3–zona – aralash aerob – anaerob soha. Bu sohaga eng yaqin yuklamalarning mashq bilan chiniqqanlik samarasi YuUChsini 180 – 185 zarba / daqiqagacha ortib ketishi bilan bog‘liq, qondagi laktat 8 – 10 mmol/litr, kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 80 – 100 % gacha yetadi. Energiya ta’minoti asosan, uglevodlarni (glikogen va glyukozani) oksidlanishi hisobiga sodir bo‘ladi. Ish sekin va tezkor mushak birliklari (to‘qimalari) tomonidan ta’minlanadi. Sohaning yuqori chegarasida – maksimal kislorod iste’moliga mos keladigan kritik tezlikda (quvvatda) “b” tipidagi tezkor mushak birliklari (to‘qimalari) qo‘shiladi. Ular ishlash sababli jamlanib borayotgan laktatni oksidlash qobiliyatiga ega emas va bu hol laktatni mushaklarda va qonda tez (8 – 10 mmol/l gacha) ortib ketishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, refleks tarzida shuningdek, sezilarli darajada nafas olishni tezlashishini va kislorod tanqisligini vujudga keltiradi.
Bu sohada uzluksiz rejimda musobaqa va mashg‘ulot faoliyati 1,5 – 2 soatgacha davom etishi mumkin. Bunday ishlash ham aerob, ham anaerob – glikolistik qobiliyatlar, kuch chidamliligi bilan ta’minlanadigan maxsus chidamlilikni tarbiyalashni rag‘batlantiradi.
Asosiy usullar: uzluksiz va intervalli ekstensiv mashqlar usullari. Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 5 % dan 35 % gacha ulushni tashkil etadi.
4 – zona – anaerob – glikalistik soha. Bu sohaga eng yaqin yuklamalarning mashq bilan chiniqqanlik samarasi qondagi laktatni 10 mmol/litr dan 20 mmol/litr gacha ortib ketishi bilan bog‘liq. YuUCh kamroq axborotli bo‘lib qoladi va 180 – 200 zarba / daqiqa darajasida bo‘ladi. Kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 100 % idan asta - sekinlik bilan 80 % igacha kamayib boradi. Energiya ta’minoti uglevodlar (kislorod ishtiroki bilan ham, anaerob yo‘li bilan ham) hisobiga sodir bo‘ladi. Ish uchchala tipdagi mushak birliklari tomonidan bajariladi va bu laktat konsentratsiyasini, nafas olish va kislorod tanqisligini sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Mazkur sohada mashg‘ulot faoliyatining yig‘indisi 10 – 15 daqiqadan ortmaydi. U maxsus chidamlilikni, ayniqsa, anaerob - glikolistik imkoniyatlarni tarbiyalanishini rag‘batlantiradi.
Mazkur sohada musobaqa faoliyati 20 soniyadan 6 – 10 daqiqagacha davom etadi. Asosiy usul – intervalli intensiv mashqlar usuli. Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 2 % dan 7 % gacha ulushni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |