O‘zaro hamjihatli harakat prinsipi - juft o‘yinlarga taalluq-lidir. Ushbu prinsip ikki tennischining bir-biri bilan o‘zaro ke-lishilgan, ayni vaqtda raqib uchun noma’lum о‘yin uslublarini qoilash yordamida juftlikning yagona taktik-strategik
36
maqsadini amalga oshirishga qaratiladi. Albatta, bu borada juftlikning tashkil qiluvchi ikki tennischining о‘yin uslubi, dunyoqarashi, psixologik xislatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi musobaqa (o‘yin) oldiga qo‘yilgan umumiy strategik rejani poyoniga yetkazish imkonini beradi. Bunday juftlik o‘yinla-rida har bir o‘yinchining o‘ziga xos individual imkoniyatlari, texnik-taktik uslubi, ayrim harakat malakalarini (zarba, qabul qilish yoki qayta hujum, to‘r ortida yoki oldida o‘ynash) ma-horat jihatidan ustunligi va shu ustunlikdan samarali foydalana bilishi o‘yin taqdirini yutuq tomoniga hal qilishi mumkin.
3.2. 0‘yinda qo‘llaniladigan taktik harakatlar
Tennis musobaqalarida qo‘llaniladigan yoki rejalashtirilgan taktika nafaqat о‘yin davomida, balki o‘yin davomida, balki o‘yindan avval ham raqib o‘yini haqidagi ma'lumotlar (video-material, musobaqa natijalari, raqibning imkoniyatlari va h.k.) asosida intellektual (bashorat qilish, raqibni awalgi natijalarini tahlil qilish, bo‘lajak vaziyatni faraz qilish va h.k.) sinovdan o‘tkaziiadi.
Ta’kidlash joizki, tennischilarning yengilmas strategiyasi ham aynan shunday yondashuvga asostanadi.
О‘yin boshlanganidan so‘ng toki shu uchrashuvning yakuni-ga qadar o‘yin faoliyatining har bir soniyasi, hatto bellashuv-ning aktiv va passiv daqiqalarida ham, hatto qisqa muddatli dam olish (geym, set yoki majburiy dam) vaqtida ham taktik va strategik hujum ustunligi doimo “o‘z so‘zini doimo o‘tkazib turishi kerak”. Ma'lumki, o‘yin to‘p kiritishdan boshlanadi. De-mak, amaliy taktika ham, rejalashtirilgan strategiya ham aynan shu o‘yin malakasini ijro etishdan boshlanadi. To‘p o‘yinga kiritildi va shu vaziyatdan boshlab to‘p kiritgan va uni qabul
37
qilayotgan (qarshi javob zarbasini ijro etayotgan) tennischilar harakatlarining (reaksiyalarning) namunaviy variantlari qan-day bo'lishi mumkin? Bu borada quyidagi vaziyatlar mazmuni diqqatga loyiqdir:
- zarbani uzoqqa, maydonninn orqo qisqiga yo'naitirish raqibga ancha qiyinchilik tug‘diradi, chunki:
uni ortga chekinishiga majbur qiladi;
chekinar ekan, raqib to‘rdan uzoq bo‘lgani bois kamdan kam hollardagina chetlab o‘tuvchi zarbalarni berishga urinib ko‘rishi mumkin;
bunday zarbalar garchi kamdan-kam bo'lsada, uni qisqartirilgan zarba bUan javob berishga majbur qiladi.
Burama zarbalar qisqa bo'lsa, raqibni kortdan surib chiqari-shi mumkin.
Orqa chiziqdan zarbalar almashinganda ham to‘g‘ri zarbalar iloji boricha uzun bo'lishi kerak. Burama zarbalar ham uzun bo'lishi kerak.
Orqa chiziqdan o‘ynavotganda zarbalar uzunligini o‘zgarti-rish eng foydali taktikadir. Tez va sekin zarbalarning o4zgartirib turilishi holat egallashiga va hamisha bir xil vaqtga ega bo'lgan holda zarbalarga tayyorlanishiga o‘rganib qolishga imkon ber-maslik uchun ham zarurdir.
To‘pni o'yinga kiritishning sifati kuchga qaraganda, ko‘proq tezligi bilan belgilanadi. Qisqartirilgan va sekin zarba - bu mudofaalanuvchi zarbadir. Qisqartirilgan va sekin to‘p uzatish ko‘pincha to‘rga tegib o‘tadi (u agar shoshiltirib qo‘ysagina samara berishi mumkin), shuning uchun ham undan ko'p foyda-lanish yaramaydi. Uzun to‘p uzatish, garchi ancha sekin bo'lsa ham, har doim qabul qiluvchi oldida muammolar qo‘yadi (12 rasm, a va b).
38
Do'stlaringiz bilan baham: |