To‘r oldida o‘yin. To‘r oldidagi o‘yin parvozda zarb urish-ga taalluqlidir. To‘r oldida o‘yindagi eng muhiin narsa oyoqlar-ning to'g‘ri “ishlashTdir, busiz tennischi to‘r oldida yaxshi о‘yin ko‘rsatishi mumkin emas. Siz zarba bergan vaqtingizda to‘p tomonga qadam tashlashingiz lozim. 0‘ng qo‘lda o‘ynov-chi tennischi o‘ng tomondan zarb berganda chap oyoqni tash-lashi kerak, chapdan zarb berilganda esa o‘ng oyoqdan qadam tashlanadi. Bu sizga qarshingizdagi to‘pni urishga imkon beradi, bundan tashqari bu narsa zarbni kuchaytiradi va to‘pni maydon burchaklariga yoki orqa chiziq yaqiniga yo‘naltirishga imkon beradi. To‘r yonida o‘ynayotgan tennischi zarbga tayyorlanish uchun juda qisqa fursatga ega bo‘ladi - taxminan yarim soniya vaqtga. Bu muddat ichida u zarbning yo‘nalishi va kuchini bel-gilabgina qolmay, balki to‘p tomonga yugurib o‘tishi va zarbni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun harakatning tejamliligi, qisqa zarbni amalga oshirish to‘r oldidagi o‘yinda nihoyatda muhimdir. Agar siz to‘pni gavdangizning to‘g‘risida qabul qilsangiz va oldinga bir qadam qo‘ysangiz, shuning o‘zi kifoyadir.
Agar sizga to‘r sathidan past kelayotgan to‘pni qaytarishga to‘g‘ri kelsa, zarb aniq bo‘Iishi uchun oyog‘ingizni tizzadan bu-kishingiz kerak bo‘ladi, shu bilan birga qo'I tirsagini raketka boshi sathidan pastroq tutishga intiling, bu sizga to‘pni to‘r usti-ga pastlatib yo‘naltirishga yordam beradi. Agar siz oyog'ingizni tizzadan bukmasangiz, to‘p sizning zarbingizdan keyin to‘r us-tidan baland uchadi va bu raqibingizga uni parvozda qattiq zarb bilan qaytarishga imkon beradi. To‘r oldida to‘pni sichqonga
23
tashlangan mushukday qaytarish kerak. Siz hech mahal yugu-rib ketayotgan sichqonni ushlayotgan mushuk o‘zini qanday tutishini ko‘rganmisiz? Sizning harakatlaringiz mushukning yelkasidan old oyog‘igacha bo‘ladigan qisqa va tez harakatidan nusxa olishi lozim. Raketka qisqagina masofani o‘tishi lozim, lekin uning zarb vaqtidagi tezlanishi nihoyatda keskin bo'lishi kerak. Bu esa parvozda zarb urishni va uni kuchli nazoratda ushlashnita’minlaydi.
Parvozda kelayotgan to‘pga zarba berish. Parvozda zarba berish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda parvozda zarba berish, yerdan sapchib qaytgan to‘pga zarba berishdan ko‘ra yengilroq va samaraliroqdir. Parvozda zarba berishda asosan qattiq zarblarni qaytarishda foydalaniladi. Parvozda zarba berishni to‘p sizning oldingizda-qarshingizda yoki yon tomoningizda, yoxud to‘r sathidan balandda bo‘lgan vaqtida amalga oshirilishi muhim. Siz past uchayotgan to‘pga parvozda zarba berishga majbur bo‘lib qolsangiz, oyog‘ingizni tizzan-gizdan ko‘proq buking va raketkani yotiq holda ushlang. Bar-cha nuqtalarda - baland, o‘rta yoki past bo'lishidan qat’i nazar, oyoqlar zarb yo‘nalishida “ishlaydi”, tana erkin buriladi va to‘p old-yon tomondan qaytariladi.
Parvozdagi to‘pga o‘ngdan zarba berish. Shuni aytib o'tish kerakki, parvozda zarba berishda siz maydondan sapchib qaytgan to‘pni urishga qaraganda kamroq vaqtga ega boiasiz, chunki bunda siz raqibingizga yaqinroq joylashgan bo‘lasiz. Parvozdan zarba berishda tennischining harakatlari yetarli dara-jada tezkor va nihoyatda aniq-tejamli bo‘lishi lozim.
Dastlabki holatdan to‘r tomonga yarim burilib, o‘ng oyoqdan chapga qarab qadam tashlanadi. Urayotgan qo‘l tirsagi xud-di tanaga jipslanganday qoladi, raketkaning boshi esa orqaga berilib, o‘ng yelka qarshisiga keladi. Parvozda zarba berishda
24
siltash, odutda juda hain qisqa boiadi. Chap qoi muvozanatni saqlash uchun tanadan oldinda turadi. To‘pga beriladigan zarb chap oyoqda oldinga qadam tashlash bilan amalga oshirila-di va bu qilichbozning hujumini eslatadi (6-a rasm). Raketka zarb davomida tepadan pastga-oldinga qarab harakatlanadi. Past uchayotgan to‘pga zarba berishda esa oyoq tizzadan iloji bori-cha ko‘proq bukiladi va raketka yotiq holatda ushlanadi.
6-rasm. To‘r oldida o‘ngdan va chapdan zarba berish,
Parvozdagi to‘pga chapdan zarba berish. Dastlabki holat-dan to‘r tomonga o‘ng yoningiz bilan o‘giriling. Bir vaqtning o‘zida o‘ng oyoq bilan yon tomonga qadam tashlang va raket-kani yengilgina orqaga oling.
To‘pga zarb berish o‘ng oyoq oldinga qadam tashlash bilan birga amalga oshiriladi. Raketkaning boshi to‘p qarshisiga harakatlanadi hamda uni oldinda chap va yon tomondan qabul qiladi. Zarb panjani qattiq tutgan holda amalga oshiriladi. Chap qo‘l zarb berilayotgan paytda orqada qoladi, o‘yinchi zarb beril-gandan so‘ng birinchi soniyada xuddi qanoti yozilgan qushni
25
eslatadi. Bu juda muhim holat ekanligini unutmaslik kerak, chunki ko‘pgina tennischilar chap qo‘lga umuman ahamiyat bermay u haqda unutib yuboradilar, bu esa afsuski, zarbning aniqligi va to‘pning uchishi tezligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Past uchib keiayotgan to‘pga nisbatan xuddi 6‘ngdan zarba berilgandek kabi, oyoqni keskin bukib, raketkani yotiq holda tutish kerak (6-b rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |