So'zboshi


-§. Absorbsion uskunalarining sxemalari



Download 2,83 Mb.
bet18/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

3.6-§. Absorbsion uskunalarining sxemalari
Absorbsiya uskunalari ishlash rejimiga ko'ra davriy va uzluksiz boiadi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbsiya uskunalari ishlatiladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko'pincha uzluksiz ishlaydigan uskunalardan foydalaniladi. Gaz va suyuq fazalarning yo'nalishiga ko'ra, qarama-qarshi va to'g'ri yo'nalishli absorbsion uskunalar mayjud. Absorbsiya qurilmalari ish prinsipiga asosan, bir va ko'p pog'onali, retsirkulatsiyali va regeneratsiyali bo'ladi.

3.15-rasm. Retsirkulatsiyali absorbsion-desorbsion uskunaning sxemasi:
1-absorberlar; 2-yig'gichlar; 3-nasoslar;
4—sovitkichlar; 5—issiqlik almashgich; 6—desorber.
3.14-rasmda uchta absorber ketma-ket ulangan qarama-qarshi yo'nalishli uskunaning sxemasi ko'rsatilgan. Uskuna tarkibiga absorberlar (2)dan tashqari eritma yig'gichlar (1), eritmani haydash uchun markazdan qochma nasoslar (4) va eritmani sovitish uchun issiqlik almashgichlar (3) kiradi.
Yutuvchi suyuqlik gazning yo'nalishi bo'yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan pastga oqib, qabul qiluvchi yig'gichga tushadi va nasos yordamida sovitkich orqali oldingi absorberga yuboriladi. Shunday qilib, qarama-qarshi yo'nalishdagi gaz va suyuqlikning o'zaro ta'siri yuz beradi.
Suyuqlikning to'la darajadagi to'yinishini amalga oshirish uchun hamda eritmadan yutilgan komponentni toza holda ajratib olish maqsadida, retsirkulatsiyali absorbsiya-desorbsiya uskunasi ishlatiladi (3.15-rasm). Bunday uskuna gaz yo'nalishi bo'yicha ketma-ket joylashgan ikkita absorber (1), eritmalar uchun yig'gichlar (2), nasoslar (3), sovitkichlar (4), issiqlik almashgich (5) va desorbsiya kolonnasi (6) dan tashkil topgan. lfloslangan gaz birinchi kolonnaga beriladi, suyuqlik esa absorberning tepa qismidan yuboriladi, bu yerda, gaz bilan suyuqlik uzluksiz kontaktga uchraydi. Ushbu uskunada suyuqlik chegaralangan sikl bo'yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yo'naltiriladi. Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan sikl bo'yicha ta'minlanib turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritmaning konsentratsiyasi ma'lum qiymatga yetganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi.
Shunday qilib, eritmaning konsentratsiyasi birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaga o'tganda ko'payadi va birinchi kolonnaning siklida konsentratsiyasi ancha yuqori bo'lgan eritma hosil bo'ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich (5) da isitilib, desorbsion kolonna (6)ga yuboriladi. Desorberda suyuqlikda yutilgan komponent issiqlik ta'sirida bug'latiladi. Toza issiq erituvchi yig'gich (2) ga tushadi. Bu erituvchi nasos (3) yordamida issiqlik almashgich (5) va sovitkich (4) orqali ikkinchi kolonnaning sikliga qaytariladi. Desorbsiya qilingan gaz esa uskunaning yuqorigi qismidan uzatiladi. Ushbu uskunada suyuqlik retsirkulatsiya qilinadi va faqat ayrim yo'qotilishlarni qoplash uchun kam miqdordagi toza erituvchi qo'shib turiladi, erigan komponent esa toza holda hosil bo'ladi.



Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish