3.4-§. Absorberlarni hisoblash tartibi
Absorberlarni hisoblashda quyidagi kattaliklar berilgan bo'ladi: gazning sarfi G, gazdagi tegishli komponentning boshlang'ich Yb va oxirgi Y0 konsentratsiyalari, tegishli komponentning suyuqlikdagi boshlang'ich konsentratsiyasi xb. Quyidagi qiymatlar esa aniqlanishi kerak: absorbentning sarfi L,
3.10-rasm. Plastinali tarelka:
1 -gidravlik zatvor, 2-to'siq; 3-tarelka; 4-plastina; 5-quyilish cho'ntagi.
3.5-§. Desorbsiya
Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi ishlatilgan absorbentni regeneratsiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo'llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko'ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, bug'-gaz aralashmasida atseton suv yordamida absorbsiya yo'li bilan ajratib olingandan so'ng, suyuqlik tarkibidagi atseton rektifikatsiya yordamida ajratib olinadi.
Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi:
inert gaz yoki suv yordamida ajratib olinadi;
absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi;
absorbsiya jarayonidan keyin absorberdagi bosimni kamaytirish natijasida ajratib olinadi.
Inert gaz yoki suv bug'i ta'sirida desorbsiya qilish. Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya qilish uchun inert gaz yoki suv bug'i ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv bug'i suyuqlik bilan bevosita bir-biriga ta'sir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori boigani uchun bu komponent suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv bug'iga o'tadi. Yutilgan gazni suyuqlikdan ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va suv bug'i ta'sirida qarama-qarshi yo'nalishda yoki nasadkali kolonnalarda
olib boriladi. Inert gaz sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa maqsadlarga ishlatilmagan hollarda qo'llaniladi.
Absorbentga issiqlik berish yo'Ii bilan yutilgan gazni ajratib olish. De-sorberga issiqlik berilganda, masalan, u suv bug'i bilan isitilganda, suyuqlikda desorbsiya qilinayotgan komponent bilan absorbentning ham bir qismi bug'lanadi. Hosil bo'lgan aralashmalardan kerakli komponentni ajratib olish uchun rektifikatsiya usuli qo'llaniladi.
Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish. Bu desorbsiya usuli juda oddiy bo'lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. Eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan komponentni butunlay ajratib olish uchun ko'pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan birgalikda past bosim ostida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |