0‘yinga taktik tayyorgarlik umumiy tayyorgarlikning kulminatsion bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Tennischi qanchalik har tomonlama yuksak tayyorgarlikka ega bo'lmasin, agar u muayyan raqibga maxsus taktik tayyorgarlik ko‘rmasa, oylab, yillab qilingan mehnat, uzluksiz o‘tkazilgan mashg'ulotlar hech qanday ijobiy natija bermasligi mumkin.
Ma'lumki, kundalik mashg‘ulotlar paytida bitta yoki bir necha zarbalar texnikasi va u yoki bu taktik vazifalarni hal etishda ulardan foydalanish mahorati ham sayqallanib boradi. Masalan, agar chapdan zarba berishni o‘rganishda bo‘shliqlar bo'lsa, bu zarba ustida bir soat ishlash yoki yangi taktika kom-binatsiyalarni obdon o‘rganish bilan kifoyalanish mumkin. Boshqacha aytganda, zarbalarning barchasi ustida ishlash darker. Bunday “repetitsiyalaf' o‘rtacha sur’atda o‘tkaziladi, taktik usullar shoshilmasdan va o‘zgaruvchan vaziyatlarda o‘zlashti-rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
i Maydonchaga chiqishdan avval moijallangan ish hajmini aniq tasawur etish va unga shaylashingiz kerak.
Ana shunday mashg‘ulotlar paytida hisob bilan ham o‘ynash mumkin. Bunda zarbalarning asosiy turlarini maqsadli mashq qilish lozim. Muhimi, tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mashq qilinayotgan qabul qilish va zarba turlari o‘zgaruvchan boiishi
46
maqsadga muvofiq. Agar bir xil turdagi о‘yin usullari bir xil ket-ma-ketlikda takrorlanaversa, raqib buni payqab oladi va bunday taktikaga qarshi kontrtaktika qoilab, g‘alabaga erishishi qiy-inchilik tug‘dirmaydi. Boshqacha qilib aytganda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘yinlarda o‘z taktik imkoniyat-laringizni oshkor qilmaslik kerak. Alohida ta’kidlash joizki, taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari imkoni boricha “betarg‘ibot” tashkil qilinishi kerak. Taktik tayyorgarlik o‘yinlarida vaziyatga qarab joy tanlash, to‘p kiritish, to‘r oldida o‘ynash, to‘r oldidan va maydonning orqa qismidan bajariladigan zarbalar taktikasini mashq qilish tavsiya etiladi.
Asosiy rasmiy musobaqa o‘yinlariga ma’naviy-ruhiy tayyor-lanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak raqib yoki raqiblar taktikasini, о‘yin usullarini, hatto odob-axloqi, odatlari, qiliqlari va albatta joy tanlashlarini oldindan videofilmlar orqali o‘rga-nish va muvofiq modellashtirilgan mashg‘ulotlarda raqibning barcha taktik harakatlariga qarshi o‘yin taktikasini mashq qilish muvaffaqiyatni ta’minlashi muqarrar.
Raqibning “noqulay qo'li”, “noqulay tomoni”, xullas, barcha zaif jihatlarini bilib olish va asosiy o‘yinlarda shu zaif jihatlarni e’tiborga olgan holda taktika qo'llash darkor.
Musobaqalarga taktik tayyorgarlik ko‘rishda, jumladan tayyorgarlik mashgulotlarida faollik, o‘zgaruvchanlik, serqir-ra, favqulodli prinsiplarini qo'llash asosida mashq qilish asosiy vazifalar turkumiga kiradi.
Yuqorida qayd etilgan tavsiyalar o‘yin taktikasini say-qallashtirish va muayyan musobaqaga bag'ishlangan taktik tayyorgarlikning umumiy yo‘nalishlariga taalluqli bo'lsada, ularni muayyan raqibga qarshi o‘yinda qo'llaniladigan taktik andozalarga moslashtirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, muayyan raqib bilan o‘ynash uchun taktik jihatdan tayyorgarlik
47
Do'stlaringiz bilan baham: |