To‘pga zarba berish. To‘pga raketka markazidan zarb be-rish kerak va bunda birinchi to‘p kiritishda ham, shuningdek, ikkinchi to‘p kiritishda ham to‘r yuqorisini mo‘ljalga olish lozim. Agar siz to‘pga to‘r sathi o‘rtasidan zarb ursangiz, to‘p kvadrat maydoni (uzatish maydoni)dan chetga chiqib ketmaydi.
30
Lekin buning bir sharti bor, siz to‘pni juda yuqori yoki juda ham p«»l tashlamasligingiz kerak, Agar siz to‘pni raketka markazi bi lan emas, balki pastroq yeri bilan ursangiz, hatto ikki baravar kuchsiz urilgan to‘p ham baland ko‘tarilib, maydon tashqarisiga " chiqib ketadi. Toki to‘pni urmaguningizcha boshingizni ko‘tarib lurishingiz mumkin, aks holda zarba vaqtida siz to‘pni ko‘rmay qolishingiz mumkin. To‘pni o‘yinga kiritish xuddi yassi zarbalar kttbi, uzun zarba hisoblanadi, shuning uchun uning raketka tor-lari bilan tutashuvi davomli bo‘lishi kerak. Agar sizning o‘yinga kiritgan kuchli to‘pingiz to‘rga tegsa, bir oz yuqoriroq tashlash-ga urinib ko‘ring, agar bu sizga yordam bermasa, to‘pni bir oz orqaroqqa tashlab ko'ring.
31
Ill bob. TENNIS TAKTIKASIASOSLARI 3.1. О‘yin taktikasining maqsadi va strategik prinsiplari
0‘yin taktikasining maqsadi raqib o‘yinchini chalg‘itish va vaziyatga qarab foydali natija beruvchi texnik usulni qo‘llab, muvaffaqiyat qozonishdan iboratdir. Tennis musobaqalarida ke-chadigan har bir o‘yin jarayoni o'zining pirovard maqsadiga ega bo'lishi shart. Ushbu maqsad o‘z navbatida avvaldan belgilab olingan muayyan taktik va strategik vazifalar asosida amalga oshiriladi. Albatta, bunday maqsad va vazifalarni qo‘yish hamda ularni amalda samarali hal qilish sportchidan shakllangan texnik va taktik mahorat, jismoniy, funksional va psixologik tayyor-garlikni talab qiladi. Mazkur sifatlar esa ko‘p yillik trenirovka jarayonida sayqal topadi. Ammo, ta’kidlash joizki, musobaqa-larda qo‘yiladigan yuksak taktik va strategik vazifalarni muvaf-faqiyatli hal qilish faqat to‘g‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar evaziga va albatta, o‘yin tajribasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Strategik vazifalar musobaqalarning umumiy, pirovard nati-jalarini hal etishga qaratiladi va ular o‘z mohiyati jihatidan uch hil yo‘nalishga qaratilgan boiadi:
Birinchi yo‘nalish musobaqalar siklida ishtirok etish bi-lan bog‘liq bo'ladi.
Ikkinchi yo‘nalish muayyan musobaqa yoki turnirda hamda yoki turnirda ishtirok etish bilan ifodalanadi.
Uchinchi yo‘nalish muayyan o£yinda (uchrashuvda) ishtirok etishga aloqador.
32
I Jshbu vazifalar musobaqa!ar siklida, rauayyan musobaqa yoki turnirda hamda muayyan uchrashuvda ishtirok etadigan rnqiblurning strategik rejasi va taktik usullari va texnik mahor-uliiii o‘rganish, o‘zining strategik va taktik imkoniyatini raqib-Ittrniki bilan qiyoslash hamda ularga qarshi o'ynash strategiyasi va taktikasini belgilash kabi masalalarni hal qilishni nazarda tu-tadi. Bu masalalarni hal qilish esa raqiblarning o‘yin taktikasini, texnik mahorati va jismoniy imkoniyatlarini videofilmlar, “gu-voh” mutaxassislar ma'lumotlarini o‘rganish yordamida amalga oshiriladi. Mazkur muammolarni muvafFaqiyatli hal qilinishida tayyorgarlik jarayonini modellashtirish, shaxsiy о‘yin taktikasi hamda strategiyasini raqib imkoniyatidan ustun tarzda uyushti-rish kabi omillar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu masa-la o‘z navbatida raqib imkoniyatlarini to‘g‘ri bashorat qilish va maksimal tarzda obyektiv baholash bilan bog‘liqdir.
Albatta, muayyan o‘yinda muayyan raqibga nisbatan re-jalashtirilgan taktik va strtegik usul o‘yin davomida vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.
Ocyin amaliyotida tennischilar o‘ziga xos taktik va strategik prinsiplardan foydalanishadi. Tennisda o‘yin strategiyasi va taktikasini quyidagi tartibda (tasnifda) qoilash tavsiya etiladi (11-rasm).
Zamonaviy tennisda o‘yinchi qanehalik har tomonlama rivo-jlangan bo'lmasin g'olibliknashidasi faqat ilg‘or о‘yin strategiyasi va taktikasi bilan qurollangan tennischiga nasib etadi. Binobarin, ko‘p yillik sport trenirovkasi jarayonida sportchilarning taktik va strategik tayyorgarligiga alohida ahamiyat qaratish lozim bo'ladi. Ushbu jarayon quyidagi prinsiplami o4z ichiga oladi:
Bosh va yagona istiqbolga qaratilgan yo‘nalish prinsipi. Bu prinsip jamiyki sport faoliyatini, tennischining ko‘p yillik sport tayyorgarligining strategik yo‘nalishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |