Sportda bashorat qilish va modellashtirish


-Mavzu: Sportda saralash, modellashtirish va bashorat qilishda mаshg‘ulоt vа musоbаqа jаrаyonidаgi yuklаmаlаr



Download 4,24 Mb.
bet47/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

11-Mavzu: Sportda saralash, modellashtirish va bashorat qilishda mаshg‘ulоt vа musоbаqа jаrаyonidаgi yuklаmаlаr.
Mavzu rejasi:

1.Mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari.


2.Musobaqa va mashg‘ulot jarayoni ta’sirini nazorat qilish.
3.Musobaqalar taqvim, mavsum-iqlim sharoitlari va sport mashg‘ulotlarining davrlari.
11.1.Mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari
Yuklama – bu jismoniy mashqlarni sportchi organizmiga ta’siri ko‘rsatadi hamda uning funksional tizimlarini faol reaksiyasini vujudga keltiradi (V.N.Platonov, 1987).
Musobaqa yuklamasi – bu musobaqa faoliyatini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘pgina hollarda maksimal bo‘lgan, shiddatli faoliyat.
Mashg‘ulot yuklamasi o‘z - o‘zicha, alohida holatda mavjud bo‘lmaydi. U mashg‘ulot va musobaqa faoliyatiga xos bo‘lgan mushaklar ishining funksiyasi hisoblanadi. Aynan mushaklar ishining tarkibida mashq bilan chiniqish potentsiali mavjud bo‘ladi va u organizm tomonidan mos funksional qayta o‘zgarishlarni vujudga keltiradi.
Sportda qo‘llanadigan yuklamalar o‘z xarakteriga ko‘ra:
- mashg‘ulot yuklamalari,
- ixtisoslashgan,
- ixtisoslashmagan va
- musobaqa yuklamalariga;
- kattaligi bo‘yicha:
- kichik,
- o‘rtacha,
- sezilarli (chegaraviy qiymatga yaqin) va
- katta (chegaraviy) yuklamalarga;
Yo‘naluvchanligi bo‘yicha:
- alohida harakatlanish sifatlarini (tezkorlik, kuchlilik, koordinatsion qobiliyatlar, chidamlilik, egiluvchanlik) yoki ularning tashkil etuvchi komponentalarini (masalan, alaktat yoki laktat anaerob imkoniyatlarni, aerob imkoniyatlarni) takomillashtirishga zamin yaratuvchi,
- harakatlarni koordinatsion tuzilmasini takomillashtiruvchi va
- ma’naviy - ruhiy tayyorlanganlik yoki taktik mahorat komponentalari va boshqalarga;
Koordinatsion murakkabligi bo‘yicha:
- koordinatsion qobiliyatlarni sezilarli darajada safarbar qilinishini talab qilmaydigan stereotip sharoitlarda bajariladigan va
- yuksak koordinatsion murakkablikdagi harakatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklamalarga;
Ruhiy kuchlanish (zo‘riqish) bo‘yicha:
- ancha katta kuchlanishli (sportchining ruhiy imkoniyatlariga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq holda) va
- ancha kichik kuchlanishli yuklamalarga bo‘linadi.
Hamma yuklamalar sportchining organizmiga ta’sir ko‘rsatish kattaligiga ko‘ra rivojlantiruvchi, saqlab turuvchi barqarorlashtiruvchi va tiklovchi yuklamalarga bo‘linadilar.
Rivojlantiruvchi yuklamalarga katta va sezilarli darajadagi yuk­la­malar kiradi. Ular organizmning asosiy funksional tizimlariga yuqori ta’sirlari bilan xarakterlanadilar va sezilarli darajada charchashga olib keladilar. Organizmga integral ta’siri bo‘yicha bunday yuklamalar 100 va 80 % orqali ifodalanishi mumkin. Bunday yuklamalardan keyin eng ko‘p jalb etilgan funksional tizimlar uchun, mos ravishda, 48 – 96 va 24 – 48 soatdan iborat bo‘lgan tiklanish davri talab qilinadi.
Saqlab turuvchi yuklamalarga sportchi organizmiga katta yuk­la­malarga nisbatan olinganda 50 – 60 % darajasida ta’sir ko‘rsatadigan hamda eng charchagan tizimlarning tiklanishi uchun 12 soatdan 24 soatgacha vaqt talab qiladigan o‘rtacha yuklamalar kiradi.
Tiklovchi yuklamalarga sportchi organizmiga katta yuklamalarga nisbatan olinganda 25 – 30 % darajasida ta’sir ko‘rsatadigan hamda tiklanish uchun 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt talab qiladigan kichik yuklamalar kiradi.
U yoki bu yuklamani tanlash, eng avvalo, uning samaradorligi nuqtai nazaridan asoslangan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot yuklama­la­ri­ning samaradorligini belgilaydigan eng muhim alomatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin (M.A.Godik, 1980):
1) ixtisoslashganlik, ya’ni musobaqa mashqlari bilan moslik me’yori;
2) u yoki bu harakatlanish sifatiga ustuvor ta’sirida namoyon bo‘ladigan va ma’lum energiya ta’minoti mexanizmlarini jalb qiladigan kuchlanish (yoki zo‘riqish);
3) mashqlarni sportchi organizmiga ta’sir ko‘rsatish me’yorining miqdori kattaligi.
Yuklamani ixtisoslashganligi ularni musobaqa yuklamalari bilan mos tushish darajasiga bog‘liq holda guruhlarga taqsimlashni nazarda tutadi. Bu alomatga ko‘ra, barcha mashg‘ulot yuklamalari ixtisoslash­gan va ixtisoslashmagan yuklamalarga bo‘linadilar. Ixtisoslashgan yuklamalarga namoyon bo‘ladigan qobiliyatlar xarakteri musobaqa yuklamalariga hamda funksional tizimlar reaksiyalari bo‘yicha sezilarli darajada mos keluvchi yuklamalar kiradi.
Mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarining zamonaviy tasnifida ma’lum fiziologik chegaralarga va pedagogik mezonlarga ega bo‘lgan hamda mashg‘ulotlar amaliyotida keng tarqalgan beshta soha ajratiladi. Bundan tashqari, ayrim hollarda, uchinchi soha yana ikkita sohachaga, to‘rtinchi soha esa – musobaqa faoliyatini davomiyligiga va ishlash quvvatiga bog‘liq holda yana uchta sohachaga bo‘linadi (2.5 - jadval). Mahoratli sportchilar uchun bu sohalar quyidagi xarakteristikalarga ega.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish