, bezlar va teri - epiteliy to’qimasidan, muskullar - muskul
to’qimasidan, bosh miya va orqa miya –nerv to’qimasidan tuzilgan. Lekin ko’pchilik a’zolar
tarkibida bir necha xil to’qimalar ishtirok etishi mumkin.
Stroma
- biriktiruvchi to’qimaning
kollagen, elastik va retikulin tolalaridan iborat bo’lib, organ uchun bu tayanchli strukturalar
karkas vazifasini bajaradi. A’zolarning stromalaridan qon, limfa tomirlari utadi va qon orqali
a’zolarga kerakli bo’lgan trofik moddalar etkaziladi, keraksiz moddalar esa olib ketiladi. Stroma
tarkibidagi nerv elementlari esa a’zolarni faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. A’zolar o’z
navbatida to’qimalardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |