Sportda bashorat qilish va modellashtirish


– zona – aerob tiklanish sohasi



Download 4,24 Mb.
bet48/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

1 – zona – aerob tiklanish sohasi. Bu sohaga eng yaqin yukla­ma­larning mashg‘ulotlanganlik samarasi YuUChsini 140 – 145 zarba / daqiqagacha ortib ketishi bilan bog‘liq. Qondagi laktat tinch holatdagi darajada bo‘ladi va 2 mmol/litr dan katta bo‘lmaydi. Kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 40 – 70 % gacha yetadi. Energiya ta’minoti yog‘larni (50% va undan ko‘p) oksidlanishi, mushaklar glikogeni va qon glyukozasi hisobiga sodir bo‘ladi. Ish laktatni to‘liq utilizatsiya qilish (foydali suratda ishlatish) xossasiga ega bo‘lgan va shuning uchun ham mushaklarda va qonda yig‘ilib qolmaydigan sekin mushak to‘qimalari (MMV – SMT) tomonidan to‘liqicha ta’minlanadi. Aerob chegarasining tezligi (quvvati) bu sohaning yuqori chegarasi (2 mmol/litr laktat) hisoblanadi. Bu sohadagi ish bir necha daqiqadan bir necha soatgacha vaqt oralig‘ida bajariladi. U tiklanish jarayonlarini, organizmda yog‘ almashishini rag‘batlantiradi va aerob qobiliyatlarni (umumiy chidamlilikni) takomillashtiradi. Еgiluvchanlik va harakatlarni koordinatsiyalashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar ushbu sohada bajariladi. Mashq usullari ma’lum emas (bayon etilmagan).
Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 20 % dan 30 % gacha ulushni tashkil etadi.
2-zona – aerob rivojlantiruvchi soha. Bu sohaga eng yaqin yuklamalarning mashq bilan chiniqqanlik samarasi YuUChsini 160 – 175 zarba / daqiqagacha ortib ketishi bilan bog‘liq.
Qondagi laktat 4 mmol/litr gacha, kislorod iste’moli maksimal kislorod iste’molining 60-90% gacha yetadi.
3.1 –jadval.
Yuklаmаlаr tasnifi vа shiddаtining bа’zi sоhаlаrining tаvsifi

Shiddat zonalari

Ustivor energiya ta'minoti (substratlar)

Aerob va anaerob energiya ta'mi
notin
ing nisbati, %

Kislorod istemoli, MKIga nisbatan %

Chegara
viy hara
katlanish tezligi yoki ish quvvati

Ish
lash vaqti
da YuUCh

Ishlash vaqtida laktat kontsent
ratsiyasi, mmol/l

Mushak to‘qima
larini jalb etilishi

Samarali ish
lash vaqti

11.Aerob tiklanuvchi



Yog‘lаr (50 % vа undаn оrtiq),glikоgеn, qоn glyukоzаsi

100 : 0

40 – 70

Аerоb chеgаrаsi

140±10

2 – 2,5

MMV

Mashg‘ulot
vаzifаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа

2.Аnаe
rоb rivоj
lаn tiruv
chi

Glikоgеn,yog‘
lаr, qоn glyukоzаsi

95 : 5

60 – 90

Аnaerоb chеgаrаsi

170±10

2,5 – 4 (4,5 gаchа)



MMV,
BMVа



3– 4 sоаtgаchа

3.Аerоb –аnerоb аrаlаsh
(а, b)**

Glikоgеn,
yog‘lаr,qоn glyukоzаsi

90 : 10

85 : 15


80 – 90

85–100


MKIgа mоs

hоldа


180±10


4–6,5
6,5–10



MMV,
BMVа
MMV, MVа
BMV6

0,5 – 2 sоаt
10– 30 min

4.Аnаe
rоb gliktо
tik(а, b, v)**

Glikоgеn

70 : 30
40 : 60
20 : 80

95–10
85 –95
75 –90



180±10

4 – 6,5
6,5–10



MMV, BMVа
BMV6

5 – 10 min*
2 – 5 min*
2min.
gаchа*

5.Аnаerоb аlаktаt

Krеаtin –fоsfаt, АTF, glikо
gеn

5 : 95

Minimаl

Mаksimаl

Fоrmаtsiz

fоrmаtsiz

MMV,
BMVа
BMV6

10–15 s.gаchа*



* – bittа yo‘nаlishdа
Bu sohada musobaqa va mashg‘ulot faoliyati shuningdek, bir necha soat davomida ham o‘tishi mumkin va bu hol marafon masofalari, sport o‘yinlari bilan bog‘liq. U yuksak aerob qobiliyatlarni talab qiluvchi maxsus chidamlilikni, kuch chidamliligini tarbiyalashni rag‘batlantiradi, shuningdek, koordinatsiyalashni va egiluvchanlikni tarbiyalash bo‘yicha ishlarni ta’minlaydi. Asosiy usullar: uzluksiz mashqlar va intervalli ekstensiv mashqlar usullari.
Mazkur sohada bitta makrosikl davomida bajariladigan ishning hajmi turli sport turlarida 40 % dan 80 % gacha ulushni tashkil etadi.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish