Boshdan yuqorida zarb berish (SMESH). Boshdan yuqorida zarba berishni yirik kalibrli qurol deyish mumkin. SMEShni o‘zlashtirmagan tennischilar ko‘p hollarda uni yax-shi o‘zlashtirgan o‘yinchilarga hasad ko‘zi bilan qarashadi. SMESH zarbi - tashqi ko'rinishidan yassi to‘p kiritishni eslatadi. Buning asosiy farqi shundaki, odatda, bosh tepasida zarbni harakatda bajarishga to‘g‘ri keladi. Siltov ham anchayin qisqavatejamlidir.
SMEShdagi asosiy harakatlar. Chap qo'lingizni to‘p yo‘nalishida ko‘taring, bu juda muhim harakatdir. Chunki bu sizni yon tomonga burilishga va to‘pni kutishga majbur etadi. Ko‘p o‘yinchilar bunga amal qilmasdan, oldindan o‘ng yonga “tashlab qo‘yadilar” yoki to‘p ustiga “yotib oladilaf’ bu esa rnuvaffaqiyatsizlikka olib keladi.
Chap qo‘lingizni yuqorida erkin tuting, o‘ng qo‘lni tirsak-dan bukiB ko‘taring va o‘ng yelka yonida tayyor tuting. Bu holatda toki harakat vaqti kelguncha turmoq lozim. Ana endi oyoqlarni yerga tirab yoki to‘p tomonga sakrab turib orqa to-mondan (tepadan emas) raketka markazi bilan (aslo markaz-dan past emas) to'pni to‘r tepasiga yo‘naltirib zarba berish kerak (7-rasm).
26
7- rasm. “SMESH” zarbasini bajarish harakati.
SMEShga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak. Keyin to‘pni oldingizdan urish uchun shunday paytni tanlash kerakki, bu zarb vaqtidan ilgari bo‘lmasligi lozim. Faraz qilingki, to‘p - bu qarshingizda tepada turgan bir mix, xuddi bu mixni oldinga va pastga qattiq zarb bilan urib qoqib yuborishga harakat qiling. To‘pni toki uni peshonangiz tepasidan to‘liq to5g‘rilangan qoi bilan zarb urmaguningizgacha nazardan yo‘qotmang.
To‘pni o‘yinga kiritish. Zamonaviy tennisda to‘p kiritishga asosiy hujum zarbasi sifatida qaraladi. Har bir yutuq hisobi (och-ko) uchun o‘yin albattato‘p kiritishdan boshlanadi. To‘p kiritish hozirgi vaqtda oddiy zarbdan, asosiy hujum vositalaridan biriga aylanib qoldi. To‘p zarb olganidan keyin aylanma harakat olishi yoki olmasligiga qarab to‘p kiritish quyidagi turlarga bo‘linadi: yassi zarba, kesma zarba va chirpirak zarbalar.
27
To‘pni o‘yinga kiritish uchun to‘p tashlash juda muhim ahamiyatga ega. Noaniq to‘p tashlash to‘p kiritishni amalga oshirishni buzadigan sabablardan biridir. Muvaffaqiyatli to‘p kiritishni amalga oshirish uchun tennischi har safar bir xilda, aynan matematik aniqlikda to‘p tashlashni o‘rganishi shart. To“p tashlashda shunday balandlikni tanlashingiz kerakki, bun-da iloji boricha ko‘tarilgan raketkaning o‘rtasi to‘pga to'g'ri kelishi lozim. To‘pni juda yuqori tashlab yubormang, chunki pastga tushib keiayotgan to‘pga zarb berish to‘p kiritishning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Juda ham past to‘p tash-langanda esa siz foydali zarba burchagini boy berib qo‘yasiz. To‘p kiritishni turlari to‘p tashlashning yo‘nalishi bilan farqla-nadi (8, 9-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |